• XULOSA………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………. KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • 4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari




    Download 42,14 Kb.
    bet1/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi42,14 Kb.
    #160415
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI


    4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI
    MUNDARIJA

    KIRISH………………………………………………………………….….…….
    I BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA FONETIKANI O‘RGANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
    1.1. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti ……
    1.2. Boshlang‘ich sinflarda fonetikani o‘rganish va milliy dasturi tahlili . . . . ….
    II. BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA FONETIKANI O‘RGANISHDA TA’LIMIY VOSITALARDAN FOYDALANISH
    2.1. Boshlangʻich sinflarda unli va undosh tovush va harflar ustida amaliy ishlash……………………………………………………………………………..
    2.2. Boshlangʻich sinflarda unli va undosh tovush va harflarni o‘rganish o‘rganishda ta’limiy vosita va didaktik o‘yinlardan foydalanish………………………………………………………………………..
    XULOSA…………………………………………………………………………
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………….

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda, ajdodlar merosini asrab avaylashga o‘rgatishda, ota-onaga , kattalarga xurmat tuyg‘usini shakllantirishda ona tili darslarining o‘rni beqiyosdir. Chunki ona tili darslari bolaga savod chiqarishda katta yordam beradi. Bola alifbe davridan chiqqandan so‘ng bemalol o‘qiy oladi harf taniydi, o‘z fikrini erkin bayon qila oladi, shuningdek nutqi rivojlanadi.
    Respublikamiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” 1 - degan edilar.
    Maktbda ona tili fanining maqsadi o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga qaratildi. Ona tili mashg’ulotlarida nutqning asosiy xomashyosi so‘z ustida ishlash, o‘quvchilarning lug ‘at boyligini oshirish, so‘zdan to‘g’ri va o‘rinli foydalanish malakalarini takomillashtirish
    ta’limimiz oldida turgan muhim vazifadir.
    Tilni tizimli o‘rganishga asoslangan ona tili o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, lug‘at boyligini oshirish, o‘zgalar nutqini tinglay va anglay olish, fikrni aniq, ixcham ifodalash, o‘z tanlash va uni o‘rinli qo‘llash, og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, fikr ifodalashda shakl va mazmun uyg‘unligiga erishish, o‘quvchi- ta’lim- o‘qituvchi munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishga xizmat qiladi.
    Mazkur kurs ishda boshlangʻich sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali dars samaradorligini o‘stirish omillari, samarali metod va usullarni qo‘llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.

    Boshlangʻich sinflarda “Ona tili”darsliklari asosida tovush va harfning farqini o‘rganib boradi. Tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish aqliy faoliyat orqali amalga oshiriladi yoki tovushni harfga, harfni tovushga «tarjima qilish» deb tushunish kerak. O‘qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi deyiladi. Tahlil- tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so‘zni, so‘zdan bo‘g’inni, bo‘g’indan so‘z, so‘zdan gap, gapdan nutq anglashiladi. Bu metod S.P.Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usul o‘zbek metodist-olimlaridan K.Abdullayeva, K.Qosimova, Y.Abdullayevalar tomonidan yoritilgan.


    Bugungi kunga qadar ona tili va o‘qish ta’limi jarayonidagi muammosi xususan, K.Qosimova, Y.Abdullayev, Q.Abdullayeva,A.G’ulomov, O.Oxunboboev, U.Masharipovalar ilmiy izlanishlar olib borganlar.
    Shuningdek, matbuotda bir qancha metodist va o‘qituvchilarning maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, profеssor Q.Abdullayеva, K.Qosimova, O.Safarov, S.Matchonov, B.Maqulova, T.Adashboyеv, Е.Abduvalitov, Sh.Yo‘ldoshova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomova, B.Pardayev, X.Sattorovalarning o‘quv va mеtodik qo‘llanmalari, maqolalari nashr etilgan.
    Qo‘shimcha sifatida shuni aytib o‘tish joizki, hozirda boshlangʻich sinf o‘qituvchilari uchun ona tili fanidan U.A.Masharipova, U.M.Axmadovna, S.T.Maxmayev, N.A.A’zamova kabi mualliflar tomonidan (o‘zbek, rus, qozoq) tillarida multimediali dars ishlanmalar majmuasi ishlab chiqilgan. Masalan, o‘quv reja bo‘yicha 2-sinf “Ona tili” faniga 136 soat dars ajratilgan bo‘lib, metodik qo‘llanmada 28 ta dars uchun multimediali ilovalar orqali o‘qitishning o‘yinli shakllari va ilgʻor axborot texnologiyalaridan foydalanilgan dars ishlanmalar berilgan.
    Darslikning multimediali ilovasini 21 ta animatsiya, 7 ta lugʻat ishi, 38 ta interfaol mashq-o‘yin, 5 ta video, 4 ta audio(she’r) va bo‘limlar yuzasidan 5 ta test topshiriqlari tashkil etadi.
    Umumiy o‘rta ta’limning Davlat standartlari va o‘quv dasturiga ko‘ra boshlang’ich sinf ona tili darslarida fonetik mashqlarni o‘rganib ularni taxlil qila oldirish o‘quvchilar faolligini oshirish, lug’atini boyitish, ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini ta’minlaydi. Bu borada izlanishlar olib borilayotgan muammoga oid adabiyotlar tahlil qilinadi.Ayniqsa, Abdiyeva D, Bo‘ronova Sh, Yo‘ldashova J, Husanboyeva Q, Mamatqulov E, Mamatova G, Mamatqulova F, Rahimova O, E.Xoliqovlarning ilmiy – metodik ishlari va matbuotda chop etilgan maqolalaridan foydalanildi.

    Download 42,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari

    Download 42,14 Kb.