• 8-ilova Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati
  • 55 ta O‘quv mashg‘ulotining shakli Ma’lumotli ma’ruza Mashg‘ulotning rejasi




    Download 308,15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana06.12.2023
    Hajmi308,15 Kb.
    #112142
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    \'20.02.2023 ochiq dars matni va rexkarta
    1 мавзу
     
    7-ilova 
    Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar 
    Asar o‘n to‘rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra muqaddima 
    bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning ahamiyati, 
    jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda 
    axloqlilikning eng muxim xususiyatlari tarannum etiladi. 
    Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol etishning asosiy belgisi 
    bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axlokiy tarkibiy kismi sanalgan 
    tilni tiyish, mol dunyoga muxabbat qo‘yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat 
    yo‘lidan saqlanish haqida, harom va xalollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod 
    va sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi. 
    Ulug‘likka yetsang unutma o‘zing, 
    Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing. 
    Qora bosh yag‘isi qizil til turur, 
    Necha bosh edi u, yana ham eyur. 
    Ming yer do‘sting ersa o‘qish ko‘rmagil, 
    Bir yer dushman ersa, ani ozlama. 


    Ulug‘lar ne bersa, emasmen dema, 
    Ilig sur, og‘iz ur, emasang yema. 
    Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun, 
    Qolu chiqsa bekta tishing siyur. 
    Harislik ma erg‘a yovuz xislat bo‘l, 
    Harislik so‘ng g‘am, o‘kinch hasrat ul. 
    8-ilova 
    Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati 
    Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan 
    javonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening 
    uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt 
    bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid 
    turmush tajribasi bilan bog‘langan holda kamolga yetkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. 
    Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish 
    nazariyasi ko‘zda tutilgan:
    1. Bilim olish haqida.
    2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
    3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 
    4. Jismoniy yetuklik haqida.
    Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham 
    ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt 
    yo‘nalishda zikr etilgan. 
    Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib toptirishini 
    ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat 
    o‘rtasida o‘tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik: yolg‘onchi kishi 
    bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan sharob 
    ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, 
    shu aybni yo‘qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha 
    yomonlamaslik; muxtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorning gunohini 
    avf etish; kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy 
    tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.
     
    9-ilova 
     “Tushunchalar tahlili” metodi orqali allomalarningpedagogik qarashlariga izoh bering 
    Abu Nasr 
    Forobiy 
    Abu Ali ibn 
    Sino 
    Mahmud 
    Qoshgʻariy 
    Yusuf Xos 
    Hojib 
    Ahmad 
    Yugnakiy 
    Kaykovus 

    Download 308,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 308,15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    55 ta O‘quv mashg‘ulotining shakli Ma’lumotli ma’ruza Mashg‘ulotning rejasi

    Download 308,15 Kb.
    Pdf ko'rish