DML tilining protsedurasiz qismi, ya’ni berilganlarni tanlash
amallarini bajaruvchilari,
so'rovlar tili deb ataladi. So'rovlar tilini tor
doiradagi berilganlar bazasidan. berilganlarni tanlash imkoniyatini
yaratuvchi, yuqori darajadagi til sifatida qarash mumkin. Shu ma'noda
«so‘rov» atamasi berilganlarni so‘rov tili orqali tanlash uchun
ishlatiladi. DML ti llarida berilganlarni tanlash usullari tur -licha. DML
tilining ikkita turi mavjud:
protsedurali va
protsedurasiz. Ularning ora-
sidagi. asosiy farq shundan iboratki, protsedurali tillar natijaga
erishish
mumkin-ligini aniqlasa, protsedurasiz tillar esa nati jani
qanday qilib
olish kerakligini ko‘rsatadi. Odatda, protsedurali tillarda vozuvlarning
har biri alohida ko‘riladi, protsedurasiz tillar esa yozuvlarning bir qator
to‘plamlari bilan ishlaydi.
Protsedurali DML tillari
Programmachi
protsedurali
DML
tili
qanday
berilganlar
kerakligini va ularni tanlash usulini ko‘rsatadi. Bu unga berilganlarga
kirishning hamma
usullarini aniqlash zarurligini bildiradi. Odatda, bunday protsedurali
DML tili yozuvni tanlash, ishlov berish va olingan natijaga nisbatan
keyingi yozuvni tashlash, ishlov berish va hokazodan iborat boiadi.
Ushbu berilganlar ustidagi jarayon hamma so'ralgan yozuvlar ishlovdan
o‘tma guncha, davom ettiriladi. Odatda protsedurali DML tilining
operatorlari yuqori darajadagi progranimalash tillarining ic higa
joylanadi hamda programmalash tilining takrorlash va boshqa
yozuvlarga o'tish imkoniyatlaridan foydalaniladi. lyerarxik va tarmoq
turidagi BBB tizimlarining DML tillari odatda protsedurali boiadi.
P r o t s e d u r a s i z D M L t i l l a r i
Protsedurasiz DML tillari b erilganlarning butun to‘plamini bitta
tanlash operatori yordamida aniqlash yoki yangilash imkonini yaratadi.
Protsedurasiz DML tillari orqali foydalanuvchi
nima kerakligini
bildiradi, xolos. Qolgan amal -larning hammasini tilning o‘zi bajaradi
va berilganlar ustida manipulatsiya qi -lish imkoniyatlarini yaratadi.
Bunday usul foydalanuvchidan berilganlarning tuzilishi va tanlash
algoritmlarini o‘zlashtirishni taiab qiimaydi. Natijada foyda -lanuvchi
berilganlarga nisbatan mustaqil ravishda ishlaydi. Protseduras iz tillarni