|
4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari
|
bet | 7/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 42,14 Kb. | | #160415 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI89-betdagi ‘’H ‘’ aytinglar she’rida ham huddi shunday topshiriqlar berib o‘tilgan.
Umuman olganda fonetika bo‘limga doir mashqlar bir necha ularning aksariyat qismi X va H harflarini talaffuzdagi farqini tushinib anglashga qaratilgan.
2.2 Boshlangʻich sinflarda unli va undosh tovush va harflarni o‘rganish o‘rganishda ta’limiy vosita va didaktik o‘yinlardan foydalanish
“Nazariy fizika bolalar o‘yini oldida hech narsa emas”
A.Enshteyn
Ma’lumki, boshlangʻich sinfga qabul qilinib, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashgʻuloti bo‘lib, ular har qanday mashgʻulotni o‘yin bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashgʻuloti-o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Boshlangʻich ta’lim davrida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga o‘rganadilar, inoqlik his – tuygʻulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning xususiyatiga ko‘ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko‘rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.
Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchi undan qat’iy tartib – intizom talab etuvchi muhitga tezgina moslashib, kirishib keta olmaydi, o‘zini ushbu muhitda yolgʻiz his etadi. Shuning uchun kichik yoshdagi o‘quvchining faoliyat turdagi o‘zgarishlarga moslanuvchanligini samarali hal etish uchun, avvalo uning 6–7 yoshlik davrini, maktabgacha yoshga o‘tish davri sifatida metodik jihatdan ta’minlash, ta’lim olishga puxta tayyorlash talab etiladi. Mashgʻulotlar jarayonida qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlar aslida mavzularni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va o‘yin orqali samarali bilim berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, o‘quvchi faolligini oshirishda o‘ziga xos o‘ringa ega.
Quyida 1-sinf «Ona tili» darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik
o‘yinlar mazmuni bilan tanishtiramiz. Shu bilan birga, har bir o‘yinni o‘tkazish
tartibini uch variantda misol tarzda keltiramiz. Didaktik o‘yinlar mazmuniga ko‘ra,
qilingan tasnifga asoslanib joylashtiriladi.
Shuni eslatib o‘tish joizki, ona tili va o‘qish darslarida qo‘llash uchun tavsiya qilinayotgan didaktik o‘yinlardan foydalanishda qat’iy chegara mavjud bo‘lmay,
boshqa yuqori sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari
|