uchun ishlatiladi. So‘zlarni ketma-ketligi qoidalar bo‘yicha beriladi, operator nuqta-
vergul (;) bilan yakunianadi.
Barcha operatorlar registrga bog'lanmagan, ya'ni katta va kichik harflarni
ishlatsa bo’ladi, lekin literalda bu ahamiyatga ega. Masalan, «Boltayev» va
«BOLTAYEV» har xil literallardir.
Til erkin formatda yozilishi mumkin bo’lgan uchun, quyidagi kelishuvlar-ga
tayanamiz:
1. Har bir konstruksiya yangi satrdan boshlanishi kerak.
2. Har bir konstruksiya bir xil satrni bir xil pozitsivasidan boshlanishi kerak.
3. Agar konstruksiya bir nechta qismdan iborat bo'lsa, qismlar yangi satrdan
boshlanib biroz o‘nga surilib yozilishi kerak.
Misol:
SELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il, shaharlar.nameshahar
FROM talaba INNER JOIN shahar
ON talaba. id_shah=shahar. id._shah ORDER BY fam;
Til konstruksiyalar sintaksisini tavsiflash uchun biz Kengaytirilgan Bekus-
Naur shakli (KBNSh) metatilini ishlatamiz. Bu tilda quyidagi metabel-gilar
kiritilgan (meta bu boshqa tilni tavsiflash uchun ishlatiladigan so'z):
1) ::= meta belgisi chap tarafda turgan meta so'zni o‘ng tarafda turgan tavsifdan
ajratish uchun ishlatiladi, ya'ni meta so‘z bu o'ngda turgan konstruksiyadan
iborat.
2) Katta harflar kalit so'zlar uchun ishlatiladi.
3) Kichik harflar foydalanuvchi kiritgan so'zlar uchun ishlatiladi.
4) Vertikal belgisi | bir nechta variantlardan birini tanlash kerakligini bildiradi (a
| b | c).
5) Figurali qavslar { } ichidagi element majburiyligini bildiradi.
6) Kvadrat qavslar [ ] ichidagi element shait emasligini bildiradi.
7) Kvadrat qavslarldagi vergul va 3 nuqta belgisi [,. . . ] bundan oldin turgan
element nol, bir yoki bir necha maita qaytariiishi mumkinligini biidiradi.
8) Burchak qavslar < > konstruksiya elementlarini belgilash (meta so‘zlar )
uchun ishlatiladi.
9) Probel belgisi operatorlar shaklini qulay ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
10)
Vergul belgisi elementni ro‘yxatda berish uchun ishlatiladi.
11)
Nuqta-vergul belgisi operator tamom bo’lishini bildiradi.
Xulosa
BBB tizimlarning yaratilishi, berilganlar bilan ishlashda fayl tizimi bilan
bog'liq bo'lgan muammolarni hal qilish maqsadida yaratilgan. Berilganlar bazasi -
bu birgalikda ishlatiladigan mantiqiy bog'langan berilganlar termasidan iborat
bo'lib, tashkilotning axborot ga bo'lgan ehti-yojini qondirishga xizmat qiladi. BBBT