Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish




Download 206.62 Kb.
bet13/14
Sana05.06.2022
Hajmi206.62 Kb.
#22997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomobilning elektr jihozlari
internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS
Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish. Akkumulatorlarni ishlatish va uzoq saqlash jarayonida har bir akkumulator, unga tashqi iste’molchilar ulanmagan holda ham, sekin-asta razradlanib, o‘z sig‘imining bir qismini yo‘qotadi. Bu akkumulator o‘z-o‘zidan razradlanish hodisasi bo‘lib, uning muqarrar ravishda sodir bo‘lishiga aktiv massa va elektrolit tarkibida yot aralashmalar, asosan metallar borligi sabab bo‘ladi. Ular plastinadagi moddalar bilan galvanik juftlar hosil qiladi va natijada akkumulatorda o‘z-o‘zidan razradlanish jarayoni sodir bo‘la boshlaydi. Xususan, yangi, to‘la zaradlangan akkumulator, elektrolit temperaturasi +20...25 0S bo‘lgan holda saqlanganda, birinchi 14 kunda tabiiy ravishda o‘z-o‘zidan razradlanish hisobiga sig‘imining 10%gacha kamayishi Davlat standarti tomonidan yo‘l qo‘yiladi va normal hol hisoblanadi.
Agar o‘z-o‘zidan razradlanish natijasida, akkumulator sig‘imi yuqorida keltirilgan qiymatdan kamayib ketsa, bu, akkumulatorda nosozlik borligini, ya’ni me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish jarayoni sodir bo‘layotganligini belgisidir.
Akkumulator me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: akkumulator qopqog‘i ustiga to‘kilgan elektrolit va kir, chang orqali qutb quloqlari orasidagi tutashuv; aktiv massaning to‘kilishi natijasida, hosil bo‘lgan cho‘kma orqali har-xil qutbli plastinalarning o‘zaro tutashuvi; elektrolit yot aralashmalar, ayniqsa metallar va ularning turli oksidlari bilan ifloslanishi, ularni zarad vaqtida manfiy plastinaga o‘tirib qolib, u yerdagi g‘ovak qo‘rg‘oshin - Pb bilan ko‘p sonli mayda galvanik juftlar hosil qilishi va natijada "parazit" tok zanjirlarining paydo bo‘lishi.
Elektrolit ifloslanishi natijasida me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razrad bo‘layotgan akkumulatorning, manfiy plastinalarga o‘tirib qolgan yot aralashmalar, xususan metallarni va ularning oksidlarini elektrolit eritmasiga o‘tkazish maqsadida, sig‘imining 0,1 qismiga teng bo‘lgan tok bilan, har bir akkumulator bankasidagi kuchlanish 1,1-1,2V gacha kamayguncha razrad qilinadi. Shundan keyin, akkumulatordagi hamma elektrolit ehtiyotkorlik bilan to‘kiladi, har bir banka distillangan suv bilan bir necha bor yuviladi. So‘ngra, zichligi to‘kilgan elektrolit zichligiga teng bo‘lgan yangi elektrolit quyilib,batareya to‘la zaradlanadi.

Download 206.62 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 206.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish

Download 206.62 Kb.