-savol. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari




Download 27,92 Kb.
bet4/9
Sana21.06.2024
Hajmi27,92 Kb.
#264995
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulala-fayllar.org

34-savol. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari. Aytish mumkinki,
hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo’nalish - membranologiya
shakllandi. Membranalogiya biologik membranalar tuzilishi, molekulyar
tashkillanishi, membrana tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari, membrana fizik
kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan
shug’ullanadi. Membranologiya tabiiy membranalarning sun’iy analoglarini yaratib,
ularga har xil membranotrop fiziologik regulyatorlar va membrana faol birikmalarning
ta’sir mexanizmlarini tekshirish bilan bir qatorda, biologik membranalar faoliyat
prinsiplariga asoslangan bioqurilmalar va biotexnologik jarayonlar yaratish bilan ham
shug’ullanadi. Biologik membranalar faoliyati xilma-xil. baryerlik faoliyati, ya’ni
hujayraning ichki muhitini tashqi muhitidan ajratish hamda hujayra ichini struktura va
funksional alohidalashgan bo’limlar - kompartmentlarga bo’lish, uning eng muhim
faoliyatlaridan hisoblanadi. Ularning har biri o’ziga xos funksiyalar bajaradi:
mitoxondriyada substratning oksidlanishi va energiyaning transformatsiyalanish
amalga oshirilsa, yadroda genetik axborotni saqlash va uning "ko’paytirilishi"
ta’minlanadi, lizosomalar proteolitik fermentlar saqlaydi, retikulum membranasi aloqa
to’ri sifatida har xil bo’linmalarni o’zaro bog`laydi va h.k. Membrana tarkibiga
immunitet, resepsiya va modda transporti faolliklari mas’ul oqsillar kirgan. Mazkur
faoliyatlarning boshqarilishi membrananing mikroyopishqoqligi, tartiblanganligi,
fosfolipid qo’shqavatining taxlanishi, lipid tarkib va h.k.ni o’zgartish yo’li bilan amalga
oshiriladi. Shunday qilib, membrana - bu to’plagan fermentlar va ferment ansambllari
joylashgan joy bo’lib, hozirgi kunga kelib ularning harakat, sekretsiya, so’rilish, oqsillar
sintezi va hujayra bo’linishidagi roli har tomonlama isbotlangandi. Biologik
membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasovvurlari G.Nikonson tomonidan ilgari
suringan suyuq-mozaika modeli yotadi. Mazkur modelga binoan, "suyuq lipid qo’sh
qavati membrananing asosini tashkil etib, unda lipid molekulalari har xil (segment
harakatchanligi yenga diffuziya va aylanma) harakatda bo’la oladi. Kamdan - kam
hollarda, ular qo’sh qavatning biridan ikkinchisiga "sakrab" (fnip-fnop- arg’umchoq)
o’tishlarini amalga oshiradi. Aynan shu hodisa hamda maxsus fermentlar ta’siri tufayli
membrana qavatlarining fosfolipid tarkibi o’zaro farqlanadi, ya’ni membrana lipid
tarkibi jihatidan assimetrikdir.






Download 27,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 27,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-savol. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari

Download 27,92 Kb.