• Sovitish suyuqliklari.
  • Yurgizib yuborish suyuqliklari




    Download 0,84 Mb.
    bet13/52
    Sana29.03.2017
    Hajmi0,84 Mb.
    #2613
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52

    Yurgizib yuborish suyuqliklari

    Atrof- harorati past bo’lganda yonuvchi aralashmaning sekin o’t olishi sababli karbyuratorli dvigatellar va dizellarni yurgizib yuborish qiyinlashadi.

    Sovuq dvigatelni yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun yurgizib yuborish suyuqliklaridan foydalaniladi. Bu suyuqliklarga muayyan èkspluatatsion talablar qo’yiladi:

    -ular past haroratda yaxshi bug’lanishi hamda uchkun ta’siridan tez o’t olishi yoki siqish natijasida o’z-o’zidan alangalanishi lozim. Yurgizib yuborish suyuqligi 20 va 50 ml sig’imli alyuminiy ampulalarda bo’ladi. Suyuqliklar dvigatelga kiritish uchun yurgizib yuborish moslamalari bo’lib, ular dvigatelga o’rnatiladi. Nasos orqali havo bosimi ostida ampula teshiladi, havo bilan birgalikda to’zitilgan suyuqlik jiklyorlariga beriladi. Dizelli dvigatellar uchun "Xolod D-40", karbyuratorli dvigatellar uchun "Artika" suyuqligi ishlatiladi.



    10-MAVZU: SOVITISH SUYUQLIKLARI
    O’quv rejasi:

    1. Vazifasi va turlari

    7. Antfriz markalari

    8. Antifriz afzallik va kamchiliklari

    Sovitish suyuqliklari.


    Ichki yonuv dvigatellari havo yoki suyuqlik bilan sovitiladi. Dvigatel ishlayotganda sovituvchi suyuqlik harorati 85-900C ga, ba’zan 105-1100C ga etadi. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo’yiladi:

    - qaynash harorati sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15-200C yuqori bo’lishi kerak;

    - qotish harorati havoning haroratidan 5-100C past bo’lishi kerak;

    - metall detallarni korroziyalamasligi kerak;

    - suyuqliklar arzon, etarli, yong’in chiqish jihatidan xavfsiz bo’lishi kerak.

    Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. Suv issiqlikni yaxshi o’tkazadi, issiqlik sig’imi katta, qovushqoqligi past bo’lib, ishlatishga qulay.

    Suvning umumiy qattiqligi deganda undagi kaltsiy va magniy tuzlarining umumiy miqdori tushuniladi.

    Magniy (Magnesium), Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat.
    Suv qaynaganda kaltsiy va magniy tuzlari cho’kmasdan, eritmada qoladi. Agar suvdagi tuzlar 3,0 mG-ekvivalentlardan oshmasa, bu suv yumshoq hisoblanadi. Tarkibida 6,0mG-ekvivalentdan ortiq tuzlar bo’lgan suv qattiq hisoblanadi. Qattiq suvni yumshoq suvdan unda sovun ko’pirtirib aniqlash mumkin.

    Suvni yumshatishning eng oddiy usuli, uni 15-20 minut davomida qaynatishdir.

    1l suvni tarkibida 20,04 mG kaltsiy va 12,16 magniy tuzlari bo’lsa bu suvning qattiqligi 1 mG ekvivalentga teng deyiladi.

    Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar kiradi. Bu suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan (muzlaydi) hosil bo’ladi.

    Etilenglikol - ikki atomli spirt CH2ON-CH2ON bo’lib, rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda yaxshi aralashadi va neft maxsulotlarida erimaydi.

    Suv 00C da, etilenglikol - 11,50C da muzlaydi.

    33,3% suv va 66,7% etilenglikoldan iborat aralashmaning qotish harorati -700C ga teng.


    Eritmadagi etilenglikolmiqdori, %

    16-rasm. Etilenglikol va suvning muzlash harorati.



