• Bo‘g’in
  • Tabiiy tovushlar
  • 4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari




    Download 42,14 Kb.
    bet3/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi42,14 Kb.
    #160415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI DARSLARIDA FONETIKANI O‘RGATISH TIZIMI

    Fraza nutqning eng katta birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib,o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Masalan: maktabga boraman(1gap, 1fraza), devari baland, qalin romli, keng uy ,har vaqt chiroyli(bu gapni to‘rt frazaga ham, ikki frazaga ham bo‘lish mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. Gap bilan jumla hamma vaqt ham bir biriga to‘g’ri kelavermaydi.
    Takt. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urg’u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘g’inning yiғindisi takt deb ataladi. Masalan : Osmon bulut edi. 1,2-so‘z urg’uli, 3-urg ‘usiz. Urg’u olmagan so‘zlar urg’uli so‘zning oldidan va keyinidan kelishi mumkin: oldidan - na rabotu, za mir - proklitik elementlar, bulut edi – keyinda enklitik elementlar.
    Fonetik birlik bo‘lmish takt grammatikada so‘z birikmasi bilan qiyoslansa, ular hech vaqt bir-biriga to‘g’ri kelmaydi.
    Bo‘g’in. Takt bo‘ғinlardan tashkil topadi. Bo‘g’in bir yoki bir necha tovushdan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir.
    Nutq tovushi asosiyfonetik birlik sanaladi. U uch aspektda o‘rganiladi: akustik, fiziologik, fonologik.
    1. Tabiiy tovushlar. Bularga shamolning esishi, yomg’irning yog’ishi, momoqaldiroqning gumburlashi kabi tovushlar kiradi.
    2. Fizik yoki mexanik tovushlar. Bularga soatning chiqillashi, ikki narsaning bir-biriga urilishidan chiqadigan tovushlar kiradi.
    3. Nutq tovushlari. Nutq a’zolari yordamida hosil qilinadigan hamda og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan qismi nutq tovushlaridir.
    Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishda ishtiroq etadigan a’zolar hisoblanadi. Ular vazifasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi :
    1. Faol nutq a’zolari. Bularga un (tovush) paychalari lablar va til (kichik til, pastki jag’) kiradi.
    2. Passiv yoki nofaol nutq a’zolari. Bularga o‘pka, tog’aylar hamda bo‘g’iz, og’iz, burun bo‘shliqlar va tishlar kiradi.
    Nutq tovushlari insonning nutq a’zolari yordamida hosil qilinar ekan, bu ularning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog’liqlikda o‘rganiladi. Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo‘ladi. Tovushlarning bu tomoni akustiktomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o‘rganiladi. Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi.Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlashvazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.
    Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Demak yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir. Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud:
    a) akustik;
    b) talaffuz (fiziologik);
    d) vazifaviy tomonlari.

    Download 42,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf ona tili darslarida fonetikani o‘rgatish tizimi mundarija kirish I bob. Boshlangʻich sinflarda fonetikani o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari

    Download 42,14 Kb.