• AB BS—BS.AS
  • Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari




    Download 6,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/60
    Sana04.12.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #110757
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
    Bog'liq
    Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)

    Arxitektonika — aslida m e’m or-binokorlik san’atini bildirgan. Hozirgi 
    vaqtda k o ‘proq bino konstruktiv tuzilishi bilan uzviy bog‘liq shakliy va 
    badiiy vositalar majmui (tartibi) nazarda tutiladi.
    Proporsiya — nisbat, mutanosiblik. Arxitekturada o ‘zaro bogMiq shakliy 
    qismlar o ‘lchamlarining monand nisbatda bogManishi; m e’moriy mujas- 
    sam topgan qismlaming xushro‘y ko‘rinishi. Matematikada ko‘proq ikki 
    nisbat tengligi a:b=s:d nazarda tutiladi.
    Oltin nisbat, oltin kesim (ruscha - золотое сечение) * arxitekturada 
    noyob nisbatlash tizimi: bino tarkibidagi qismlar o ‘zaro ko‘rkam nisbatda 
    bo‘lishi uchun qadimgi arxitekturada uzunlikni shunday uzun-qisqa ikki 
    bo'lakka ajratilgan, natijada AB BS—BS.ASga teng boMadi (a:b=b:s), ya’ni 
    tashqi hadlar ko‘paytmasi ichki hadlar ko‘paytmasiga baravar (as^b2).
    O ltin nisbat zam onaviy texnikada, xususan, poligrafiyada keng 
    qoMlaniladi. Arxitektorlar ishlatadigan vatman qog‘ozi ham oltin nisbatda 
    belgilangan. Oltin nisbat ajoyib xossalarga ega:
    ф=(>/5+1):2=!,618...; 1/<|>=(V5-1):2=0,618...; ф2=(^5+3):2=2,618... va 
    h.k. Yoki yana boshqa xossasi: ф(ф-1)=1; ф2-ф— 1; ф-1 :ф= 1; 1:ф2+1:ф=1.
    M atem atikada shunga o ‘xshash ajoyib xususiyat va xossalarga ega nisbat 
    topilmaydi. Shuning uchun ham qadimgi zamonlardayoq m e’morlar “ol­
    tin nisbat” imkoniyatlaridan badiiy ijodda foydalanganlar (1; 0,618; 0,382;
    0,236; 0,146; 0,090; 0,056 va h.k.).
    M e’morlikning ilk rivojlanish davridan boshlab qurilish maydonchasi- 
    da m o‘ljaldagi binoning tarhi - shaklini yasash uchun, asosan, oddiy reja 
    ipidan foydalanilgan. Reja tori va qoziqlar yordamida tekis yer sathiga juda 
    murakkab shakllar tushirish mumkin. Bu ikki yordamchi ashyo-asbob xuddi 
    me’m or q o ‘lidagi pargor va chizg‘ich vazifasini o ‘tagan. Demak, qadimgi 
    m e’moriy obidalarning shakliy tuzilishi xususiyatlarini va o ‘zaro mutanosib 
    uyg‘unligi tartibini ham oddiy pargor va chizg‘ich imkoniyatlaridan kelti- 
    rib chiqarish mumkin.
    M a’lum bo ‘lishicha, bino shakllarining muntazamligini va mutanosib- 
    ligini m onand belgilashda eng qulay usul - «dinamik kvadrat^lar deb atal- 
    gan o ‘zaro bog‘liq kvadratlar asosida tortiladigan chiziqlar to ‘ri hal etuv- 
    chi aham iyat kasb etar ekan. Ushbu to ‘rdan foydalanib, uning ustiga
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    moljaldagi binoning tarhi chizilarkan. Shu tarh 
    0
    ‘lchamlariga bog‘liq ravishda 
    yana to‘r ustidan binoning fasad - tarz chizmalari ham tushirilar ekan. Shunday 
    usul asosida qadimgi Misr, Yunonistondan to Movarounnahrgacha bo‘Igan 
    m e’moriy yodgorliklaming shaklu-shamoiylini tahlil etsa bo‘larkan.
    U lgitarh to ‘g ‘risidagi m a’Iu m o tla r nihoyatda m u h im d ir. A B =1; 
    A)BJ=V2; A2B2= 1/2 va h.k. q ato m i olsak, undan ko‘rinib turibdiki, 
    ratsional son (I; 1/2; 1/4; 1/8) bilan irratsional son (V2; V2/2; V2/4; V2/ 
    8) almashib keladi. Shu asosda qurilgan bino faqat ratsional m odul to ‘riga 
    tushishi mumkin emas.
    Misrdagi Xefren (Xafra) ehrom i (miloddan awalgi 27-asr) haqida 
    tadqiqotlar juda ko‘p bo‘lsa-da, lekin hozirgacha uning shakl tuzilishi qo- 
    nuniyati haqida aniq ma’Iumotlar topilmagan, taxminlar esa yagona xuiosaga 
    kelmagan. Ayniqsa, ehromning uchidagi burchagi, qirralar qiyaligi qan­
    day belgilangan? Inshoot ichkarisidagi xonalar o ‘lchami, yo ‘lakiar qiyali­
    gi qanday topilgan? Shu kabi savollarga faqat ulgitarh tizimi orqali ishonchli 
    javoblar topishga muyassarbo‘ldik. Xefren ehromi loyihasini chizishjarayoni 
    quyidagicha bo'lgan (9-rasmga qarang). M e’mor dastawal A BSD kvadrati- 
    ni chizgan. Bu ehrom yasashning tashqi tayanch nuqtalarini (A, B, S, D) 
    beradi. Ichkaridagi ikkinchi kvadrat A j B ^ D , esa ehromning plani - tarhini 
    tashkil etgan. Asosiy kvadrat ichidagi do i ran mg yettidan bir qismi orqali 
    o ‘tkazilgan MO chizig'i ehrom sathi qiyaligini belgilagan. Ehrom dagi yor- 
    damchi chiziqlar kesishishi natijasida burchaklar hosil bo‘lgan. Misrda 7 va 
    5 raqamlari “ muqaddas” hisoblangan. Shuning uchun ehrom lar tarhida 
    doirani 5 yoki 7 ga bo‘lish holati kuzatilgan.
    M ovarounnahr me’moriy m erosida ham ulgitarh keng qoMlanilgan. 
    Qadimgi m e’moriy qonuniyat ta ’siri bo'lgan namunalarni 0 ‘rta Osiyo 
    arxitekturasida miloddan awalgi XVII asrlardayoq (Sopolitepada) uchra- 
    tish mumkin. Qadimgi Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya va Farg‘ona tuproq- 
    larida saqlanib qolgan turli xil im orat va inshootlarda m e’m orlar a n ’anaviy 
    geometrik uyg‘unlashtirish -d in a m ik kvadratlar to‘ri bilan b o g liq usullar- 
    dan keng foydalanishgani oshkor boMmoqda.
    Samarqand va BuxorodaX-XVII asrlarda qurilgan nodir osor-atiqalar
    - Somoniylar maqbarasi, Masjidi K alon, Jo m e’ masjidi, G o ‘ri A m ir maj- 
    muyi, Ulug‘bek madrasasi, Shohizinda maqbaralari - bularning hammasi 
    geometrik tarkib va uyg‘unlik jihatidan o ‘sha qadimgi “ U lgitarh” usulidan 
    katta m ahorat bilan foydalanilganidan dalolat beradi.
    M e’moriy “ Ulgitarh” tizimini hozirgi arxitektura va san’at asarlari yara- 
    tishga keng tatbiq etish mumkin.
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 6,43 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




    Download 6,43 Mb.
    Pdf ko'rish