STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni




Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana22.03.2023
Hajmi233.03 Kb.
#46175
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU
5.ТАЪЛИМНИ МОЛИЯЛАШ, 1-Mustaqil ish AX, 9– MAVZU , 01. Ёшлар қонунлиги, Mavzu So’zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilis, 1685041037, Suvonov Javohir1, Tavsifnoma, Tavsifnoma, Ameliyat (eng ohirgisi), Nutq texnikasi va madaniyati
STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga yordam beradi 
Muammolarni keng qamrovli tushunish 
Ijodiy fikrlash 
Muhandislik yondashuv 
Tanqidiy fikrlash 
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash 
Dizayn asoslarini tushunish 
Amaliyot Shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar kimyo fanini o‘rgana boshlaganlarida 
darsda o‘rgatiladigan dastlabki mavzularga qiziqish ko‘rsatadilar, o‘qituvchining 
savollarini muhokama qilishda faol ishtirok etishadi va kimyoviy tajribalar 
o‘tkazishdan mamnun bo‘lishadi. Biroq, oz fursatdan keyin kimyoga hali ham 
ishtiyoqli bo‘lgan 1-2 gina o‘quvchi qoladi. Kimyoga qiziqishning dastlabki 
pasayishi o‘quvchilar “Asosiy kimyoviy tushunchalar” mavzusini o‘rganishdan 
boshlanadi. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchi modda formulasi, valentlik 
tushunchalarini bilishi, koeffitsient qo‘yish kabi malakalarga ega bo‘lishi talab 
etiladi.
O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi o‘quvchilar orasida qiziqishning 
pasayishiga olib keladi. Pedagogikada muammoli vaziyatlarni modellashtirish 
yangilik emas. Bu usul dastlab Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. Muammoli 
vaziyat, odatda, shaxsga ma’lum bo‘lgan vositalar yoki usullar orqali erisha 
olmaydigan intellektual qiyinchilik deb talqin etiladi. Kutilmagan qiyinchilik 
mustaqil qidiruv ishlarini olib borishga undaydi Umumiy holda, muammoga 
asoslangan ta’lim nostandart harakatlarni, “bilimlarni o‘zlashtirishning reproduktiv 
darajasidan ijodiy qidiruv ishlariga o‘tish” ni taqazo etadi. 
Misol uchun, kraxmalning gidrolizlanishiga oid vazifani shakllantirish 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: xom olma sharbati yod bilan reaktsiyaga kirishadi. 


Pishgan olma sharbati kumush oksidining ammiakli eritmasini qaytaradi. Ushbu 
hodisalarni qanday izohlash mumkin? 
Yoki: mayning oxiri. Bu kun issiq. Kimyo laboratoriya xonasining derazasi ochiq.
Laboratoriya stolida alyuminiy xlorid va kaliy gidroksid eritmai sklyankalar mavjud.
To‘satdan yomon yopishtirilgan yorliqlar yelvizak sababli ko‘chib polga tushdi.
Laboratoriya xonasiga to‘garakda qatnaydigan o‘quvchi kiradi. Yorliqlarni olib
tartibni tiklashga qaror qiladi. Qaysi yorliq qaysi moddaniki ekanligini bilish uchun 
o‘quvchi boshqa reaktivlarni ishlatmasdan Shu ikkita modda bilan tajriba o‘tkazdi. 
O‘quvchi qanday tajriba o‘tkazdi va u nimani ko‘rdi?
O‘zaro hamkorlikning motivatsiyasi vazifa matnida belgilanadi. Masalan, ozon 
teshiklari muammosiga oid bir qator qarorlarni ishlab chiqish o‘quvchilarning faol 
muhokamasiga olib keladi:
Avtobusdagi suhbatdan: yozda yomg‘ir raketaning kosmosga uchishi natijasida 
atmosfera shikastlanishi sababli ozon qavati teshilib yog‘adi 
Ilmiy ommabop jurnalidan: Atmosferaning yuqori qatlamlarining uzoq muddatli 
kuzatuvlari mavsumda ozon teshiklari va ularning maydonlarining soniga 
bog‘liqligini ko‘rsatadi: qish oxirida ozon teshiklari ko‘proq va yoz oxirida ancha 
kamroq bo‘ladi. 
Parfyumer do‘koni sotuvchisi: Bu yerda aerozolь qadoqli lakni sinab ko‘rmang, 
nafas olishga havo yo‘q, do‘kon emas, naqd ozon teshigi bu.
O‘quvchi uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish qiyin deb o‘ylagan mavzuni, 
fanni o‘zlashtirib o‘zini g‘olib deb his qilish imkoniyatini yuzaga keltiradi, bu esa 
o‘rganish va bilimga qiziqishni saqlab qolish uchun zaruriy komponent hisoblanadi. 
Muvaffaqiyat o‘quvchini ushbu fanni o‘rganishga undaydi. Bundan tashqari, bu 
muvaffaqiyat ko‘pchilikning kelajakdagi kasbini belgilashda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega.

Download 233.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni

Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish