-savol. Elektrofarez. Elektrosmos jarayonlari o’xshashlik va farqlari




Download 27,92 Kb.
bet6/9
Sana21.06.2024
Hajmi27,92 Kb.
#264995
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulala-fayllar.org

38-savol. Elektrofarez. Elektrosmos jarayonlari o’xshashlik va farqlari. 
Elektrokinetik hodisalar geterogen sistema fazalariaro vujudga keladigan elektrik va
kinetik munosabatlarni aks ettirib, ular fazalararo potentsiallar farqi mavjud bo'lgan
sharoitda, fazalardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati yoki fazalardan birining
ikkinchisiga nisbatan harakati amalga oshayotganda ulararo kelib chiqadigan
potentsiallar farqi shaklida namoyon bo'ladi. Elektrokinetak hodisalar - elektroforez,
elektroosmos, olish potentsiali va cho'kish potentsiali, deb to'rt turga bo'linadi. Tashqi
elektr maydoni ta'sirida dispers fazaning dispersiya muhitiga nisbatin harakati
elektroforez deb ataladi. Dispersiya muhitining tashqi elektr maydoni ta'sirida,
harakatsiz dispers fazaga nisbatan harakati esa elektroosmos deb ataladi. Gidrostatik
bosim ta'sirida, suyuqlikning kapillyar yoki qovak to'siq poralari orqali harakati
natijasida kelib chiqadigan potentsial oqish potentsiali va gravitatsiya yoki markazdan
qochuvchi kuch ta'sirida, suyuqlikning yuqorn va pastki qatlamlariaro kelib chiqadigan
potentsiallar farqi cho'kish potentsiali deyiladi. Elektroforez va elektroosmos
hodisalarining yuzaga chiqishi dispers faza bilan dispersiya muhitiaro qo'sh elektrik
qavat mavjudligi bilan shartlanib, elektr maydoni qo'yilganda, suyuqlikning ichki qat-
lamlarida kalqigan dispers faza zarrachalari ularga qarama-qarshi zaryadlangan qutb
tomon harakatlanadi. Dispers faza harakatsiz holatda, elektr maydoni ta'siridan
dispersiya kuhtstining harakati yuzaga kelib, uning Yo'nalish dispers faza bilan har xil
zaryadga ega qutb holati bilan belgilanadi. Demak, tashqi maydon ta'sirida kelib
chiqadigan fazalar harakati sistemada potentsiallar farqi manvjudligidan darak beradi.
Oqish va cho'kish potentsiallarining paydo bo'lishi, ularga muvofiq gidrostatik
vagravitatsiya gradientlari mavjudligining oqibatidir. Shuning uchun suyuq (oqish
potentsiiali misolida harakatchan, cho'kish potentsialida esa harakat-siz) faza bilan
qattiq (oqish poten-tsialida harakatsiz, cho'kish potentsialida esa qarakatchan)
fazalararo qo'sh elektrik qavatlarning paydo bo'lishini tashqaridan quyiladigan kuchsiz
tasavvur etish mumkin emas. Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan hodisalar, ularning
qaysi turga man-sub bo'lishidan qat'i nazar, dispers faza bilan dispersiya muhitlaro
vujudga keladi-gan potentsiallar farqiga bog’liqdir. Ana shu xildagi potentsiallar
elektrokinetik potentsiallar nomi bilan yuritiladi. Elektroforez. Tirik hujayra
protoplazma o'z tabiatiga ko'ra murakkab kolloid sistema bo'lib, bu xildagi sistemalarda
o'zgarmas tok ta'siridan, dis-pers fazaning dispersiya muhitiga nisbatan yoki aksincha
harakati, gidrostatik kuch gradienti ta'siridan esa fazalararo potentsiallar farqi paydo
bo'ladi. Mana shu ikki xildagi elektrokinetik munosabatlarni o'rganish hujayraning
fizikaviy xususiyatlari-ni bilishda muhim ahamiyatga ega.






Download 27,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 27,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-savol. Elektrofarez. Elektrosmos jarayonlari o’xshashlik va farqlari

Download 27,92 Kb.