Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

8.4.
 
Proportsional-integral (izodrom) rostlagichlar 
 
PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga o‘xshash. U 
taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, quvvat kuchaytirgich IV, 
uzuvchi relelar V, VII va sig‘im VIII dan iborat (8.2- rasm). Bu rostlash bloki 
ikkita: proportsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga
datchikdan rostlanayotgan kattalikning pnevmatik signali R
n
va ikkilamchi 
asbobga o‘rnatilgan topshiriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan 
qiymati kelib, 0,2 ... 1 kg/sm

oraliqda bo‘ladi. Blokning proportsional qismi 
g‘alayonlanishdan so‘ng harakatga kelib, uning o‘zi esa summator I, III va 


96 
drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi 
summator VI va kuchaytirish koeffitsienti K=1 bo‘lgan birinchi darajali aperoidik 
zvenodan tuzilgan bo‘lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proportsional 
va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da qo‘shiladi. Buning uchun 
integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari 
kirishiga berilishi lozim. 
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsienti - K
r
, izodrom vaqti - T
i

o‘zaro bog‘liq emasligi blokning muxim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsienti 
(K
r
) drosselli summatordagi o‘zgaruvchi drosselning o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib 
o‘rnatiladi, drossellash diapozoni DD=3000... 5 chegarada o‘zgaradi, bu esa 
kuchaytirish koeffitsientining qiymati 0,03 ... 20 bo‘lishiga mos keladi. Izodrom 
vaqti T
i
aperiodik zveno tarkibiga kirgan o‘zgaruvchi drosselning 
o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib o‘rnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha 
bo‘lishi mumkin. PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi 
asboblar bilan birgalikda ishlaydi. 
Maxalliy 
topshiriq 
bergich 
PR3.22 
rostlagichi 
PR3.21 
dan 
asbob 
kirishiningtopshiriq liniyasida qo‘l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi. 
PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo‘lgan drossellash diapozonini 
o‘rnatish imkonini beruvchi qayta qo‘shgich bilan ta’minlangan. Qayta 
qo‘shgichning uchta qayd qilingan holati bor: 
I. DD=2 ... 50% . II. DD=50 ...200% . III. DD=200 ... 800% . 
T
i
=0,025 minutdan

gacha o‘zgaradi. PR3.29 rostlagichi PR3.26 dan maxalliy 
topshiriq bergichi borligi bilan farq qiladi. 
To‘g‘ri chiziqli statik tavsifnomali PR3.21 va PR3.32 rostlagichlarida 
drossellash diapozonini 2 ... 3000% gacha sozlash mumkin. 
PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini ushlab turish 
maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish 
uchun xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat zvenosi bo‘lib, unga doimiy drossel, 
rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1 
dan 5:1 gacha yoki 1:1 dan 10:1 gacha.PR3.24 va PR3.34 nisbat rostlagichlari 


97 
ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo‘yicha to‘g‘rilash bilan ushlab turish 
maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish 
uchun xizmat qiladi. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish