• Aralash tipdagi o‘yinlarga quyidagilar kiradi
  • Quyida fonetika bo‘limiga doir boshlang’ich sinflarga bir necha o‘yinlar ishlab chiqilgan “Harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!” o‘yini
  • Harflarni esda saqlash” o‘yini
  • Pochtachi o‘yini” .
  • Bu meniki” o‘yini
  • 4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari




    Download 42,14 Kb.
    bet9/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi42,14 Kb.
    #160415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI

    “Quruvchi” o‘yini o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, harflar va tovushlar mavzusini mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib, qogʻozdan yoki penoplast bo‘lakchalaridan “gʻishtchalar” yasaydi va bu “gʻishtchalarga” savol yozilgan qogʻozchalarni yopishtirib chiqadi. “gʻishtchalar” soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak, guruhlarga “minora” yoki “devor” qurishlari
    uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqadi va “gʻishtcha” ni olib
    savolni o‘qiydi. Agar savolga bolalar to‘gʻ ri javob topsalar o‘zlarining
    “maydoncha” lariga “gʻisht” ni teradilar. Agar noto‘gʻri javob bersalar, o‘qituvchi
    “gʻishtcha” ni olib qo‘yadi. O‘yin shu tahlidda barcha o‘quvchilar bittadan
    “gishtcha” olib bo‘lgunlarga qadar davom etadi. “Qurilish maydonchasi” da eng
    ko‘p gʻisht tergan o‘quvchilar guruhi gʻolib hisoblanadi. Masalan:
    1.Jarangli undoshlar qaysilar?
    2.Unlilar soni nechta?
    3.O‘zbek tilida nechta tovush bor?
    4. Harh birikmalarini sanang…
    Aralash tipdagi o‘yinlarga quyidagilar kiradi: ”Nima yo‘qolib qoldi”,
    ”Pochtachi”, ”Kun va tun”, ”Qarmoq”, ”Meni tushun”, “Iztopar”, ”So‘z o‘yini”,
    ”Xat kimniki”,”Izma-iz”.
    Nima yo‘qolib qoldi” o‘yinida, stol ustida bir necha harflar sur’ati tushirilgan kartochkalar joylashtiriladi. O‘quvchilar stol ustini yaxshilab
    kuzatib, harflarni eslab qoladilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga
    bildirmasdan ularning bittasini olib qo‘yadi. O‘quvchilar stol ustidan nima
    yo‘qolib qolganini topishlari lozim. Bu o‘yindan darsda va darsdan tashqari
    mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
    Bu o‘yin ayniqsa alifbe davrida harflarni o‘rganish jarayonida juda qo‘l
    keladi.
    Quyida fonetika bo‘limiga doir boshlang’ich sinflarga bir necha o‘yinlar ishlab chiqilgan
    Harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!” o‘yini
    Bunda xattaxtaga so‘zlar qator qilib yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadilar. Undosh harflarni o‘zgartirib, yangi so‘zlar tuzishlari kerak bo‘ladi.
    Ushbu o‘yin o‘tilgan undosh harflarning o‘quvchilar ongida mustahkam o‘rin egallashida va lugʻat boyligining oshishida xizmat qiladi.
    Harflarni esda saqlash” o‘yini
    O‘yinning maqsadi: o‘quvchilar undosh tovushlarni to‘g`ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o‘rgatish.
    Qo‘llanmalar: o‘quvchilarga tanish bo‘lgan turli predmetlarning rasmlari, shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan undosh xarf na’munalari (kartochkalar)
    O‘yinning borishi: O‘yinda sinf o‘quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O‘qituvchi o‘yinning o‘tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darslarda o‘rganilgan xarflar yozilgan m, n, l, b, r, y kabi kartochkalarni qo‘lida bekitadi.
    O‘qituvchi Bir guruh o‘quvchilarga o‘tilgan undoshlar qatnashgan(rubob, raketa, norin, lola, yo‘l, bo‘ri) kabi rasm kartochkalarini tarqatadi. So‘ngra o‘qituvchi qo‘lida harflarni navbat bilan ko‘rsatishni boshlaydi. O‘yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko‘rsatadilar.
    O‘yin ana shu xolda davom etadi. Agar o‘quvchi ko‘rsatilgan xarfni rasmli kartochkadan topa olmasa, o‘yindan chetlashtiriladi.
    O‘yin ishtirokchilaridan kimda kim xarf bo‘yicha ko‘p rasm kartochkalarini topib ayta olsa, shu o‘quvchi gʻolib bo‘ladi.
    Pochtachi o‘yini” .
    O‘yinning borishi: O‘quvchilardan biri pochtachi qilib tayinlanadi. Pochtachi sumkasida kartochkalar bo‘ladi. Ular quyidagicha tuziladi:
    So‘zlardagi undosh xarflar yoki bo‘g`in tushib qoldiriladi: sho+…, ar+…, ba..or
    Tushirilgan xarflarni qo‘yib so‘z hosil qilish, ya’ni bo‘g`inlarga xarflarni qo‘shish: da+rax…, …ar+rak, tu…, nov+vo…, sha…+to+li
    Bu meniki” o‘yini
    Quyidagi ta’limiy o‘yin o‘quvchilarda undoshlarning talaffuzini farqlashga, ularni bir-biridan ajratishga, tanishga yordam beradi. O‘qituvchi bittadan bosh undosh harf yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatadi. O‘zi esa doskada turib so‘z yozilgan rasmlarni ko‘rsatadi. Masalan, tuya rasmining tagiga «Tuya» deb yozilgan bo‘lsa, mazkur rasmni ko‘rsatganda, qo‘lidagi kartochkaga «T» harfi yozilgan o‘quvchi: «Bu meniki» deb o‘rnidan turadi.

    XULOSA
    Demak, ona tili fanining bir qator vazifalari sirasida bolaning yozma nutq saviyasini o‘stirish masalasi ham muhim o‘rin tutadi. Zero, shaxsning ogʻzaki nutqi yozma shaklda uslubiy va imloviy jihatdan to‘gʻri ifodalansagina uning nutqi talabga javob beradi. Hozirgi davrda yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma‘rifatli, barkamol shaxslar bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma‘naviyatlilikning shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bogʻliqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya‘ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a‘zosi bo‘lish uchun ham zarurdir. Imlo savodi jamiyat ravnaqi bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi bilan chambarchas bogʻliq bo‘lib, u orqali millat taraqqiyotiga baho berish mumkin. Shuning uchun yosh avlodni ilk o‘qish va yozishga, savodxonlikka o‘rgatish masalasiga boshlangʻich sinfdanoq jiddiy e‘tibor beriladi. Boshlangʻich sinflarda yetakchi predmet sifatida o‘rganiluvchi ona tili fanining asosiy vazifalaridan biri ham savodxonlik masalasi sanaladi.
    O‘quvchilarning o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash va ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishni va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi. utq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o‘qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o‘rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to‘g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o‘sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o‘sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o‘sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo‘g’liq bo‘ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bolalarning ko‘pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar.
    Biz ning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo‘lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so‘zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so‘zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o‘rganish yo‘lidan o‘tadi.
    Shunga ko‘ra boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida berilgan mavzularning asosiy qismi fonetik mavzulardan iboratdir.
    Hozirda ta’limning asosiy mazmuni o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlashiga undashdan iborat. B undan kelib chiqadiki, o‘quvchilarni mustaqil fikrab ijodiy yondashib, nutqini ravon va nutqidagi so‘zlarni o‘zi mustaqil idrok qila olishi uchun fonetika bo‘limi biz uchun zarur. Fonetik mashqlarni o‘rgatish o‘quvchilarni ongini shakllantirib qolmay ularni mustaqil fikrlashga undaydi.


    Download 42,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari

    Download 42,14 Kb.