    Antifriz markalari:

    A-40 och sariq rangda bo’lib, tarkibi: 53-55% etilenglikol, qolgan suv –350C gacha bulgan haroratda ishlatiladi, muzlash harorati –400C.

    A-65- to’q sariq rangda bo’lib, tarkibi: 66% etilenglikol, 33% suv. U sovuq shimoliy rayonlarda ishlatiladi.

    Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab chiqarilmoqda. M-molibdenli natriy qo’shilmalari qo’shilgan.

    Hozirgi vaqtda ishlatiladigan antifrizlar, «TOSOL» larga korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga qarshi dinatriy fosfat –2.5-3.5 g/l va dekstrin (kraxmal) 1g/l shuningdek, ko’piklanishga qarshi prisadkalar qo’shiladi.

    Dinatriyfosfat- cho’yan va po’latni, ba’zida misli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi.

    Dekstrin-alyuminiy va misli detallarni korroziyadan saqlaydi.

    Dekstrin antifriz tarkibida to’liq erimaydi, shuning uchun ba’zida antifrizlar xira bo’ladi.

    Antifrizlar qimmat bo’lganligi uchun ularni tejab sarflanadi. Antifrizga neft maxsulotlari tushishi natijasida ko’piklanish hosil bo’ladi. Buning natijasida antifriz ko’piklari olib tashlansa, sarfi ko’payadi. Antifrizlar yuqori haroratda hajmi suvga nisbatan tez ortadi. Shuning uchun antifriz qo’shilayotganda, 6-8% kamroq qo’shish kerak.

    Shuningdek, TOSOL-40M antifrizlari ishlab chiqariladi. Bu erda «M» – Molibdenli natriy(8%) prisadkasi qo’shilganini bildiradi.

    TOSOL-60M – bu antifrizlar rux va xromli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi.

    TOSOL-A – antifriz tarkibida kontsentrlangan etilenglikol bo’lib, uni ishlatishdan oldin 1:1 nisbatda distrlanga suv aralashtirib, so’ngra ishlatiladi. Bu antifrizlar –350S da muzlaydi.

    Antifrizlar zichligi: TOSOL-A -1.12 –1.14 g/sm3

    TOSOL-A-40 -1.075-1.085 g/sm3

    TOSOL-A-65 -1.085-1.095 g/sm3

    Afzalliklar: qotish harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushqoqligi yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig’imi va o’tkazuvchanligi yuqori, muzlaganda hajmi kattalashmaydi, shuning uchun sovitish sistemasini ishdan chiqarmaydi.

    Etilenglikol suvdagi eritmalari metallarni korroziyalamaydi. Buning oldini olish uchun antifrizlarga 0,4% maxsus prisadkalar qo’shiladi.



    Kamchiligi: zaxarli, metallarni korroziyalovchi xossaga ega, qalay va alyuminiyga nisbatan korroziyaga aktivdir.
    11-MAVZU: TORMOZ VA AMARTIZATOR SUYUQLIKLARI

    O’quv rejasi:

    1. Tormoz suyuqliklari

    2. Amartizator suyuqliklari

    3. Avtomobillarning ko`tarish mеxanizmlari uchun suyuqliklar
    Transport vositalarining ko’tarish mexanizmlarida, tormoz tizmlarida gidravlik sistemalardan foydalaniladi. Gidravlik sistemalar quvvatni uzatish va agregat va mexanizmlarining harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Ular traktor va kombaynlarga o’rnatilgan gidroko’targichlarda ishlatiladi. Masalan, o’zi og’darar avtomobillar, buldozer, èkskavatorlar gidravlik uzatmalar bilan ta’minlangan.

    Ish suyuqligi sifatida moylar ishlatiladi. Bu suyuqlik kuchlarning ravon, silkinishsiz(turtkisiz, zarbsiz) uzatish imkonini beradi.

    Moylarning gidravlik sistemalarda ishlash sharoiti sharoiti juda og’ir: bu erda haroratlar farqi juda katta bo’lib, ish harorati 60-800C ga etadi. Qishda ham harorat - 300 - 400C ga tushib ketadi. Bosim èsa 10MPa ga etadi. Katta bosim va yuqori ish haroratida moylar oksidlanadi. Gidrosistema ishonchli va uzoq ishlashi uchun moylarga qo’yidagi talablar qo’yiladi:

    1. Avvalo ularning qotish harorati past bo’lishi kerak.

    2. Tizimda bug’ tisinlari hosil bo’lmasligi uchun moyning qovushqoqligi bug’lanish harorati ish rejimlari haroratidan 20-30 0C yuqori bo’lishi kerak.

    Gidrosistemalar uchun motor moylarining "V" guruxidan ma’lum darajada foydalaniladi. MGE-10A markali yagona gidravlik moy ham ishlatiladi. U -600C dan 900C gacha harorat oraligida ishlatiladi. VMGZ moyi -500C dan 900C gacha ishlatiladi, 500C dagi qovushqoqligi 10 santiStoksga teng.



    Tormoz suyuqliklari.
    Yuk va engil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi.

    Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga qo’yidagi èkspluatatsion talablar qo’yiladi:

    1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati etarlicha yuqori bo’lishi kerak, aks holda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz ŝilindrlarining harorati 190-200 0S gacha etishi mumkin.

    2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, ya’ni -40 0S va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho’kindi hosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi -400Sda tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada bo’lmasligi kerak.

    3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast etkazmasligi, shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi qismlarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.

    Bunga GTJ-22, GTJ-22M suyuqliklari ètilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va yashil rang bo’yovchi moddalar qo’shib erishiladi. Ular past haroratdagi xossalarining yaxshiligi, kam bug’lanishi, -600C haroratdagi ish qobiliyatini saqlab turishi bilan boshqa suyuqliklardan farq qiladi. Tormoz tizimiga suv tushganda bu suyuqliklar qatlamlanmaydi, chunki glikollar suv bilan yaxshi aralashadi. Ularning kuchli zaxarliligi asosiy kamchiligidir.

    GTJ-22, GTJ-22M gidrotormoz suyuqliklari keng ishlatiladi. Bu suyuqliklar ètilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va engil yoki engil jigarrang qo’shib tayyorlanadi.

    Jiguli, Moskvich, Volga engil avtomobillarning gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatiladi. Rangi och sariq. Qotish harorati -600C ga, qaynash harorati 1900C ga teng.

    Èkspluatatsion xossalari GTJ-22, GTJ-22M dan yuqoriroq. Undan yuk avtomobillari tormozlarining yuritmalarida ham foydalanish mumkin.

    BSK suyuqligi 50% moy va 50% butil spirti, kanakunjut moyi va izobutil spirtidan teng miqdorda tayyorlanadi. Unga qizil bo’yovchi modda qo’shiladi. Uni yuk va engil avtomobillarning(Jigulidan boshqa) tormoz gidroyuritmalarida ishlatiladi. 1180C da qaynay boshlaydi, 200C da kanakunjut moyi kristallana boshlaydi, shuning uchun BSK shu haroratgacha ishlashi mumkin. Texnik xizmat qoidalariga asosan suyuqlik almashtirilib turadi.

    Kanakunjut asosidagi suyuqlik kanakunjut moyini turli spirtlar bilan aralashtirib tayyorlanadi:

    qizil suyuqlik BSK: 50% moy 50% butil spirti asosida tayyorlanadi;

    sariq suyuqlik ÈSK: 60% moy 40% ètil spirti asosida tayyorlanadi;

    Bu suyuqliklar -250C dan 700C gacha optimal qovushqoqlikga ega. EKS suyuqligi 780C da u qaynaydi. Shuning uchun xozirgi vaqtda EKS ishlab chiqarilmaydi.

