|
6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
|
bet | 3/25 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 407,28 Kb. | | #230749 |
Bog'liq 6-soat reja Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va 3. Sinfdan tashqari ishning ommavii shakllari
Sinfdan tashqari ishning bu barcha shakllari ko’plab o’quvchilarni jalb qilishga imkon beradi. Tajriba sinfdan tashqari ishning ommaviy shakllari yuksak darajada samarali ekanligini tasdiqladi. Ular o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari to’g’risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi va hokazo. Lekin, afsuski ular o’quvchilarni foydali texnologikga, bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmaydi. Shuning uchun o’quvchilar, masalan, mavzuli kechalarda, sinfdan tashqari ishning boshqa shakllarida qatnashish bilan birga biror boshqa tugarak ishida ham qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ba’zi hollarda o’z-o’zidan shunday bo’lib ham qoladi. Chunonchi tugarak a’zolari tomonidan o’z ishlarini namoyish qiladigan ko’rgazmalar tashkil qilinadi.
Kurgazmaga ko’p maktablarda e’tibor bilan qaraladi. Kurgazmalar doimiy va vaqtincha bo’ladi. Lekin ko’rgazmalar doimiy bo’lgani ma’qulroq. Bunday kurgazmalarda o’quvchilar yasagan buyumlar yillar davomida yig’ib boriladi. Ayrim maktablarda har bir o’quvchining o’zi haqida biror esdalik qoldirishi xatto an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat texnik texnologikgagina emas, balki qishloq, xo’jaligiga va maishiy xizmatga oid bo’lishi ham mumkin. Kurgazma tugarak a’zolari uchun muhim stimul, sinfdan tashqari ishda qatnashishga targ’ib qilishning samarali vositasi hisoblanadi. Ko’pincha, yaxshi kurgazmalar butun maktabning iftixori bo’ladi, Kurgazma qoshida ekskursovodlar guruhi tashkil qilinib, ular mehmonlarga xizmat ko’rsatadi, quyi sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Kurgazmalarda tugaraklar ko’pi o’tkazilib, bunda har bir tugarak o’zining ish natijalarini jamoat hukmiga havola qiladi.
O’quvchilarni ishlab chiqarish brigadalarida siesiy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishga va sport ishiga katta ahamiyat beriladi. Bunga o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarishi katta imkoniyat yaratadi. O’quvchilar brigadasining umumiy majlisi quyidagi eng muhim masalalarni hal etadi: ishning o’quv-ishlab chiqarish rejasi muhokama qiladi va uni bajarish yo’llarini belgilaydi: zvenolarning va umuman brigadaning o’zaro musobaqasi shartlarini tasdiqlaydi; brigada a’zolarining intizomi va turmushiga oid, ijtimoiy mulkni muxofaza qilishga oid masalalarni ko’rib chiqadi va brigada a’zoligiga kaqul qilish, brigada a’zolarini rag’batlantirish hamda jazolash tugrisidagi masalani hal etadi; ishlab topilgan mablag’dan brigadaning ijtimoiy fondiga qancha mablag’ ajratish kerakligini belgilaydi; bir yillik ish yakunlarini chiqaradi.
|
| |