TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
5
II. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM
METODLARI
1. Ma’ruza mashg’ulotlarning tashkil etishning asosiy shakllari
Ma’ruza mashg’uloti – oliy o`quv yurtlarida o’qitishni tashkil etishning
yetakchi
shakli
hisoblanadi, bilimlarni birlamchi egallashga yo’naltirilgan.
Ma’ruzani asosiy belgilanishi – o’qitishni nazariy asosini ta’minlab berish, o’quv
faoliyatga va aniq o’quv fanga qiziqishni rivojlantirish, kursantlarga o’quv kursi ustidan
mustaqil ishlash uchun orientirlarni shakllantirish.