• Yettinchidan
  • Sakkizinchidan
  • Bank faoliyati indd




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/74
    Sana17.03.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #18765
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    bank faoliyati tahlili
    kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
    beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib 
    borish.
    Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy 
    ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daro-
    madliligi va rikslilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisob-
    landi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash 
    ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning 
    xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib bo-
    rishning davr talabi bo‘lib qoladi.
    Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Ayniqsa bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham Boshqaruv faoli-
    yatini muvofi qlashtirishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.
    Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda 
    ta’minlanishiga erishish.
    Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va 
    to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchi-
    lari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis 
    bajarilishi uchun doimiy darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab 
    etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchini 
    mustahkamlaydi.
    Bankning to‘lov qobiliyati, uning mijozlari tomonidan berilgan topshiriq-
    larni tezkor ravishda ta’minlash, imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, 
    bank aktivlarini likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil etilishi 
    faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


    9
    Yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini 
    aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatining maqsadi 
    ham maksimal miqdorda foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun ham bank 
    daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik dara-
    jasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad 
    olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi ak-
    tivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruv-
    chi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini 
    o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham 
    faoliyat samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank faoliyati 
    tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning 
    likvidliligi bir-birlari bilan qarama-qarshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shun-
    day ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash 
    ham faoliyat tahliliga asoslanadi.
    Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’-
    min lashga erishish. Bankni o‘z mablag‘larining ko‘payib borishi asosan 
    uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 
    Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankning 
    aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib 
    boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. 
    Ay niqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’-
    min lashda uning kapitalining miqdori oshib borishi muhim ahamiyat kasb eta-
    di. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham, 
    uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish