• Nazorat-o‘lchov asboblari ko‘rinishi
  • Kaptiva avtomobilining nazorat-o‘lchov asboblari.
  • Nazorat-o‘lchov asboblari




    Download 206.62 Kb.
    bet11/14
    Sana05.06.2022
    Hajmi206.62 Kb.
    #22997
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Avtomobilning elektr jihozlari
    internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS

    Nazorat-o‘lchov asboblari


    Nazorat-o‘lchov asboblari haydovchiga avtomobilning agregatlari, alohida tizimlarini holati va me’yorida ishlayotganligi haqida xabar berib turish uchun xizmat qiladi.


    Haydovchiga ma’lumotni uzatish usuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi (82-rasm):

    • nazorat-o‘lchov asboblari;

    • darak beruvchi .






      1. rasm. Nazorat-o‘lchov asboblari ko‘rinishi:

    1. nazorat chirog‘i;2-kunlik masofani ko‘rsatgich; 3-sovutish suyuqligi haroratini ko‘rsatgich; 4- voltmetr; 5-masofani ko‘rsatgich; 6-spidometr; 7-ekonometr;

    8-yonilg‘ini ko‘rsatuvchi datchik.

    Ko‘rsatuvchi asboblarning shkalasi va ko‘rsatkich mili holatiga ko‘ra o‘lchanayotgan kattalikning qiymati aniqlanadi. Bu asboblar nazorat qilayotgan parametrning aniq qiymatini o‘lchash va avtomobilning butun bir tizimi yoki alohida agregatlarning holati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Lekin, haydovchi bu ma’lumotni olish uchun bir daqiqaga bo‘lsa ham diqqatini yo‘ldan asbobga olishi kerak va bu harakat xavfsizligini ta’minlashda salbiy ta’sir qilishi mumkin.


    Xozirgi zamon avtomobillarda o‘rnatilayogan old panellar texnika rivojlanishi natijasida bir qator haydovchiga qulaylik yaratuvchi nazorat o‘lchov asboblari bilan birga qo‘shimcha jihozlar ham o‘rnatilgan.



    83-rasm. Kaptiva avtomobilining nazorat-o‘lchov asboblari.

    Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-o‘lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari (dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish sistemalari va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta’minlash va haydovchining diqqatini bo‘lmaslik maqsadida nazorat-o‘lchov asboblarning ko‘rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko‘proq darak beruvchi turlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda (83-rasm).





      1. Download 206.62 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 206.62 Kb.