|
-savol. Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar
|
bet | 8/9 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 27,92 Kb. | | #264995 |
Bog'liq Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulala-fayllar.org37-savol. Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar.
Gemoglobin tarkibidagi subbirliklar (1 (2, (3 va (4 uchlamchi strukturaga ega bo’lib, (-
subbirliklar har biri 141, (-subbirliklar esa har biri 146 aminokislota qoldig’i ularidan
tashkil topgan polipeptid zanjirlaridan iborat. Ular, o’zaro tuz ko’priklari (ion bog’lari)
vositasida bog’lanib (ular oltita), tetramerni shakllantiradi. Subbirliklarning har birida
bittadan gem guruhi bo’lib, u to’rtta pirol halqadan iborat tekis strukturaga ega. Gem
markazida, pirol halqalar azot atomlari bilan to’rt tomondan koordinatsion bog’langan,
ikki valentni temir ioni joylashgan. Temir ionining 5-koordinatsion bog’i, gem halqaga
tik yo’nalgan aminokislota ((-subbirlikda gistidin qoldig`i) orqali polipeptid zanjiriga
(globinga) ulanadi. Dezoksigemoglobinda 6-koordinatsion bog’ bo’sh bo’lib, kislorod
mavjud sharoitda bu bog’, bir molekula 02 biriktirish orqali band etiladi va
oksigemoglobin (Hb02) hosil bo’ladi. Shu munosabat bilan Fe2+ion radiusi kamayib,
gem tekisligiga tushadi. O’z navbatida bunday siljish temir ioniga bog’langan gistidin
qoldig`i orqali butun zanjirning siljishiga, demak, uchlamchi strukturaning o’zgarishiga
sabab bo’ladi. Buning natijasida subbirlikning boshqa subbirlik, masalan, (1 bilan (2
o’rtasidagi tuz ko’prikning uzilib, (2 ning kislorod biriktirishi osonlashadi. (2ning 02
birikishi esa (2 bilan (1 o’rtasidagi tuz ko’prikgini uzib, uning 02 birikishini
osonlashtiradi va h.k. Shunday qilib, gemoglobinning oksigenasiyalanishi munosabati
bilan subbirliklararo ta’sirlashishlarning o’zgarishi, gemoglobinning 02 biriktirishi
paytidagi kooperativlik xossasiga asos bo’ladi. Mazkur hodisa, M.V.Vonkenshteyn
tomonidan ilgari suringan, elektrol konformatsion ta’sirlashishlar (makromolekulada
yuz bergan elektrol jarayonlar uning konformatsion qayta qurilishlarga olib keladi, deb
ta’kidlovchi) konsepsiyaning dalili bo’lib xizmat qiladi.
|
| |