40-savol. Fotofizika va fotokimyo asoslari. Ultrabinafsha va ko’rinuvchi nur
sohalarining biologik obyektlarga ta’sir etish qonuniyatlarini tekshirish ham biofizika
muammolari doirasiga kiradi. Qisqa to’lqinli (rentgen va (-nurlanish)
nurlarning
biologik obyektlarga ta’sirini tekshirish bilan radiobiologiya shug`ullanadi.
Molekulaning (atomning) umumiy energiyasi (Yeum) elektrol energiyasi (Yeen)
tebranma (Yet) va aylanma (Yea) harakat energiyalaridan tashkil topadi: Yeum = Yeen
+ Yet + Yea bo’lib, Yeen >> Yet >> Yea dir. Fotokimyoda ham fotobiologiyadek,
elektromagnit spektrining tor 200-700 nm sohasi bilan ish ko’riladi. Xalqaro
yoritish
komissiyasi to’lqin uzunligi sohalarini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi.
Ultrabinafsha (UB) nurlanish: UB-S - 100(280 nm, UB-V - 280(315 nm, UB-A -
315(400 nm, ko’rinuvchi spektr -400-780 nm. Qisqa to’lqinli
nurlanish energiyasi,
kimyoviy bog’lar energiyasidan katta bo’lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy
bog’larni uzadi. Aynan mana shu soha bilan radiobiologiya shug’ullanadi. Uzun
to’lqinli nurlanish modda tomonidan yutilganda elektronning
aylanma va tebranma
energiyalari oshadi. Shu sababdan, infraqizil (IK) nurlanish
reaksiyalar tezligini
oshiradi, molekulalarda kimyoviy o’zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas.
Energiyasi 4-6 EV (200- 300 nm) fotonlar, oqsillar va nuklein
kislotalar tomonidan
yutilib, molekulalarni qo’zg’algan holatga, ya’ni molekulaning yuqoriroq energiya
sathiga (qo’zg’algan holatga) o’tishiga olib keladi. Qo’zg’algan
molekula kimyoviy
reaksiyaga osonlikcha kirishadi. Aynan mana shunday fotokimoviy reaksiyalar, oxirgi
natijada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa biopolimerlarda fotobiologik effektlarga
sabab bo’ladi. Ko’rinuvchi nur esa, fotosintez, fotoresensiya,
fotomorfogenez hamda
fotodinamik effektlar uchun aktiv hisoblanadi. Yorug’likning yutinish qonuni, yutilish
spektri. Grotgus qoidasiga ko’ra, fotokimoviy reaksiyaga faqat molekula tomonidan
yutilgan nurgina sabab bo’ladi. Demak, fotokimoviy jarayonlar asosida yorug’likning
yutilish hodisasi yotadi. Intinsivnigi I0 - nurning, qalinligi l-ga teng yutuvchi muhitdan
o’tishini ko’zdan kechiramiz.
Mazkur intensivnik, yutuvchi muhitdan chiqqanda,
yutilish evaziga kamayib, I-ga teng bo’lib qoladi. Mazkur bog’liqlik Buger- Nambert-
Ber qonuni nomi bilan yuritiladi.
I = Io( e-(Sl , yoki lg(Io/I) = lg(1/T) = D = (Sl,
http://fayllar.org