№6-7 mavzular. Berilganlarning bazasini bilan ishlash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana15.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#157076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza 6 7

So'rovlar protsessori. Bu BBBT asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, BB dispetcheri 
uchun quyi darajadagi buyruqlami hosil qiladi. 
BB dispetcheri. Bu tarkibiy qism foydalanuvchi tomonidan ishlatilayotgan 
amaliv programmalar va so‘rovlar bilan o‘zaro harakatlanadi. BB dispetcheri 
so‘rovlarni qabul qiladi, ularni bajarish uchun tashqi va konseptual 
chizmalarni tekshiradi. Keyin BB dispetcheri so’rovni amalga oshi rish uchun 
fayllar dispetcherini chaqiradi. BB dispetcherining tarkibi 21.2 -rasmda 
keltirilgan. 
 
Fayllar 
dispetcheri 
berilganlarni 
saqlashga 
mo’ljallangan 
fayllarni 
manipulatsiyalash va diskdagi bo‘sh joylarni taqsimlashga javob beradi. U 
icliki chizmada aniqlangan tuzilishlar ro'yxati va indeksini yaratadi hamda 
qo‘llaydi. 
Agarda 
faylami 
xeshlash 
ishlatilsa, 
fayllar 
dispetcheri 
yozuvlarriing adreslarini generatsiya qilish uchun xeshlash funksiyasini 
chaqirish bilan ham shug'ullanadi. Lekin fayllar dispetcheri fizik jihatdan 
berilganlarni 
kiritish-chiqarishni 
boshqar-maydi, 
faqatgina 
zaruriy 
so'rovlarni kerakli kirish usullariga yollaydi, ular berilganlarni o‘qish yoki 
disk (yoki xesh)ga yozishni tizim buferi orqali hal qiladi. 
DML tilining preprotsessori, amaliy programmalarga joylangan DML 
operatorlarni, asosiy tildagi standart funksiyalarni chaqiruvchilariga o‘zgar 
tiradi. Mos kodni generatsiya qilish uchun DML tilining preprotsessori 
so‘rovlar protsessori bilan o‘zaro aloqaga chiqadi. 


DDL lilining kompilyatori DDL buyruqlarni meta berilganlardan iborat 
jadvallar majmuasiga olib keladi. Keyin bu jadvallar tizim katalogida 
saqlanadi, boshqaruvchi ma’lumotlar esa berilgan-larning fayllaridagi 
sarlavhalarda saqlanadi. 
Lug’at dispetcheri tizim katalogiga kirish va u bilan ishlash jarayonini 
boshqaradi. Tizim katalo-giga kirish huquqi BBBT deyarli hamma 
tarkiblarida bor. 
Quyida BB dispetcherining tarkibiga kiruvchi asosiy programmalarning 
(21.2-rasmda) tashkil etuvchilari keltirilgan. 
Kirish huquqini nazorat moduli. Ushbu modul foydalanuvchining bajarmoqchi 
bo’lgan amallari uchun bajarish huquqi bor yoki yo'qligini tekshiradi. 
Komanda (buyruq)lar protsessori. Foydalanuvchining kirish huquqi tekshirilgandan 
keyin boshqaruv buyruqlar protsessoriga uzatiladi. U o‘z navbatida buyruqlarni ket-
ket bajarisliga o'tadi. 
Butunlikni nazorat vositalari. Butunlikni nazorat vositalari, agarda BB dagi 
berilganlarni o'zgartirish amali qollansa, shu amal butunlikni nazorat qilishda 
o‘rnatilgan chegaralarni qanoatlantirishini nazorat qiladi. Masalan, o‘rnatilgan 
kalitlarga nisbatan bo’lgan talablarni. 
So'rovlarni optimallashtiruvchi. Ushbu modul so'rovni bajarish strategiyasining 
optimal usulini tanlaydi. 
Tranzaksiyalar dispetcheri. Bitta foydalanuvchi yoki amaliy programma tomonidan 
berilganlar bazasini o'qish yoki o'zgartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakat 
yoki harakatlar ketma-ketiigi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiya berilganlar 
bazasida olib boriladigan mantiqiy ishdan iborat. U alohida program-ma, 
programmaning qism yoki alohida bitta buyruqdan (masalan, SQL tilidagi INSERT 
yoki UPDATE buyruqlari) iborat bo’lishi va berilganlar bazasida bajariladigan 
ixtiyoriy sondagi amallari o'z ichiga olishi mumkin. Berilganlar bazasining 
administratori nuqtayi nazarida u ixtiyoriy ilovadan fovdalanish bu bir qator 
Tranzaksiyalarga olib keladi, ularning orasida esa berilganlarga ishlov beriladi. 
Tranzaksiyalar dis-petcheri, tranzaksiyalarni bajarish jarayonida kelib tushadigan 
amallarga talab qilingan ishlov berishni amalga oshiradi. 
Tranzaksiyalarning asosiv to‘rtta xossasi mavjud: ACID (Atomicity, Consistency, 
Isolation, Durability - uzilmaslik, uyg'unlik, yakkalik, tur g‘unlik): 

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№6-7 mavzular. Berilganlarning bazasini bilan ishlash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish