• Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
  • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF – 1378 Farmoni
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari: Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida
  • Fuqaro muhofazasi to’g’risida
  • Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida
  • Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida
  • Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida
  • Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida
  • Terrorizmga qarshi kurash
  • Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida
  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida
  • O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida
  • Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida
  • O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida
  • Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Txorjevskiy Mehnat ta’lim metodikasi Toshkent
  • Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари




    Download 2,73 Mb.
    bet4/26
    Sana04.04.2017
    Hajmi2,73 Mb.
    #2888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.

    Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish – favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y – harakatlari majmui.

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o’tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.

    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar tasirini tugatishga qaratilgan avariya – qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.

    Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF – 1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.



    Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so’ng aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir qator qonuni va qarorlar qabul qilindi.

    O’zbekiston Respublikasi qonunlari:

    Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida (1999 yil 20 avgust) – 5 bo’lim va 27 moddadan iborat. Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo’yadi.

    Fuqaro muhofazasi to’g’risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo’lim va 23 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.

    Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida (1999 yil 19 avgust) – 13 modda. Qonunda OİTS/OİV kasalligining oldini olish sohasidagi davlat ta’minoti, kasallikning oldini olish bo’yicha faoliyatni moliyalash, fuqarolarning huquq va majburiyatlariga doir masalalar yoritilgan.

    Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida (1999 yil 20 avgust) – 15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruktsiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.

    Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida (2000 yil 31 avgust) – 28 modda. Ushbu qonunning maqsadi qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishni ta’minlash, o’simliklarni himoya qilish vositalarining inson sog’lig’iga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirining oldini olish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida (2000 yil 31 avgust) – 5 bo’lim va 28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog’lig’i va mol – mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 bo’lim va 31 moddadan iborat.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonuning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.

    Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida (2006 yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    O’zbekstan Respublikasi VM (1997 jil 27 dekabr’) №558-sonli qarori «O’zbekstan Respublikasida favqulodda vaziyatlarnin’ oldini olish va ularda harakat etishda davlat tizimi haqida»g’i qarori bilan bekor etilib bu qaror qaytadan 2011 yil 24 avgustda O’zbekstan Respublikasi MK №242-sonli «O’zbekstan Respublikasida favqulodda vaziyatlarnin’ oldini olish va ularda harakat etishning davlat tizimi ishlarin yanada yuksaldirish» haqidagi qarori bilan to’ltirilib qayta ishlandi.



    O’zbekstan Respublikasi (2011 jil 19 iyul’) №208-sonli qarori «Xalqni er silkinishlar oqibatida yuzaga kelish mu’mkun bulgan favqulodda vaziyatlarda (ta’biiy va texnogen) harakat etishga u’rgatishning kompleks da’stu’rin tasdiyiqlash» haqida qarori asosida barcha joylarda favqulodda vaziyatlarda ha’rakat etishnin’ kompleks da’sturlari ishlab shig’ildi, oquv mashqulatlari alib borilmaqda.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:

    Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko’chish va er ko’chki hodisalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora – tadbirlar to’g’risida (2007 yil 19 fevral, PQ – 585 – sonli).
    Fevral (lot. Februarius - halollanish oyi) - Grigoriy kalendarika, yilning ikkinchi oyi (28 kunga, kabisa yilida esa 29 kunga teng). Nomi kad. rimliklarning har yili 15 fevralda oʻtkazilgan halollanish marosimi bilan bogʻliq.
    Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko’chish va er ko’chki hodisalari bilan bog’liq ishlarni o’z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida qabul qilingan.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida (1996 yil yy aprel, 143 – sonli). Qarorga «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risida»gi Nizom ilova qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari, huquqlari keltirilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida (1997 yil 23 dekabr, 558 – sonli). Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risidagi Nizom va uning tuzilmasi tasdiqlangan, vazirlik va idoralarning aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funktsiyalari keltirilgan.

    O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida (1998 yil 7 oktyabr 427 – sonli). Qaror mamlakat aholisi va hududini tabiiy va texnologen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomilashtirish maqsadida qabul qilingan. Qarorga ilova tarzida keltirilgan «Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash tartibi to’g’risida»gi Nizom O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o’tayotgan aholi guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.

    Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida (1998 yil 27 oktyabr, 455 – sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko’ra texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli, Ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va transschegarali turlarga bo’linadi.

    O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida (1996 yil 18 yanvar, 32 – sonli).
    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
    Odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash chora – tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

    Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida (2003 yil 13 yanvar, 15 – sonli). O’zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar o’tkazilishi paytida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.

    Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida (2007 yil 3 aprel, 71 – sonli). Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

    Yuqorida ko’rsatilgan huquqiy xujjatlar asosida o’quv jaraenida talabalarga “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining barcha yo’nalishlari bo’yicha keng manoda tushunchalar berildi.


    XULOSA

    Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materiallardan to’g’ri va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi.

    Umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muofiq hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarda har tomonlama garmonik rivojlangan yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta bilim berish, ixtiyoriy tanlab olingan ommaviy kasblardan birontasini mukammal o’rganib, mehnat malakalari bilan qurollangan ongli ishchi kadrlar qilib etishtirish kerakligi ta’qidlanadi.

    Albatta bu ishlar o’quv ustaxonalarida olib boriladigan ijtimoiy foydali va unimli hamda ishlab chiqarish ta’limi darslarida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilarga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni muhofoza qilish ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, tejamkorlik haqidagi dastlabki tushunchalar berilib, ular nazariy qurollantirishdagi va mehnat tarbiyasi va ta’limini amalga oshirishdagi asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.

    O’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarda asboblarni ishga tayyorlash va mehnatni ilmiy tashkil etish nuqtai nazardan quyidagilarni e’tiborga olish zarur bo’ladi deb o’ylayman:

    - Oldi bilan o’quv ustaxonalarini talabga javob berarli darajada tashkil etish va jihozlash;

    - Ish o’rinlarini o’quvchilar mehnatni muhofoza qilgan holda xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigena qoydalari talablariga mos ravishda tashkil etish;

    - Ish o’rinlarini barcha turdagi ishga yaroqli asbob-uskuna va moslamalar, tegishli materiallar bilan etarli miqdorda ta’minlash;

    - Ishni bajarish ketma-ketligiga qarab, unga mos asbob-uskuna va moslamalarni to’g’ri tanlashni asboblardan foydalanish va qulay uskunalarni qo’llanishga o’rgatish;

    - O’quvchilarga kasblarni o’rgatishda mehnatni ilmiy tashkil etgan holda bir operatsiyali murakkab buyumlar tayyorlashdan ko’p operatsiyali murakkab buyumlar tayyorlashga o’ta borish va hakoza.

    Shunday qilib maktab ustaxonalarida mehnat darsni o’rgatishda asosan mehnat o’qituvchisi yoki ustasining zimmasiga tushadi. O’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar davomida, mehnat darslarini o’qitish metodikasi bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarida talabalarga keng tushunchalar berib, ayrim tayanch maktablarning o’quv ustaxonalari bilan tanishtirib borish zarur bo’ladi.

    O’quvchilarga o’quv ustaxonalarida mehnat darsini tashkil etish jarayonida mehnatga ijodiy yondalishini shakllantirish, unga to’g’ri munosabatda bo’lishni tarkib topshirish ishni eng qulay oqilana usul bilan bajarishga o’rgatish maqsadida ularga mehnatni ilmiy tashkil etish haqidagi tushunchalarni ham singdira borish kerak.

    Bu maqsadda o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etishga, bu bilimlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishiga, shu tarixa fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish to’g’risida, undagi ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, bu yo’l bilan o’quvchilarning qo’l mehnatini engillashtirish yoki undan butunlay ozod qilish mumkinligi haqidagi tushunchalarni singdirish lozim bo’ladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. Txorjevskiy Mehnat ta’lim metodikasi Toshkent «o’qituvchi» 1987 y

    2. P.
      Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
      Senemikin Maktab ustaxonalarida asboblar tayyorlash Toshkent «o’qituvchi» 1990y

    3. N.I. Makienko Slesarlikdan amaliy ishlar Toshkent «o’qituvchi» 1992y

    4. Baltabaev Kasb tanlashga yo’nalish Toshkent 2000y

    5. S. Mahkamov Uquv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar Toshkent «o’qituvchi» 1991y

    6. K.Davlatov Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi Toshkent «o’qituvchi» 1992y

    7. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturi: asosiy tamoyillar va privord islohotlar» Nukus 2005y

    8. I.Karimov, B.U. Olimov Mehnat ta’limi darslarida fanlararo bog’lanishlar. Uslubiy qo’llanma Toshkent 2008y

    9. N.A. Muslimov., A.I. Usmanov Mehnat va kasb ta’limi yo’nalishlari bo’yicha umumkasbiy va maxsus fanlarni o’qitish muammolari. Ilmiy ishlar to’plami. Toshkent 2005y

    10. http://www.study.uz/

    11. http://www.dov.uz/

    12. http://www.uzsa.uz/

    13. http://www.ilm.uz/

    14. http://www.dl.uz/






    Download 2,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари

    Download 2,73 Mb.