    BSK suyuqlikligi: butil spirti bilan tozalangan kanakunjut moyining aralashmasidan(1:1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi yaxshi moylash xususiyatlariga èga. Minus 200C haroratgacha ishga layoqatli. Ancha past haroratlarda xam tormoz tizimlarining ishga layoqatligini saqlash uchun suyuqlikka ètil yoki butil spirti (1:1 nisbatda) qo’shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori ( 1150C) bo’lmaganligidan BSK suyuqligini disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo’lmaydi. Suv qo’shganda qatlamlanadi. "Neva" va GTJ-22M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong’in jixatdan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo’shilgan).

    Engil avtomobilllarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatilishi mumkin. Masalan, Jiguli, Moskvich, Volga engil avtomobillarrida gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatiladi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sun’iy kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan iborat. Uni plyus 50 dan minus 500C gacha bo’lgan harorat intervalida ishlatish mumkin. 1900Cda qaynaydi, qotish harorat -600C. Zaxarli va yong’in jihatidan xavfli. Issiq suvda èriydi. Och sariq rang berilgan. Asosan disk tormozli engil avtomobillarda (VAZ,"Moskvich", GAZ-3102 "Volga") ishlatiladi. "Chayka", ZIL-114,-4104 kabi katta va juda yuqori klassli engil avtomobillardan tashqari, bu avtomobillar uchun maxsus tormoz suyuqliklari ishlatiladi. Baraban tormozli ZAZ-968 "Zaporojets"; IJ (barcha modellari); "Moskvich"-2136, -2137, -2138, -2140, -2733, -2734 engil avtomobillarida; "Ural"; KrAZ-260 (ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); GAZ-52-04, -53A, -53-12 yuk avtomobillarida KAVZ, PAZ-672 avtobuslarida ishlatish tavsiya ètiladi.

    Glikolli suyuqliklar asosida ishlab chiqarilgan suyuqliklar suvga chidamsiz. Ular suvni hatto germetik joylardan ham so’rib oladilar. Shuning uchun vaqt o’tishi bilan ularning qaynash harorati pasayadi. (130-150 gacha etadi). Hozirgi vaqtda qaynash harorati 2050C bo’lgan "Tom" va 2600C bo’lgan "Rosa" tormoz suyuqligi ishlab chiqarilmoqda.

    Neftdan olingan GTN markali gidrotormoz suyuqligining harorat xossalari yaxshi: qotish harorati -630C, 500C dagi qovushqoqligi 10 sSg ga teng. Bu suyuqlik zichlama va shlanglari moy-benzinga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalar uchungina tavsiya ètiladi.

    Har qanday tormoz suyuqligiga yonilg’i va moy aralashishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki neft maxsulotlari rezina detallarini emiradi, oqibatda tormoz tizimi ishlamay qoladi.

    Amortizator suyuqliklari.
    Amortizator suyuqligi sifatida AJ-12T suyuqligi ishlatiladi. Bu suyuqlik qovushqoqligi past mineral moyga kremniy organik birikmalar, shuningdek emirilishga va oksidlanishga qarshi prisadkalar qo’shib tayyorlanadi. AJ-12T suyuqligi zichlash detallari moyga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalarda ishlatiladi. U -50 dan 600C harorat diapazonida amortizatorlarning normal ishlashini ta’minlaydi.

    MGP-10 moyi avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida barcha mavsumlarda ishlatish uchun mo’ljallangan bo’lib, hayvonot yog’lari, oksidlanishga va ko’piklanishga qarshi prisadkalar aralashmasidan iborat. Agar ishlab chiqarishda maxsus amortizator suyuqliklari bo’lmasa, ularni teng miqdorda olingan transformator va turbina moylarini aralashtirib tayyorlash mumkin.


    12-MAVZU: NEFT MAXSULOTLARI SARFINI KAMAYTIRISH VA TEJASH YO’LLARI
    O’quv rejasi:


    1. Yonilg`i sarfiga ta'sir etuvchi asosiy omillar

    2. Yonilg`i sarfining yo`l normalari

    3. Moy sarflash normalari

    4. Yonilg`i moylash matеriallarini ishlatishda tеxnika xavfsizligiga rioya qilish




    Download 0,84 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




    Download 0,84 Mb.