• Birinchidan
  • Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/74
    Sana17.03.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #18765
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    bank faoliyati tahlili
    kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
    1.2.Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoli-
    yati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iboratdir.
    Bank faoliyati tahlilini amalga oshirishning bosh maqsadi, bank faoliyati 
    samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.
    Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini 
    ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank 
    aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank 
    faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.
    Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluk-
    siz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda 
    Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam 
    ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank 
    Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qaror-
    lari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar 
    samaradorligini belgilab beradi.
    Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga 
    e’tibor qaratiladi:
    Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini hi-
    moyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
    ular faoliyatini yuritish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini 
    qariyb 70-85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tash-
    kil etadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bankning 
    manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar 
    o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi 
    lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib 
    olishlari kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foyda-
    lanish imkoniyalariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank 


    7
    faoliyati kreditorlari va omonatchilari manfaatlari uzluksiz ravishda tahlil 
    etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilar-
    ning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarmoq uchun yetarli miqdorda 
    mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. 

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari

    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish