zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni
egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya
yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha
kishilarning bolalari tortilishi va birga o‘qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida
yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda jamoa bo‘lib o‘qishini foydasi quyidagicha
ifodalangan:
Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-
biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi
o‘qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zaro suhbatda o‘quvchilar bir-biriga kitobdan o‘qib olganlari, kattalardan eshitganlarini
hikoya qiladilar.
Bolalar birga to‘planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do‘stlashadilar, o‘quv
materiallarini o‘zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul
qiladilar.
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi
tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
-ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
-olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
-bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
Yuqoridagi masalalarga o‘zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo‘lim bag‘ishlaydi. «Bolani
maktabda o‘qitish va tarbiyalash» bo‘limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi.
Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yyengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur
va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.