3. Oddiy va murakkab so'rovlarni bajarish.
Ko'rsatilgan imkoniyatlar SQL tilida amalga oshirilgan.
Jadvallardagi berilganlarni talab qilingan chiquvchi ko‘rinishga o‘tkazish
uchun SQL tili ishlatiladi.
SQL tili ikkita asosiv tarkiblarga ega:
DDL (Data Destination Language) tili, ya’ni berilganlarni tavsiflash tili. Bu
til berilganlar bazasini tuzilishini tavsiflash va ularga murojaat qilishni
boshqarish inikoniyatlarini yaratadi.
DML (Data Manipulation Language) tili, ya’ni berilganlarga ishlov. Bu til
berilganlarni yangilash va tanlash uchun ishlatiladi.
Bu tilda hisoblash jarayonini boshqarish komandalari, ya’ni IF ... THEN...
ELSE, DO ... WHILE, GOTO kabi komandalar yo’q, shu sababli bu tilni ikkita usul
bilan ishlatish mumkin, ya’ni muloqot (foydalanuvchi bevosita SQL operatorlarini
ketma-ket kiritadi) usuli yoki SQL tiliga ega bo’lgan yuqori bosqich tili orqali.
SQL till noprotsedur til bo'lgani sababli, unda berilganlarni qaysi yo'l bilan
olish emas, balki qanday ma'lumot kerakligini ko'rsatish kerak. SQL tilida
operatorlar erkin formatda yoziladi, ya’ni fiksirlangan pozitsiyaga bog'lanmagan
holda. SQL tilida operatorlar ingliz tilida yozilgan kalit so'zlar bilan belgi-lanadi,
masalan: