Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

8.6.
 
Gidravlik rostlagichlar 
 
Gidravlik rostlagichlarda suvdan olinadigan energiya hisobiga suvni 
tarqatish jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me’yorlashni amalga oshirish 
mumkin. 
Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo‘llanuvchi 
zatvor avtomatlarning bir necha turi mavjud: “Neyrpik» tipidagi zatvor 
avtomatlar, to‘g‘ri harakatlanuvchi avtomatik zatvorlar va boshqalar. 
«Neyrpik» tipidagi avtomatik zatvorlar bir xil holatga o‘rnatilgan gidravlik 
zatvor-rostlagichlar bo‘lib, bu holda zatvorning holati rostlanuvchi sathga mos 
keluvchi nuqta atrofida bo‘ladi.
Bu zatvorlar yordamida 3 xil usulda sathni 
rostlash mumkin. 
«Neyrpik» tipidagi zatvor-avtomatlarning sxemasi 8.5 - rasmda 
ko‘rsatilgan. 
Yuqori b’ef bo‘yicha rostlashda bitta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, o‘rnatilgan 
sathda zatvor bir tarafdan qarama-qarshi, lekin bir biriga teng momentlar ta’sirida, 
ya’ni zatvorni og‘irligidan hosil bo‘luvchi moment va qarshi yuk momenti 
hisobiga ikkinchi tarafdan sath datchigiga ko‘rsatiluvchi gidrostatik bosim ta’sirida 
o‘z holatida, ya’ni balans holatida bo‘ladi. 


99 
Agar zatvor oldidagi sath ko‘tarilsa yoki pasaysa, tenglik yo‘qoladi va 
zatvor berilgan sath o‘z holiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan kattalikka ochiladi. 
Rostlash jarayonida turli tebranishlarni yo‘qotish maqsadida zatvorlar tarkibiga 
moyli amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b’ef bo‘yicha sathni stabellash zatvori xam shu tartibda 
harakatlanadi, lekin sath datchigi pastki b’ef tarafidan o‘rnatiladi. 
Aralash rostlovchi avtomat zatvor normal ish jarayonida pastki sath 
bo‘yicha rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b’ef bo‘yicha ko‘tarilib 
ketsa, yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko‘rib qolishi kuzatilsa avtomatik 
ravishda yuqori b’ef bo‘yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday zatvorlar mahsus 
kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega: ularning 
biri yuqori, ikkinchisi pastki b’ef bilan bog‘langan. Yuqori b’ef datchigi 
belgilangan sath yuqoriga ko‘tarilganda zatvorni ochadi, shuningdek sath minimal 
qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o‘zida pastki b’ef kamerasidagi datchik 
uning belgilangan sathini ushlab turadi. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish