102
9 – BOB. QISНLOQ XO‘JALIGI ISНLAB CНIQARISНINI
AVTOMATLASНTIRISН
9.1. Qishlok va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini
avtomatlashtirishning xususiyatlari
Qishloq va suv xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot
almashinuvi va jarayonlariga ega bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
Bu esa shu sohada qo‘llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish rejimlariga
mos tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtab
qolishi, mashina va mexanizmlarning ish rejimlarining
bir-biriga mos tushmay
qolishiga olib kelishi mumkin.
Qishloq va suv xo‘jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri ulardagi
texnika va qurilmalarning katta maydonlarda joylashgani va ta’mirlash bazasidan
uzoqligi, uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining
mavsumiyligi hisoblanadi. Jarayonlar har kuni ma’lum tsikl bo‘yicha qaytarilishiga
qaramay, mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak,
bu sohada qo‘llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib,
nisbatan arzon,
tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo‘lishi
kerak. Bunday sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi
lozim, chunki bunday jarayonni tabiatan to‘xtatib, uzib qo‘yib bo‘lmaydi.
Qishloq va suv xo‘jaligida tashqi tasodifiy ta’sirlar turli ko‘rinishlarda
o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Qishloq va suv xo‘jaligi avtomatikasidagi ko‘pgina
ob’ektlar texnologik maydoni yoki katta hajmda vaqt ko‘rsatgichlariga ega. Misol
103
uchun, nasos agregatlarida ob’ekt bo‘yicha kattaliklarni nazorat qilish va
boshqarish kerak bo‘ladi (suv sathi, bosim, ish unumdorligi, hajmi va h. k).
Bunday
ob’ektlar uchun avtomatlashtirish
tizimlarida birlamchi
o‘zgartirkichlar, ijrochi mexanizmlarning optimal miqdoriga ega bo‘lib,
boshqariluvchi ko‘rsatgichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli
ravishda saqlash katta ahamiyatga ega.
Qishloq va suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi qurilma va uskunalarning
ko‘pchiligiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘liq
holda ochiq havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o‘zgarishi,
turli aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda
sezilarli tebranishlarning
mavjudligi. Qishloq va suv xo‘jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi
talablardan kelib chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi ta’sirlarga chidamli,
parametrlarini keng diapazonda o‘zgaruvchi qilib ishlanishi zarur.
Bu esa loyihalashtirilayotgan ob’ektdagi texnik vositalarning ishdan
chiqishini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda ishlovchi
mashinalarda o‘rnatilgan birlamchi o‘zgartirkichlar,
ijrochi mexanizmlar, nazorat
asboblari va boshqa texnik vositalarga ta’sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish
vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muhitga chidamli bo‘lgan maxsus
shkaflarda o‘rnatish mumkin.