• 2.4. NADFIL VA SHABERLARNI TUZILISHI.
  • PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI




    Download 13.29 Mb.
    bet17/59
    Sana21.10.2022
    Hajmi13.29 Mb.
    #27700
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
    Bog'liq
    materialshunoslik kitob
    Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
    2.3. PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI.


    To’g’rilash girralari.
    Metall plastinalarini to’g’rilashda payvandlash moslama giralari ishlatiladi. (10- rasm)

    Payvandlash ishlarini amalga oshirshda har xil chizg’ichlardan foydalaniladi. (11-rasm)
    Payvandlash jarayonida rejalash ishlarini amalga oshirishda rejalash bolg’alaridan foydalaniladi. (12-rasm)
    S huningdek kvadrat va muxrali qilib, 97-50 navli po’latlardan tayyorlangan chilangarlik bolg’alari ham payvandlash jarayonida ishlatiladi. (13-rasm)
    P ayvandlash ishlarini bajarishda bir necha o’quv payvandlash transfarmatrlari, tok o’zgartirgichlar, to’g’rilagichlar, payvanlash simlari, uchliklar, payvanlangan tutashtirgichlar, turli xildagi elektrod tutqichlar, buyumlarga tok keltirish qisqich – strubsinalari hamda materiallardan kam uglerodli po’latdan yasalgan. 250x150x10 mm o’lchamli plastinalar va 3-5 mm diametrli e-42 yoki e-46 elektrodlar kerak bo’ladi. shuningdek payvandalash ishlarini bajarishda brezent kurtkalar, shimlar, bosh kiyimlari va oddiy oinalari, zubilolar, bolg’alar, po’lat cho’tka, to’siq shchitlar hamda niqoblar kerak bo’ladi.
    Gaz alangasida payvandlashda asetilin generatorlari va himoya zatvorlari, kalsiy, karbit – kislorodli va asetilinli ballonlar, reduktor, gorelka, jez ignalar, suv quyilgan idishlar, ximoya ko’zoynaklari, bolg’a, zubilo, po’lat cho’tka, hamda kam uglerodli po’latdan ishlangan 250x150 yoki 6 mm o’lchamli plastinalardan foyladanish mumkin.


    2.4. NADFIL VA SHABERLARNI TUZILISHI.


    Nadfillar (14-rasm). Kichik yuzalarni egovlashda kichik o’lchamli egovlardan nadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U 13A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi. Qattiq qotishma, keramik materiallar, shishalarni ishlashda olmos nadfillar ishlatiladi.
    Shaberlar (15-rasm). Sirtlar mayin egovlar bilan egovlanib silliqlanishidan qat’i nazar, unda ma’lum g’adir-budurliklar qoladi. Sirtlarni yuqori darajada silliqlashda shaberlash (qirish) usulidan foydalaniladi. Shaberlash o’tkir qirg’ich-shaber bilan detal sirtidan yupqa qirindi olishdan iborat. Bunda detal sirtidagi notekisliklar, egov yoki boshqa turdagi keskich izlari yo’qotiladi. Bu usul bilan bir-biriga biriktiriladigan detallarning jipsligi va geometikligi ta’minlanadi.

    Detal sirtining shaberlanishi lozim bo’lgan joylarini aniqlash uchun uni yupqa qilib bo’yoq surtilgan tekshirish plitasi yoki lineyka ustiga qo’yiladi va ohista bosib uyoq-buyoqqa suriladi. Bo’yoq tekkan do’ngliklar shaberlanadi. Detal sirtiga bo’yoq bir tekis tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettirilaveradi. Shaberlash aniqligi 25x25 mm kvadrat yuzadagi dog’lar soni bilan o’lchanadi. Masalan, shaberlangan stanina yo’naltiruvchilari, support salazkalaridagi dog’lar soni 10 tadan, aniq ishlaydigan stanoklarda 16 tadan ortiq bo’lmasligi kerak. Podshipniklarda yuzaning 3/4 qismi valga tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi. Shaberlash bilan yuzani 0,005—0,01 mm gacha toza ishlash mumkin.


    Shaberlangan yuzaning juda silliq chiqishini ta’minlash uchun cho`yonlarni quruq holda, mis va po’latlarni esa sovunning quyuq eritmasiga shaberni botirib shaberlash kerak. Shaberlar eski egovlardan yoki U10A va U12A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan har xil shaklda tayyorlanadi.



    Download 13.29 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




    Download 13.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI

    Download 13.29 Mb.