|
Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar
|
bet | 7/9 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 27,92 Kb. | | #264995 |
Bog'liq Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulala-fayllar.orgFotokalorimetriya. Fotobiologik jarayonlar (fiziologik jihatdan tavsifla-nadigan-
fotosintez, fototropizm, fototaksis va h.k.lar; patologik tavsiflanadigan - ultrabinafsha
nurlar ta‘sirida shikastlanishlar va h.q.larni o‘rganish biofizika fanining vazifasiga
kiradi. Bu jarayonlarning bosqichlari jumlasiga yorug‘likning yutilishi, energiyaning
migratsiyasi, energiyaning singlet va triplet darajasida zahiralanishi, reaksiya
mahsulotlarining birlamchi fotokimyoviy o‘zgarishi va reaksiya mahsulotlarining
barqarorlashuvi kabilar kiradi. Bu jarayonlarning keyingi bosqichlariga tegishli
murakkab jihatlarini biokimyo va fiziologiya fanlari o‘rganadi. Fotobiologik
jarayonlarni umumiy tarzda quyidagicha sxema bilan tasvirlash mumkin:
Fotokimyoviy jarayonlar ultrabinafsha to‘lqin uzunligi (0.29 mkm), ko‘zga
ko‘rinadigan to‘lqin uzunligi (0.4-0,75mkm), infraqizil to‘lqin uzunligi (0,75mkm dan
ziyod)dagi nurlar ta‘sirida amalga oshadi. Nurning eng muhim tavsifnomasiga to‘lqin
uzunligi (λ), chastotasi (maromi) (γ), yorug‘likni kvant energiyasi (E) va nurlanishning
umumiy energiyasi (I) kiradi. O‘zaro bu qattaliklar quyidagi nisbatda bog‘langan
bo‘ladi: E = h λ bu yerda: E - yorug‘likni kvant energiyasi; h - plank doimiysi; λ -
nurning eng muhim tavsifnomasiga to‘lqin uzunligi; 𝜐 =
𝐶
𝛾
γ - chastota (maromi); C-
yorug‘lik tezligi; I - nurlanishning umumiy energiyasi; n-yoruglik oqimidagi kvant
soni; E - yorug‘likni kvant energiyasi. Odatda faqat yutiladigan kvantlargina
fotokimyoviy samaraga ega bo‘ladi. Shuning uchun fotobiologik jarayonning spektral
chegarasi bu jarayon uchun qabul qilingan moddalarning yutish spektri bilan aniqlanadi.
Masalan, fotosintez ko‘zga ko‘rinadigan va infraqizil nurlar chegarasida bo‘lgan
to‘lqinlarda yuz beradi, chunki fotosintetik pigment (xlorofil va karatinoid va h.k.)lar
bu nurlarni yutadi. Ultrabinafsha nurlarning bakteriyasid ta‘siri bakteriyalardagi oqsillar
va nuklein kislotalari tomonidan kvantlarning yutilishi tufayli ro‘yobga chiqadi.
Fotobiologik jarayonlarni tadqiq etishga oid asosiy uslublar optik va spektral uslublar
hisoblanadi. Moddalarning optik xossalari, ularning molekulalari tomonidan yorug‘lik
energiyasini yutish va transforma-tsiyalash qobiliyatini aks ettiradi, ya‘ni ularning
fotobiologik jarayonlarda qay tarzda ishtirok etishini ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda,
spektral uslublar murakkab biologik tahlillar, xususan, hujayra, to‘qima yoki
organizmda ularning holatini o‘zgartirmasdan tadqiq qilish imkonini beradi. Ishni
bajarish tartibi. Kyuveta orqali yorug‘lik nurlarning o‘tishida, eritmaga tushayotgan nur
tarqalishining tezligi susayadi, chunki eritma yorug‘likning bir qismini yutadi. Eritmaga
tushayotgan nurning jadalligi (I0) va u orqali o‘tgan nurning jadalligi (I) o‘rtasidagi
miqdoriy nisbat Lambert-Ber qonuniga muvofiq tushuntiriladi:
𝐷 = ℓ𝑔
𝐿
𝑜
𝐿
= 𝐶 ∙ 𝐸 ∙
𝐿 bu yerda: D - kattalik optik zichlik deb nomlanadi; L va L
o
- yorug‘likning optik
yo‘li uzunligi (kundetaning qalinligi); C-moddaning molyar konsentratsiyasi; E -
yorug‘likni kvant energiyasi; ε - esa ekstinksiyaning molyar koeffitsenti, u - to‘lqin
uzunligiga bog‘liq va muayyan moddaning muhim optik tavsifi ko‘rsatkichi
hisoblanadi. O‘lchash natijalari odatda optik zichlik tarzida ifodalanadi.
|
| |