A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.03.2023
Hajmi233.03 Kb.
#46175
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU
5.ТАЪЛИМНИ МОЛИЯЛАШ, 1-Mustaqil ish AX, 9– MAVZU , 01. Ёшлар қонунлиги, Mavzu So’zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilis, 1685041037, Suvonov Javohir1, Tavsifnoma, Tavsifnoma, Ameliyat (eng ohirgisi), Nutq texnikasi va madaniyati
STEAM yondashuvi 
STEAM metodikasida o‘quvchilarni ijobiy baholash yo‘lga qo‘yilgan. 
Chunki, ijobiy baho o‘quvchini fani o‘rganishga ilhomlantiradi, rag‘batlantiradi. 
O‘quvchi bilan o‘qituvchi, o‘quvchining ota-onasi bilan qayta aloqani o‘rnatish 
uchun eng samarali yo‘l hisoblanadi.


STEAM asosida dars o‘rganish amaliy ekanligi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bunday 
ta’limda asosiy maqsad o‘rganish, tajriba va chuqur tushunchalarga ega bo‘lish 
hisoblanadi.
Biroq, ushbu maqsadlarni aniq tarzda qo‘ya olish kerak. STEAM loyihalari va 
topshiriqlarini raqamlar yoki harflar bilan baholash muammoga aylanishi mumkin. 
Qanday qilib siz o‘quvchi tomonidan plastik butilkadan yasalgan raketa dizaynini 
baholaysiz? Qo‘yilgan baho ixtironi muvaffaqiyatsizlikka uchratishi mumkinligini
o‘ylab ko‘rganmisiz? Yoki bolalar tomonidan yaratilgan kompьyuter kodlariga 
necha baho qo‘yasiz?
Ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish orqali o‘quvchilarning ish natijalarini baholash 
o‘zgarib turadi. Har bir loyiha va topshiriq turli xil bo‘ladi, Shuning uchun baholash 
mezonlari va usullari yangilanib turadi.
Quyida umumiy qoidalar va tavsiyalar bilan tanishib chiqing: 
Standartlarni o‘rganing va uning asosida o‘qitish maqsadlarini aniqlang.
Qaerda o‘qitishingizdan, qaysi tizimda ishlashingizdan qat’iy nazar birinchi qadam 
qaysi standart asosida qanday topshiriqlar orqali amalga oshirish va qanday 
natijalarga erishish mumkinligini rejalashtirishingiz kerak.
Keyingi qadam o‘quvchilar uchun o‘quv maqsadalarini qo‘yishdir. Mashg‘ulot 
yakunida o‘quvchi qanday natijalarga erishishini inobatga olish darkor.
Jarayon: g‘oya yaratish 
G‘oyalar o‘quvchilarga mavzularni o‘rganishni osonlashtiradi. Bunda g‘oyalardan 
o‘quv loyihalari ishlab chiqish o‘quvchilarning ijodkorligini, qiziqishlarini 
rivojlantiradi. STEAM loyihalari o‘quvchilarni hamkorlikka, yangilik yaratishga 
undaydi.
Jarayon: test tuzish 
Testlar bilimlarni nazorat qilish uchun eng qulay tipik usuldir. Ochiq turdagi qisqa 
javobli testlar qulay bo‘lib, mavzuni o‘rganish uchun matn, amaliy tajriba asos qilib 
olinadi. STEAM test topshiriqlari o‘quv maqsadlari o‘quv ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirganligini o‘rganish uchun mezondir.
Jarayon : nazorat va minuslar 
Testlarga qo‘yilgan baho bilish bilishni belgilovchi ko‘rsatkich emas.
STEAM tizimida ishtirok etish barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va bu qanday 
baholanishi hech qachon to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ushbu loyihalardan kelib 
chiquvchi ma’lumotlar sinchkovlik bilan kitob o‘qish talabidan ancha ustun turadi.
Baho o‘zi nima uchun kerak? 
O‘qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o‘quvchilar tomonidan qanday 
o‘zlashtirish darajasini bilish uchun. 
O‘quvchi uchun: o‘qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bili 
uchun.


O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali 
standart bitta usul orqali baholashi o‘quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning 
uchun nostandart usullar, ya’ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya 
etiladi. Yana bir usul bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi. Bunda berilgan 
nostandart topshiriqni o‘quvchi qanday bajarganligiga o‘zi adolatli baho qo‘yishi 
kerak bo‘ladi, bu uning o‘z mehnatini baholashiva o‘z ustida ishlashiga poydevor 
bo‘ladi.
Baho ta’lim jarayonida aniqlangan bo‘shliqlarni aniqlash va ularning ustida ishlash 
imkonini beradi. 

Download 233.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

Download 233.03 Kb.
Pdf ko'rish