Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

Uzlukli 
ishlovchi
rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi 
rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Rostlanuvchi 
miqdorning o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish ( 
yoki 
ijro 
etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda 
tutilgan ish tavsifnomasiga ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), 
proportsional (statik), izodrom (proportsional-integral), proportsional-differitsial 
(oldindan ta’sir etuvchi statik), proportsional-integral-differintsial (oldindan ta’sir 
etuvchi izodrom) bo‘ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan 
chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va 
kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi 
miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini 
ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich 
yordamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo‘yicha avvaldan ma’lum bo‘lgan 
programma (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik 
reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda 


92 
rostlanuvchi miqdorning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichga 
bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarishiga mos bo‘ladi. 
Haroratni avtomatik rostlashning funktsional-strukturaviy sxemasi 8.1-
rasmda keltirilgan. Ishlash printsipi quyidagicha: Birlamchi o‘zgartirgich-O‘ 
(harorat datchigi) boshqarish ob’ektidagi (BO) haroratni o‘lchab boradi va signalni 
taqqoslash organiga (TO) uzatadi. Taqqoslash organi signalni (haroratni oldindan 
belgilangan qiymati bilan) solishtirib boradi. Agar chiqayotgan harorat belgilangan 
qiymatga mos kelsa, u holda signal kuchaytirgich organi (KO), ijrochi 
mexanizmlar (IM) va teskari aloqa (TA) orqali yana taqqoslash organiga (TO) 
uzatiladi. Agarda signal belgilangan qiymatga mos kelmasa, u holda signal 
kuchaytirgich organi va ijrochi mexanizmi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish 
ob’ektiga (BO) uzatiladi va unga kerakli topshiriqni beradi. Avtomatika rostlagichi 
(shtrix bilan belgilangan) bilan boshqarish ob’ekti (BO) Avtomatik boshqarish 
tizimini (ABT) tashkil etadi (8.1-rasm). 

Download 8,51 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish