Hayot faoliyati havfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni muhofaza qilish




Download 2.73 Mb.
bet14/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
9. Hayot faoliyati havfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni muhofaza qilish

O’zbekiston Respublikasi Bazirlar Ken’gashining’ 19.07.2011 y. №208 sonli «Xalqning’ er silkinishlar oqibatida yuzaga keladigan favqulodta vaziyatlarda (ta’biiy va texnogen tu’rdagi) ha’rakat etishda tayarlash kompleks da’stu’rin tasdiqlash haqida»g’i qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliginin’ 22.07.2011 y. №310 sonli buyrug’in boshilikga olinib va o’rinlash maqsadida A’jiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti rektorati buyrug’i (25.12.2012 y. №601 D/1) asosida «ayorHayot qavfsisligi» fa’ni barcha ta’lim yonalishi buyicha talabalarga oquv jarayonida urgatish uchun, magistrlik dissertatsiya ishi va bakalavr mutaxassislik bitiruv ishlarin o’rinlashda fannin’ huquqiy asoaslari kiritildi.

“Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erinliklarini ximoya qilish ta’minlanganda u chinakam huquqiy fuqarolik jamiyati bo’ladi. Har bir kishi o’z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o’z huquqi va erkinliklarini ximoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur” (İ. Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, 31 – bet).

XX asrning 60–yillaridan boshlab faoliyat ko’rsatib kelgan fuqaro mudofaasi tizimining asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg’in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida xalq xo’jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda halokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi. Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa xavf – xatalar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish aslo mumkin emas. Bular turli tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardir.

1990 – yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi – yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.

Fuqaro mudofaasi o’rnini bosishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egallishi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni: tabiiy ofatlardan xavfli hududlar xaritalarini tuzish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni qurish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.

Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim?



Download 2.73 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati havfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni muhofaza qilish

Download 2.73 Mb.