• 3. Asosiy uzatma konstruksiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni. Gipoidli asosiy uzatma.
  • Asosiy uzatma. Differensial va yarim o`qlar Reja




    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,26 Mb.
    #232616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    14-ma\'ruza (2)

    Chervyakli
    asosiy
    uzatmalar
    tishli
    g’ildirakli
    uzatmalardan o’zining ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan
    farqlanadi. Ammo bu uzatmaning f.i.k. konusli va gipoidli
    uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall
    (bronza)
    ishlatilganligi
    sababli
    avtomobillarda
    deyarli
    qo’llanilmaydi.


    3. Asosiy uzatma konstruksiyasi va tuzilishi va ishlashi 
    jarayoni.
    Gipoidli asosiy uzatma.
    Bunday uzatmalar, dvigateli oldida va
    yetakchi ko’prigi orqada joylashgan barcha yengil avtomobillarda,
    shuningdek ayrim yuk avtomobillarida (GAZ-53A) qo’llaniladi.
    Misol tariqasida Damas avtomobilining asosiy uzatmasini ko’ramiz
    (1- rasm, b). Uzatish soni 5,125 bo’lgan bunday uzatmada val bilan
    birga yasalgan yetakchi tishli g’ildirakning o’qi yetaklanuvchi
    g’ildirakning o’qiga nisbatan 31,75 mm pastrok siljitilgan. Yetakchi
    tishli g’ildirakning vali uzatma karterida ikkita konussimon rolikli
    podshipniklarda o’rnatilgan. Podshipniklarning oralig’iga keruvchi
    vtulka o’rnatilgan. Keruvchi vtulkaning o’ziga xos xususiyati bo’lib
    uzatmani yig’ish vaqtida podshipniklarni gayka bilan tortilganda,
    ma’lum elastiklik xususiyatiga ega bo’lgan keruvchi vtulka, o’rta
    qismida tashqi diametri tomon deformasiyalanadi.


    Buning natijasida podshipniklarning doimo ma’lum
    darajada tig’iz holda qisilib turishi ta’minlanadi va valni o’q
    bo’ylab siljishiga imkon bermaydi. Yetaklanuvchi tishli g’ildirak
    differensial qutisiga boltlar bilan biriktirilgan. Differensial qutisi
    esa ikkita konussimon rolikli podshipniklarda uzatma karteriga
    qopqoqlar yordamida boltlar bilan maxkamlangan. Bu rolikli
    podshipniklarning dastlabki tig’izligini gaykalar bilan rostlanadi.
    Yetakchi tishli g’ildirakning yetaklanuvchiga nisbatan to’g’ri
    turish holati rostlovchi halqa bilan bajariladi. Yig’ilgan asosiy
    uzatma karteri bilan birgalikda yetakchi ko’prikning karteriga
    o’rnatiladi va boltlar bilan qotiriladi.

    Download 2,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy uzatma. Differensial va yarim o`qlar Reja

    Download 2,26 Mb.
    Pdf ko'rish