Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари




Download 2.73 Mb.
bet12/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Porsi go’niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining chaspaklari; javon, shkaf kabilarining karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash-porsi go’niya yordamida bajariladi. Porsi go’niya lineykasi kundaga 450 burchak hosil qilib o’rnatiladi.

Porsi go’niya yordamida rejalash singari bajariladi, bunda faqat «yordamchi bet»ga nisbatan «bet»larga reja chiziq chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko’chirilmaydi.

Vintli porsi go’niya lineykasi kundaga vint yordamida qotiriladi, vintni bo’shatish yo’li bilan lineykani kundaga nisbatan ixtiyoriy burchakka burib o’rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go’niya yordamida bir-biriga turli xil burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi.

Vintli porsi go’niya yordamida chiziladigan reja chiziqlarini faqat «bet»larga chiziladi.



Xatkash - aniq o’lcham qilib arralash, randalash, o’yish-teshish ishlarini bajarishda yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi.

Xatkashlar bir cho’pli, ikki cho’pli va ko’p chizg’ishli bo’lishi mumkin.

Ikki cho’pli xatkashlar bir cho’plisiga qaraganda ishlatishga qulay. Ko’p chizg’ishli xatkashlar ko’p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib, ular har bir birikma uchun maxsus tayyorlanadi.

Xatcho’pli xatkashlarni ishga sozlashda pona bo’shatilib, cho’plar kundadan kerakli o’lchamda chiqariladi. Uning aniq o’lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun masshtabli lineyka yordamida kundadan cho’pning,chizg’ish mixgacha bo’lgan oraliq o’lchanadi. Chizg’ishlar o’lchamga sozlangandan so’ng cho’plar kundaga pona yordamida qotirilib, o’lchamlar qayta tekshiriladi.

Bir cho’pli va ikki cho’pli xatkashlardan foydalanib rejalashda eni 7-8sm atrofida bo’lgan taxtalarga reja chiziladi. Undan enlik taxtalar masshtabli lineyka yordamida rejalanadi.

Xatkash yordamida rejalashni to’g’ri tashkil etish uchun chizg’ish mixning cho’pdan oz-ko’p chiqishga mos ravishda xatkashni surish yo’nalishiga qarab kundani shu yo’nalish bo’yicha ma’lum burchakka burib tutiladi (20-rasm). Kunda yog’ochga tik tutib surilsa, chizg’ich mix yog’ochga qadalib, uni surish qiyinlashadi, reja to’g’ri chiqmaydi.



Tsirkul’. Duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’och ishlaydigan tokarliq stanoklarida detal’ va buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul’ yordamida rejalash ishlari bajariladi.

Yog’och ishlanadigan tokarlik stanoklarida metall tsirkuldan, taxta va faneralarni rejalashda o’quvchilar tsirkulidan foydalanish mumkin.

Tsirkul’ yordamida o’lchamlarni ko’chirish ishlari ham bajariladi, tsirkulni o’lchamga sozlashda masshtab lineykasidan foydalaniladi.



Download 2.73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари

Download 2.73 Mb.