Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish degani.  Yaxlitlilik




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish degani. 
Yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira 
olmaslik haqida dalolat beradi. 
Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali jo‘natiladi (chizmada 
punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm 
simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluqlidir. 
Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda 
quyidagicha tasvirlash mumkin: Bu holda himoyalangan kanal bo‘yicha ochiq 
kalit jo‘natilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi. 
Yovuz niyatli shaxslar o‘z maqsadlariga erisha olmasa va 
kriptotahlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u 
holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi. 
Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu 
kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga 
ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi, 
shu bois ham faqatgana kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab 
qilinadi. 


458 
 
Kompyuter ma’lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalari 
Ushbu vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
Kompyuter ma’lumotlarini himoyalash apparatli-dasturiy vositalari. 
Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi. 
Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma’lumot bo‘yicha uning shaxsini 
tekshirish, haqiqiyligini aniqlash va shundan so‘ng unga tizim bilan ishlashga 
ruxsat berish lozimligini belgilab beradi. 
Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash 
muammosi mavjud bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud: 
foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan maxfiy axborot, masalan, parol, maxfiy 
kalit va boshqalar; 
shaxsning fiziologik parametrlari, masalan, barmoq izlari, ko‘zning tasviri 
va 
boshqalar. 
Birinchisi 
an’anaviy, 
ikkinchisi 
esa 
biometrik 
identifikatsiyalash tizimi, deyiladi. 
Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi 
V. Тayanch axborotlarni boshqarish vositalari 
II. Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi 
Vositalar: 
I. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va 
autentifikatsiyalash tizimi 
III. Тarmoq bo`yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash 
IV. Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash 


459 
diskdagi ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantiqiy va jismoniy bosqichlar 
ajratiladi. Mantiqiy bosqichda fayl asosiy obyekt sifatida bo‘lib, faqatgina ba’zi 
bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol qilib, arxivator dasturlarini keltirish 
mumkin. Jismoniy bosqichda disk to‘laligicha himoyalanadi. Bunga misol 
sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish 
mumkin. 
Тarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi. Ushbu 
tizimda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin: 
kanal bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan barcha 
ma’lumotlarni shifrlash; 
abonentlar bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan 
ma’lumotlarning faqatgina mazmuniy qismi shifrlanib, qolgan xizmatchi 
ma’lumotlarni ochiq qoldirish. 
Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizimda tarmoq 
bo‘yicha bajariladigan elektron ma’lumotlar almashuvida hujjatni va uning 
muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo bo‘ladi. 
Тayanch axborotlarni boshqarish vositalari. Ushbu tizimda tayanch 
axborotlar sifatida kompyuter tizimi va tarmog‘ida qo‘llaniladigan barcha 
kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va 
taqsimlash kabi boshqaruv funksiyalarini ajratishadi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish degani.  Yaxlitlilik

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish