• Gipoidli asosiy uzatmada ye
  •  Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va




    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,26 Mb.
    #232616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    14-ma\'ruza (2)

    2. Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va 
    afzalliklari.
    Konnussimon asosiy uzatmaning
    ishlashidagi o’ziga
    xos
    xususiyatlari (1- rasm
    a,) val
    tayanchlariga o’zaro
    perpendikulyar bo’lgan uchta yuzada katta kuchlarni ta’sir
    eshidir. Bu kuchlar ta’sirida tishli g’ildiraklarning vallari o’qi
    bo’ylab siljishga intiladi. Bundan tashqari yetakchi tishli
    g’ildiraklarning tayanch podshipniklari valning bir tomonida
    joylashganligi, uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi
    kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamik
    kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kunussimon asosiy
    uzatmaning uzoq muddat ishlashi uchun tishlarning boshlang’ich
    konus uchlari (vershina)
    0
    nuqtada bo’lgan holda ularning
    ilashishi talab etilgan aniqlikda bulishi shart.


    Boshlangich
    konus
    uchlarining
    siljishi
    uzatmaning
    ishlash sharoitini tez yomonlashtirib yeyilishini tezlashtiradi va
    shovqinini oshiradi. Tishli g’ildiraklarning aniq ilashishini
    shuning bilan ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularning
    podshipniklari oldindan tig’izlab o’rnatiladi va karterining
    bikrligi oshiriladi. Bundan tashqari o’tuvchanligi yuqori bo’lgan
    yengil
    avtomobillarda
    shuningdek
    yuk
    avtomobillarida
    qo’llanilgan konussimon yoki gipoidli uzatmalarda, katta
    yuklanishda
    ishlaganda,
    ilashishining
    aniqligini
    saqlash
    maqsadida yetakchi tishli g’ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli
    g’ildirakka qo’shimcha tayanch
    Gipoidli asosiy uzatmada ye
    takchi va yetaklanuvchi tishli
    g’ildiraklarning o’qlari o’zaro kesishmay, bir-biriga nisbatan
    ma’lum masofaga (e) siljitilgan (1-rasm,b).lar ishlanadi.


    O’qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli
    uzatmaning orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa o’z navbatida
    avtomobilning og’irlik markazini pasaytirib, uning turg’unligini
    oshiradi. Bundan tashqari gipoidli uzatmada tishlarning spiral
    burchagi katta bo’lgani uchun, ularning uzunligi xam katta
    bo’lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlarning soni konussimon
    tishlarinikiga qaraganda ko’p bo’lib, ilashib turgan tishlarning
    har biriga to’g’ri keladigan yukni kamaytiradi. Uzatish soni va
    yetaklanuvchi tishli g’ildirak diametri bir xil bo’lgan, ikki xil
    uzatmalarni taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli
    g’ildirakning diametri konnussimon uzatmadagi yetakchi tishli
    g’ildiraknikiga qaraganda kattaroq ya’ni bikrligi yuqoriroq
    bo’ladi. Bo’larning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi
    xisoblanib, uning mustaxkamligini va uzoq muddat ishonchli
    shovqinsiz, ravon ishlashini ta’minlaydi.


    Uzatmaning kamchiliklari: g’ildirak tishlarining spiral
    burchagi katta bo’lganligi tufayli tish sirtlari o’zaro sirpanib
    ishlaydi, natijada ular nisbatan tez yoyiladi; yoyilishni oldini
    olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida mustaxkam moy
    qatlami xosil qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish
    kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g’ildiraklarini
    tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig’ishning aniqlik darajasi
    yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin
    shunga
    qaramay
    bu
    kamchiliklar
    gipoidli
    uzatmaning
    afzalliklariga xech qanday zarar yetkazmaydi.

    Download 2,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va

    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish