1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
34
1-ILOVA.
MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha
tavsiyalar
Ta’lim dasturi
(quyida – Dastur) – MTT davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil
etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u davlat
talablariga asosan kutilayotgan natijalarga erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida pedagoglar davlat talablariga muvofiq muayyan yosh
guruhidagi bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishning eng maqbul va samarali shakl,
metod hamda yo‘llarini belgilaydi.
Dastur majburiy qism hamda ta’lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan
qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy
hisoblanadi.
Dasturning
majburiy qismi
barcha beshta rivojlanish sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-
hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi.
Dastur bolalarning o‘ziga xos sharoitlari, ta’lim ehtiyojlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan
holda, pedagog davlat talablari asosida ta'limning individual pedagogik modelini qanday yaratishini
ko‘rsatishi kerak.
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: