4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari




Download 42,14 Kb.
bet5/10
Sana21.02.2024
Hajmi42,14 Kb.
#160415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI

II. BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA FONETIKANI O‘RGANISHDA TA’LIMIY VOSITALARDAN FOYDALANISH
2.1 Boshlangʻich sinflarda unli va undosh tovush va harflar ustida amaliy ishlash

Dastur talablari va darslik materiallarining tahlili asosida boshlangʻich


sinflarda o‘zbek tili asosiy imlo qoidalarining “Harflar imlosi” bo‘limini o‘rgatish qay darajada amalga oshirilishini ko‘rish mumkin.
1-sinfda fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish uchun jami 68 soat ajratilgan bo‘lib, shundan 28 soati “Tovushlar va harflar” bo‘limi uchun berilgan. Ana shu 28 soat ichida 1-sinf o‘quvchisiga bo‘lim yuzasidan quyidagi bilimlarni o‘rgatish ko‘zda tutiladi:
„Tovushlar va harflar”. Unli tovushlar va harflar; a va o, i va u, o va o unlilarining talaffuzi va imlosi. Undosh tovushlar va ularni ifodalovchi harflar. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi ( d-t, b-p, z-s), so‘z oxirida, talaffuzda tushib qoladigan d, t undoshlari. Harf birikmalari: sh, ch, ng.
Alifbo: harflarning nomi. Harflarning bosh va kichik shakllari. So‘zlarni alifbo tartibida yozish.
Tutuq belgisi, uni so‘z tarkibida to‘gʻri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga va oldingi bo‘gʻinni keyingi bo‘gʻindan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilish.
Bo‘gʻin. So‘zning bo‘gʻinga bo‘lish. Bo‘gʻin ko‘chirish, bir unlidan iborat so‘zlarning bo‘gʻin ko‘chirilmasligi, tutuq belgili so‘zlarni , ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘gʻinlab ko‘chirish. Harf birikmasi sh, ch, ng qatnashgan so‘zlarning bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga ko‘chirilishi.
Dasturga mos ravishda 1-sinf ona tili darsligining „Tovushlar va harflar” bo‘limida „Tovush va harf”, “Unli tovushlar va harflar”, „Undosh tovushlar va harflar”, „Tutuq belgisi”, „Alifbo”, „Bo‘gʻin”, „So‘zlarni bo‘gʻinlab ko‘chirish” kabi mavzular va bu mavzularni o‘rgatish yuzasidan 80 ta mashq berilgan. Yuqorida keltirilgan mavzulardan ko‘rinib turibdiki, 1-sinfda harflar imlosini o‘rgatish faqat bilvosita mashqlar bajarish jarayonida amaliy o‘rgatib boriladi. Masalan, darslikda berilgan 11- va 13-mashqlar a harfining orfografik xususiyatiga, ya‘ni ayrim so‘zlarda o ga yaqin aytilsada, lekin a yozilishini o‘rgatishga mo‘ljallangan.
11 -mashq. So‘zlarning birinchi bo‘gʻinida a tovushini talaffuz qiling:
Baho, bahor, davlat, jahon, javon, hammom, havo, Shavkat.
Ko‘chiring. Tekshiring.So‘zning qaysi o‘rnida xato qilish mumkinligini ayting.
13-mashq. Nuqtalar o‘rniga a yoki o unlisini qo‘yib o‘qing va yozing.
Xondayliq qishlogʻi togʻlar bilan o‘r..lgan. Uning h..vosi mus..ffo,sh..moli yoqimtoy. Men togʻlarni t..m..sha qilishni yoqtiraman.
O‘qituvchi ushbu mashqlarni bajartirish jarayonida, albatta, a harfining imloviy xususiyatini, ba’zan ogʻzaki nutqda o ga kabi aytilsa-da, lekin yozuvda a yozish kerakligini izohlab berishi kerak, shundagina mashqning sharti to‘la bajariladi.
Darslikdagi 14- va 15-mashqlarda esa u va I unlilarining imlosini o‘rgatish
ko‘zda tutilgan.
14-mashq. Tez aytishni bir nafas bilan necha marta ayta olasiz? Ko‘chiring, u
unlisi I tarzida aytiladigan so‘zlarning tagiga chizing. Ularning qaysi bo‘gʻinida
xato qilish mumkin?
1.Chumchuq chugʻurchiqni cho‘qiimasa, chugʻurchiq chumchuqni
cho‘qimaydi. 2.Tursunda to‘rtta to‘r qop bor.
15-mashq. O‘qing. So‘zlarning oxirgi bo‘gʻinida u unlisini talaffuz iling.
Ko‘chiring, u unlisining tagiga chizing.
Chumchuq, boyqush, bulbul, qirgʻovul, burgut.
Yuqoridagi mashqlarda o‘zbek tilidagi singarmonizm qonuniyati, ya‘ni so‘zning oldingi bo‘gʻinida u unlisi kelsa keyingi bo‘gʻinda ham u yozilishi hodisasini o‘rgatish ko‘zda tutilgan.
Yuqorida berilgan mashqalar eski darslikda berilgan mashqlar hisoblanadi. Endi biz yangi Ona tili o‘qish savodxonligi darsligidagi mashqlar ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz.
Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya. Sinfdan tashqari o‘qish o‗qish darslari bilan bog‗lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‗qish mazmuniga ko‗ra ta‘limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‗limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‗qish doirasi, ya‘ni o‗qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‗qish bilan tanishtirish yuzasidan o‗quvchilarga ko‗rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‗quv materiallar asosida bilim, ko‗nikma va malakalar shakllantiriladi. O‗quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya‘ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‗quvchilar o‗qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadi-lar, so‗ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‗tadilar. O‗quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‗qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‗zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‗zlaridagi axloqiy-ma‘naviy fazilatlar-ning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‗quvchilarning og‗zaki hamda yozma 3 Boshlang‗ich ta‘lim bo‗yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 34-36-betlar. nutqlari rivojlanadi. Bola-ning matn mazmunini to‗liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‗zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi. Boshlang‘ich ta’limda Davlat ta’lim standartlari Umumiy talablar O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumta‘lim maktablari o‗quvchilarini darsliklar bilan ta‘minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida» 2006-yil 31-maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining «2005-2009 yillarda umumta‘lim maktablari uchun darsliklar va o‗quv-metodik qo‗llanmalar nashr etish dasturi to‗g‗risida» 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda «2009-2013 yillarda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun o‗quv qo‗llanmalarini nashr etish dasturi to‗g‗risida» 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq, umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun o‗quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi. «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonunning «Davlat ta’lim standarti» tо‘g‘risidagi 7-moddasida belgilab berilgan idek, «Davlat ta‘lim standarti umumiy umumiy о‗rta, о‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim mazmuniga hamda sifatiga qо‗yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta‘lim standartlarini bajarish О‗zbekiston Respublikasining barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir». О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Davlat ta‘lim standarti tо‗g‗risidagi Nizom»ga binoan, umumiy о‗rta ta‘limga, shu jumladan, boshlang‗ich ta‘lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta‘lim standarti talablari va meyoriy kо‗rsatkichlari belgilab qо‗yildi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi oldiga qо‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida davlat boshlang‘ich sinf о‘quvchilaridan standartda belgilab qо‘yilgan minimal kо‘rsat-kichlarga erishishni talab qiladi о‗z navbatida bu kо‗rsatkichlarga erishish uchun zarur bо‗lgan ta‘limiy xizmatlar va vositalar bilan ta‘minlaydi 4 . Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‗zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid o‗zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfo-logiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 4 Boshlang‗ich ta‘lim bo‗yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 17-bet. ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‗g‗ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari: 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): A1. Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; - matnni tushunib o‗qiy oladi; - og‗zaki nutqda so‗z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; - 65-70 so‗zdan iborat diktantni yoza oladi; - xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; - do‗sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. A1+. -sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; - matn mazmunini tushunib ifodali o‗qiy oladi; - 70 -75 so‗zdan iborat diktantni yoza oladi; - 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1. - ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‗g‗in ko‗chirish qoidalariga amal qila oladi; - mavzuga oid yangi so‗zlarni og‗zaki va yozma nutqda qo‗llay oladi; - yozma nutqda tinish belgilarini to‗g‗ri qo‗llay oladi. A1+. - so‗zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‗g‗ri shakllantira oladi; - gapning ifoda maqsadiga ko‗ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‗rinli qo‗llay oladi. Adabiyotlar: 1. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –―O‗zbekiston‖ -2016.56 B. 2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent – ―O‗zbekiston‖ -2016.488 B. 3. Qosimova K., Matjonov S., G‗ulomova X., Yo‗ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‗qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 4. Yo‘ldoshev N. va Raxmatillayeva Sh. Ona tili o‗qitish metodikasi. – Qarshi.: Nasaf. 2018. – 146 b. 5. Boshlang‗ich ta‘lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 6. Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 18-bet. 7. G‘ulomova X., Yo‗ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‗qitish metodikasi. – T.: TDPU, 2009. – 70 b. 8. G‗ulomov M. Yozuv daftari. (1-sinf uchun darslik)– T.: Ma‘naviyat, 2019. 9. Safarova R. va boshqalar. Savod o‗rgatish darslari. -T.: Ma‘naviyat, 2003. 10. Safarova R. va boshqalar. Alifbe. (1-sinf uchun darslik). -T.: Ma‘naviyat. 2019. 11. Yo‘ldoshev N.. O‘sarova M. Boshlang‘ich ta‘lim fanlarini o‘qitishda quvnoq daqiqalardan foydalanish. - Qarshi.: Nasaf. 2020. – 35 b. 12. Yo‘ldoshev N.. Beknazarova X. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish. - Qarshi.: Nasaf. 2019. – 56 b. 13. Abdullayeva Q. va boshqalar. ―Savod o‗rgatish‖. T-1996. 14.G‘afforova T. va boshqalar. ―1-sinfda savod o‗rgatish‖, T-1997. Internet saytlari: www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. edu. uz tdpu-INTRANET. Ped



Download 42,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 42,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari

Download 42,14 Kb.