-rasm. Durodgarlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar




Download 2.73 Mb.
bet8/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
1-rasm. Durodgarlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar:

1-oldingi iskanja – (yon tishga); 2-ish taxtasi; 3- nav; 4-orqa iskanja – (bo’ylami tishga); 5- asboblar tochkasi; I – ponalar orasiga o’rnatib randalash; II,IV – oldingi iskanjaga qistirib randalash; III – orqa iskanjaga qistirib tilish.

1-tonalar orasiga o’rnatib randalash: II, IҮ-oldingi iskanjaga qistirib randalash: III-orqa iskanjaga qistirib bilish.

Dastgoh barcha turdagi durodgorlik ishlari bajaradigan, maxsus oyoqlarga o’rnatilgan ish stulidan iborat bo’lib unda arralash, randalash, o’yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajariladi. Stulning asosiy qismlari bo’lama va ko’ndalang diskalardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgani ishning taxtasi va asbob – uskunalar qo’yish uchun moslangan navdan iborat.

Har bir ish o’rniga tegishli individal asbob-uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh naviga xavfsizlik texnikasi qoydalariga amal qilgan holda o’rnatiladi. Dasta arra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari ishloviga qaratilib terildi. Individual asboblarni devorga osilgan maxsus asboblar tochkasiga yoki dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bo’ylama kashakalarga taglik taxta o’rnatib, unga terib qo’yilishi mumkin. Dastgohdan foydalanib arralashda taxta materiallarining uzun-qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Qisqa va ensiz yog’och-taxtalarni arralashda ular bo’ylama diskaga qistirib olinadi. Enlik taxtalar ish taxtasi ustidagi ponalar orasiga o’rnatib tilinadi. Bu holda taxtaning tilib olinadigan ish taxtasidan chetga chiqarib o’rnatiladi. Uzun o’lchamdagi taxta materiallar ish taxtasi ustida qo’zg’almas ponaga tirab arralanadi.

Taxtalarni randalashda ularning uzun-qisqaligiga qarab ko’chirib olib-qo’yiladigan ponalar orasiga o’rnatiladi. Taxtani ponalar orasiga o’rnatishda bo’ylama diskani ketiga qarab rez’basi uzilib, diski ishdan chiqishi mumkin. Agar randalanadigan taxta ponalar orasiga sig’masa, pona oldingilarga ko’chirib o’rnatiladi. Enli taxtalarning cheti (qirrasi) ko’ndalang diskasi o’rnatilib randalanadi. Taxtaning ikkinchi uchi yon ponalar yoki tirgaklar ustiga qo’yiladi.

O’yish-teshish ishlarini bajarishda teshiladigan taxta material ish taxtasi ustiga ponalar orasiga o’rnatilib, bo’ylama diski yordamida qatirib qo’yiladi. Teshik ochishda dastgoh ish taxtasi o’yilib qolmasligi maqsadida teshiladigan taxta ostiga ehtiyot taxtasi o’rnatilib olish tavsiya etiladi.

Ehtiyot taxtasidan foydalanib arralab qirqish ishlarini olib borish bo’ylama diskaga qistirib arralashga qaraganda ancha qulay. Bu taxtani bo’ylama diskaga qistirib o’rnatish va undan bo’shatib olish ishlaridan holi qiladi.

Ehtiyot taxtasidan foydalanib o’yish-teshish ishlari olib borilganda verstagning ish taxtasi o’yilishdan saqlanadi. Natijada uning sifati buzilmaydi. Xizmat muddati ortadi.







Download 2.73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Durodgarlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar

Download 2.73 Mb.