|
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari
|
bet | 6/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 42,14 Kb. | | #160415 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMISavod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari
1. Analiz metodi. 2. Sintez metodi. 3. Analitik mashqlar. 4. Sintetik mashqlar. 5.Savod o„rgatish jarayoni bosqichlari Analitik - sintetik (tahlil - tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Analiz va sintez metodlari savod o„rgatish jarayonida bir-biri bilan bog„liq ravishda olib boriladi. Savod o„rgatishda analiz-sintezdan oldin o„tkazilsa-da, ular bir-birlaridan ajralmaydi. Analiz va sintez savod o„rgatish jarayonida bir-biri bilan bog„liq ravishda olib borish bo„g„inlab o„qish ko„nikmasini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Tilshunoslikda tovushni analiz va sintez qilish usullari maxsus ishlangan. Ta‟lim jarayonidagi o„zarishlar analitik - sintetik tovush metodidan foydalanishda olimlarimiz tomonidan turli tavsiyalarning taklif etilmoqda. Alifbeshunos olima Qumri Abdullayeva o„quvchilarga yangi tovush va harflarni o„rganish uchun quyidagi tartibni tavsiya etgan: Analiz metodi: a) Nutqdan gapni ajratish; b) Gapni so„zlarga ajratish va zarur bo„lgan so„z yuzasidan talaffuz mashqini o„tkazish; v) Ajratib olingan so„zni bo„g„inlarga bo„lish; d) Bo„g„in tartibidan o„rganilgan tovushni ajratish va talaffuzini o„rganish; e) Yangi tovushning grafik belgisi-bosma harf bilan bolalarni tanishtirish. Sintez metodi: a) Kesma harflardan bo„g„in va so„z tuzish; b) Tuzilgan so„zni o„qish; v) Tuzilgan yangi so„zni «Alifbe» kitobidan o„qish; e) Yangi so„z ishtirok etgan gapni «Alifbe» kitobidan o„qish. Metodist olim Maxmudjon Yusupov analitik-sintetik tovushdan foydalanishning quyidagi usulini taklif etgan: Analitik mashqlar: a) Belgilangan tayanch so„zini va tarkibidagi yangi o„rganilayotgan tovushni to„g„ri talaffuz qilish; b) Yangi o„rganilayotgan tovushni tayanch so„zdan ajratib olish va sof xolda talaffuz qilish; v) Shu tovushni talaffuz qilish jarayonida nutq organlarining xolatini amaliy ko„rsatish va izohlab tushuntirish;talaffuzi o„rganilgan tovushni to„g„ri so„zlar tarkibidan topish; d) Tarkibidagi yangi o„rganilgan tovush ishtirok etadigan so„zlar tanlash; e) Talaffuzi o„rganilgan tovushning grafik belgisi - bosma harf bilan tanishtirish; s) Harfning bosh va kichik shaklini, oldin o„rganilgan harflardan farqini ko„rsatib, tushuntirish. Sintetik mashqlar: a)Kesma harflardan bo„g„in tuzish va o„qish; b)Bo„g„inlardan so„z tuzish va o„qish; v)«Alifbe» tushunchalarida bo„g„inlarga bo„lib berilgan so„zlarni o„qish; e)«Alifbe» dagi so„z va gaplarni o„qish. M.Yusupov asosiy maqsadni nazarda tutib, anilitik mashqlarni nutqdan emas, so„zdan boshlashni tavsiya etadi. 1 Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an‟anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Savod o„rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta‟limiy va o„stiruvchi xarakterda boiadi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o„sishini ta‟minlaydi, o„qishning ongli boiishini talab etadi. 2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo„linadi: a) tayyorlov davri; b) alifbo davri. Bunda yozuvga o„rgatish o„qishga o„rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e‟tibor qaratiladi: a) savod o„rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; b) savod o„rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, tahlil va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; d) o„qish birligi sifatida bo„g„in olinadi, bo„g„in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir: 1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o„rgatish jarayonida o„quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o„qish va yozishga tayyorligiga bog„liq). 2. O‘qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so„z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish. 3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o„qi-tishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, oson-ligini, ta‟limning tarbiyaviy va o„stiruvchi xarakterini hisobga olish. Ta‟lim jarayonida o„quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash unsurlari shakllantiri-ladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish. Savod o„rgatishni to„g„ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o„rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o„rganish avgust oyida, hatto undan oldin - bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan o„quvchining oilasiga yoki bolalar bog„chasiga borilgan, suhbat o„tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan. Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o„rgatishga maxsus tayyorlanyapdilar. Ular uchun bir-ikki, ba‟zi joylarda uch-to„rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan.
1-sinf ona tili o‘qish savodxonligi darsligining 42-betida berilgan ‘’Suvning vatani ‘’ hikoyasi berilgan undagi topshiriqlar quyidagicha:
‘’Suvning vatani ‘’ hikoyasidan h va x harflarini ishtirok etgan so‘zlarni topib, yozing.
Ushbu so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qing
‘’ H ‘’ va ‘’X ‘’ tovushlarining talaffuzdagi farqqa e’tibor bering.
|
| |