55 ta O‘quv mashg‘ulotining shakli Ma’lumotli ma’ruza Mashg‘ulotning rejasi




Download 308,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana06.12.2023
Hajmi308,15 Kb.
#112142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
\'20.02.2023 ochiq dars matni va rexkarta
1 мавзу
5-ilova 
 
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida
ta’lim-tarbiya masalalari 
Maqollar: 
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da». 
«Ho‘kizning ortin oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til»
«Ilon o‘zining egriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini egri deydi» 
«Ko‘kka suzsa yuzga tushun». 
«Bir qarg‘a bilan qish kelmas». 
«Keng to‘n to‘zimas, kengashli bilig artamas”. 
«Kichikda qatiqlansa ulg‘adu sevinur». 
«Erdamsizdan qurt chertilur» 
 


6-ilova 
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari – pandnoma asar sifatida 
«Qutadg‘u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak 
asar nomidan ham uning pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid etuk didaktik asar, har tomonlama 
etuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. «Qutadg‘u bilig» asari 
Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya kilingan xolda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. 
Dastlabki o‘n bir fasli debocha bo‘lib, hamda, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o‘n 
ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik xaqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga 
nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O‘n ikkinchi fasldan boshlab 
asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to‘rt qaxramon – Kuntug‘di – adolat ramzi, 
vazir — Oyto‘ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o‘g‘li O‘g‘dulmish – aql ramzi, sifatida
O‘zgurmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o‘rtasidagi munozara asosida xayotiy 
masalalar bir-biriga bog‘langan xolda bayon etilib, kitobni yozishdan o‘z oldiga ko‘ygan 
maqsadga bo‘ysundiriladi. 
 O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar, 
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. 
 O‘quv qut beradi, bilim – sharaf-shon, 
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson. 
Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi, 
Yomonlar nasibi – el-yurt qarg‘ishi. 
Kishiga chiroydir uyat-andisha
U asrar nojo‘ya ishdan hamisha. 
 Yomonlik qilganning ulushi – o‘kinch, 
Yomonga yaxshi bo‘l, mayli har qachon. 
 Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq, 
O‘lim tutmaguncha o‘zgarmas yo‘riq. 

Download 308,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 308,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



55 ta O‘quv mashg‘ulotining shakli Ma’lumotli ma’ruza Mashg‘ulotning rejasi

Download 308,15 Kb.
Pdf ko'rish