• 1-variant
  • U nima qilyapti
  • Jonli hikoya”
  • Tinch o‘yinlarga quyidagilarni kiritish mumkin




    Download 42,14 Kb.
    bet8/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi42,14 Kb.
    #160415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI

    Tinch o‘yinlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ”O‘zim tekshiraman”,
    ”Hikoya,” «U qaysi harf?”, ”Topagʻon”, ”Noto‘gʻri jumla”, ”Bo‘lishi mumkin
    emas”, “Harflarni top”, ”O‘qib ko‘r-chi”, ”Davom ettir”, ”Safar”, ”Sirli so‘z”,
    ”Zanjir”, ”O‘yin – topishmoq”, ”Bu meniki”, ”Tez javob”, ”Rebus”, ”Krossvord».
    Pedagogik amaliyot jarayonida qo‘llanilgan ushbu o‘yinlarning ayrimlaridan
    misollar keltiramiz.
    “Hikoya” o‘yinida, o‘qituvchi doskaga bir nechta qo‘sh undoshli yo yonma-yon kelgan unli ishtirok etgan so‘zlar yozib qo‘yadi.
    O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.
    Hikoya tuzish jarayonida o‘quvchilarning lugʻat boyligi ortishi bilan
    birgalikda, gaplarni to‘gʻri tuzish, tovushlarni to‘gʻri tashkil qilish va mustaqil
    fikrlash malakasi shakllanadi.
    O‘quvchilarning vaqt-vaqti bilan ragʻbatlantirish ularning o‘ziga bo‘lgan
    ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari
    mashgʻulotlarda, to‘garaklarda foydalanish mumkin.
    1-variant: Nafisa, soat, mutolaa, yomgʻir, kitob.
    2-variant: Olma, kasal, murabbo, o‘rtoq, Abduvali.
    3-variant: Mushuk, chilla, bobo, poliz, non, sichqon.
    U qaysi harf?” o‘yinida, stol ustiga bir qancha harflar tasviri teskari terib
    qo‘yiladi. O‘qituvchi shu harflardan birortasini ta’riflaydi. O‘quvchilar shu
    belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
    Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o‘quvchilar
    diqqatini jamlash, qo‘llarga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan
    tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham
    foydalanish mumkin.
    Bu o‘yin o‘quvchilarda, ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash
    malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu o‘yindan dam
    olish daqiqalarida ham unumli foydalanish mumkin.
    1-variant: U aylana shaklida. Uni biz uchun mo‘tabar bo‘lgan insonga murojaat qilish uchun ishlatamiz.
    (Javob:”O”)
    2-variant: U P harfining o‘rtogʻidir. Bizning nafas olish organimiz shu harf bilan boshlanadi.
    (Javob:“B”)
    3-variant: U shunday harfki, unda ikta harf ishtirok etgan, biz bu harf yordamida dunyodagi eng mehnatkash jonzotning bosh harfini bilib olishimiz mumkin.
    (Javob:“CH”)
    Davom ettir” o‘yinida, o‘qituvchi ma’lum bir so‘zning boshini boshlab beradi. O‘quvchilar uni davom ettiradilar. Bunda o‘quvchilarda ziyraklik qobiliyati rivojlanib, so‘z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda mustaqillik, o‘z kuchiga ishonch hissi rivojlanadi.
    Davom ettir” o‘yinida ona tili, o‘qish darslarida yoki darsdan tashqari
    mashgʻulotlarda foydalanish mumkin.
    1-variant: “Zabar…,ep…, kish...”.
    2-variant: “Ha.., sa.., kompyu… ”.
    3-variant: “kutub…, muqad…, o‘quv.., hayvo...”.
    Harakatli o‘yinlarga quyidagilar kiradi: “ U nima qilyapti?”, ”Jonli hikoya”
    va “Quruvchi”.
    U nima qilyapti” o‘yinida, o‘quvchilardan biri bolalar oldiga chiqib harakat
    qiladi. O‘quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim.
    Bunday o‘yin o‘qish va ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ziyraklik va
    zeriktirmaslik uchun o‘tkaziladi.
    Jonli hikoya” o‘yinida, o‘qituvchi so‘zlar yozilgan qogʻozlarni
    o‘quvchilarga tarqatib beradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga hikoya qilib
    beradi. (Qogʻozlarda yozilgan so‘zlar birgalikda shu hikoyani hosil qiladi.)
    O‘qituvchi hikoyani ikkinchi marta o‘qib berganda o‘quvchilar qo‘llaridagi
    qogʻozlarni shunday ketma-ketlikda joylashtirishlari kerakki, qogʻozlarga yozilgan so‘zlar bir butun hikoyani hosil qilishi lozim. Bu o‘yinni o‘tkazishda darslikdagi hikoyalar yoki darslikdan tashqari hikoya va ertaklardan foydalanishlari mumkin.
    1-variant: Bahor kelishi bilan havo iliy boshlaydi. Daraxtlar gullab, maysalar
    ko‘kara boshlaydi.
    2-variant: Olimjon ko‘chada yigʻ layotgan bolani ko‘rib qoldi. U koptogini
    ariqqa tushirib yuboribdi. Olimjon bolaning koptogini olib berdi.
    3-variant: O‘rmon shohi sher yigʻin o‘tkazdi. Ular tulkixonning ishlarini
    muhokama qildilar. Tulkixon aybini bo‘yniga oldi.

    Download 42,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tinch o‘yinlarga quyidagilarni kiritish mumkin

    Download 42,14 Kb.