93
Avtomatik rostlagich
8.1-rasm. Haroratni avtomatik rostlashning funktsional- strukturaviy
sxemasi:
BO-boshqarish ob’ekti, O‘-o‘zgartirgich (harorat datchigi), TO-taqqoslash va
topshirish organi, TA-teskari aloqa, KO-kuchaytirish organi,
IM-ijrochi mexanizm.
PR 2.5 proportsional rostlagich.
PR 2.5 rostlagich rostlanuvchi parametrni
berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda
ijro etuvchi mexanizmga
ta’sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mo‘ljallangan.
Asbob ikkilamchi
asbobning qo‘l bilan topshiriq bergichi yoki standart
pnevmatik signalli boshqa
qurilmadan masofadan turib topshiriq oluvchi rostlagichdan iborat (8.2-rasm).
Rostlagich ikkita taqqoslash elementlari 1va 3, drosselli summator 2, quvvat
kuchaytirgichi 4, o‘chiruvchi rele 5, qo‘l bilan topshiriq bergich 6 lardan iborat.
Topshiriq bergich va o‘lchov asbobolaridan kelgan R
t
va R
3
signallar taqqoslash
elementi 1 ning membranalariga ta’sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B)
va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan
muvozanatlashadi.
BO
IM
TA
O‘
KO
BP