|
Demak, nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir. Masalan: shoh—shox, hol—xol, yod—yot kabi
|
bet | 4/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 42,14 Kb. | | #160415 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMIDemak, nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir. Masalan: shoh—shox, hol—xol, yod—yot kabi.
Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va o‘pkadan chiqayotgan havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, kning gdan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi.Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi.
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaffuz) belgilariga ega bo‘ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to‘la hisobga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to‘g’ri javob berilgan bo‘ladi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko‘pchiligi muhim sanalmaydi.
Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslaganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo‘ladi.
Shu kabi mashqlar va ma’lumotlar orqali o‘quvchilarni fonetik bilimlarini shakillantirishimiz mumkin.Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida har tomonlama ishlashi zamon bilan hamnafas holda yangi zamonaviy texnologiyalardan habardor bo‘lmoqg’i darkor.
1.2. Boshlang‘ich sinflarda fonetikani o‘rganish va milliy dasturi tahlili
Hozirgi kunda ta’lim sohasida keng islohotlar o‘tkazilmoqda o‘quvchilarni bilim darajasini oshirish uchun yangi darslik yangi dastur ishlab chiqildi. ‘’Umumiy o‘rta ta’limning dalat ta’lim satantartlarini tasdiqlash to‘g’risidagi ‘’ qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli ‘’Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g’risida’’gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zbekiston xorijiy tajribadan foydalangan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqdi. Hozirda amalda bo‘lgan Milliy o‘quv dasturi oldingisidan nimasi bilan farq qiladi degan savolga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov ‘’ Avvalgi o‘quv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga yo‘naltirilgan. Yangi milliy o‘quv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat ‘’ deb aytib o‘tadi o‘z nutqida. Shuningdek, Dastur davlat hujjati bo‘lib, unda o‘quv fanining mazmuni va hajmini shuningdek, shu fandan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga qo‘yilgan asosiy talablarni belgilaydigan bo‘ladi. Dastur talablarini o‘qituvchi va o‘quvchilar bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Endi biz Milliy o‘quv dasturda fonetika bo‘limga doir qanday o‘zgartirishlar kiritilganini ko‘rib chiqamiz.
Umuman olganda, Ona tili fani o‘quvchi shaxsida fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda nutq sharoitiga mos ravishda toʻgʻri va ravon bayon qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchida til qurilishiga oid o‘zlashtiriladigan amaliy bilimlarni (fonetika (orfoepiya), leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirishdan iboratdir. Huddi shudan kelib chiqqan holatda Milliy o‘quv dasturida ham 2 xil kompetensiya berilgan. Bular:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Demak, nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir. Masalan: shoh—shox, hol—xol, yod—yot kabi
|