• O’qituvchining mashqlarga tayyorlanish yo’llari.
  • O ’ quv ustaxonalarida dars o ’ tish tizimi .
  • Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish.
  • 1-rasm. Durodgarlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar
  • 2-rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish.
  • -rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli lineyka; II-a-oddiy yog’och go’niya,1-kunda;2-lineyka;
  • Yangi mavzuni bayon qilish uslubiyatlari




    Download 2,73 Mb.
    bet2/26
    Sana04.04.2017
    Hajmi2,73 Mb.
    #2888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    Yangi mavzuni bayon qilish uslubiyatlari.

    Aniq bir darsga tayyorlanganda o’qituvchi har qanday instruktojning mazmunini va shaklini aniqlab oladi.

    Tajribalarning ko’rsatilishicha instruktojning etishganligini gapirib berishni ko’rsatish bilan olib borishni, hamda, o’qituvchining ish harakatiga bog’liq ekanligini dalillaydi. Buni metallarni egovlash operatsiyasini o’rganish misolida ko’rib chiqamiz. O’quvchilar uch gruppaga bo’lib o’qitish uzunning natijasini beradi.

    Birinchi guruh o’quvchilarni buyumni egovlash usullarini, ish natijalarini tekshirish usullarini ko’rsatib berish va shunga tegishli plakatlarini ko’rsatish namoyish qilish yo’li bilan o’qitgan. Plakatda ishning turli holatida asbobning qo’llanilish yo’li ko’rsatilgan. Asbobga teshadigan kuch har xil uzunlikdagi strelkalar bilan ko’rsatilgan. Strelkaning o’lchamlari chap va o’ng qo’llar kuchining harakatini ko’rsatgan. O’qituvchi hech qanday og’zaki qo’shimcha tushuntirishlar bermagan.

    Ikkinchi guruh o’quvchilarini egovlash o’sullarini ish rejimi o’z uzuni nazorat qilishning ahamiyatini to’liq tushuntirib berish yo’li bilan o’qitgan. Bu guruhga ham buyumning uzuni va plakatini ko’rsatgan, lekin bu guruhga o’qituvchi egov bilan ishlash usullarini ko’rsatib o’tmagan.

    Uchunchi guruhda ko’rsatish bilan bir qatorda shunchalar berib borilgan.

    To’rt marta dars o’tilgandan keyin uch guruhdan kam egovlash to’g’risida kontrol ish o’tkazilgan. Tekshirish natijasida egovlashni o’rganishda ko’rsatib berishning o’zi ta’sir qilmaydi deyarli tushuntirib berishda etarli emas. Tushuntirib berish bilan birgalikda ko’rsatib berish bilan qo’chib olib borilgan uchinchi guruh erishgan natijalar yuqoridagi fikrimizni to’liq tasdiqlagan.

    Yuqorida aytilganidek hozirgi vaqtda asosan, o’qish va ko’nikmalarini shakllanitirishnig o’n yillar davomida foyda bo’lgan uslubiyat qo’llanib kelmoqda. Keyingi vaqtlarda mehnat o’qishning natijaliligi o’qish va ko’nikmalarini shakllantirish davomida o’z-o’zini nazorat qilishini orttirishga intilish bir qancha kuchaydi.

    Mehnat dasturlarida yog’och va metallarni va ishlashga o’rgatishga 100 soat mug’dorida vaqt ajratilib texnik mehnat darslarida mashq qilish o’z-o’zini tekshirish uchun shunday sharoitlar yaratilib ular shaxsiy maqsadga qaratilmay o’quvchilar diqqatini jamiyat uchun foydali buyumlar tayyorlashga qaratilgan bo’lsin.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Buni amalga oshirish oson bo’lmay oldingi o’quvchilarning ish tajribasi shuni ko’rsatadi. Bir qancha o’qituvchilar ish usullarini bajarish shartlarini murukkablashtiradi. Masalan o’quvchilarga kesish operatsiyasini bolg’a va zubila yordamida bajarish talab qilinadi. Shunday tajriba o’tkazilgan o’quvchilarning bir qismi oddiy asbob bilan qolgan qismi bo’lsa, o’ruvchi qismning diametri 8 mm bo’lgan bolg’alar va 5 mm zubilalar bilan ishlagan. Bunda oddiy asboblar bilan ishlash aniqligiga qaraganda 3-4 marta yuqori talablar qo’yildi. Bunday sharoitda chap qo’lning turish holati bilan o’ng qo’lning harakati o’rtasida moslilik juda aniq bo’lish kerak. Bularning ozgina bo’lsa ham mos kelmasligi urilishining noto’g’ri bo’lishiga olib keladi.

    Ish xavfsiz bo’lichi uchun zubilaga qaling rezina saqlagich saqinasi, chap qo’lni esa bolg’aning urilishidan saqlaydi.

    Metalga slesarlik ishlov operatsiyalarini o’rganish uslubiyatining asosiy masalalari.

    O’lchash, to’g’rilash, bukish, kesish va qirqish, qaychi, arra egovlash rez’ba chiqarish va hakozalar.



    O’qituvchining mashqlarga tayyorlanish yo’llari.

    O’qish jarayonini rivojlantirish o’qituvchilarning darsga tayyorlanishi asosiy o’rin tutadi. O’qish jarayonini rejalashtirish orqali o’qituvchi va o’quvchilarning ustaxonalaridagi ishlarida mehnat o’qishining vazifalari va maqsadlariga uning ta’moinlariga va o’quvchilar bilan ishlashga qo’yiladigan boshqa talablarga bog’lanish hamma ishlarni oldin ola tushuncha berildi.

    O’qish ishni rejalashtirishda o’qituvchi ko’yidagicha asosiy didaktikaliq vazifalarni bajaradi.


    1. O’qish jarayonini moddiy tomondan o’z vaqtida ta’minlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Haqiqatdan ham ustaxonalarda turli materiallar va asboblar bilan taminlash muddatlari oldindan belgili bo’ladi.

    2. Mehnat darslarining mazmuni bilan boshqa o’qish predmetlarining mazmuni o’rtasidagi bog’lanishini shakllantiradi. O’qituvchi o’qish jarayonini o’qish materialini darslarga bo’lib, mehnat bo’yicha aniq mavzuni o’rganishga, o’quvchilar fizika, ximiya, matematika va boshqa darslarda qanday bilimlar olganligini aniqlaydi.

    Shunday kilib mehnat kilish bilan fan asoslarini o’rganish orasida didaktik bog’lanishni ta’minlash mumkin.

    1. Yog’ochni ishlash hamda materialni ishlash ustaxonalarining o’z-aro ish olib borishga erishiladi. Ustaxonadagi darslar jarayonida modellashtirishda yog’och va metall materiallardan kompleks buyumlar yasaydi. Bunday vaqtda o’quvchilarning ishlarini vaqt bo’yicha moslashtirish bo’yicha katta ahamiyatga ega bo’lib, buni faqat planlashtirish natijasida ishga oshirish mumkin.

    2. Choraklik, yarim yillik va yillik ishlab chiqarishda o’qituvchi uchun o’qish jarayonining rejasining o’rinlanishini tekshirish mumkin. Buning uchun rejalashtirilgan ishlari bilan amalda bajarilgan ishni ko’zdan kechirish etarli.

    3. O’quv bo’limi xalq ta’limi bo’limlari tomonidan o’qish jarayonini tekshirish bir qancha asonlashadi.

    O’quv yilining tamom bo’lishi bilan o’qituvchi kelasi o’quv yilining ishlariga tayyorlana boshlaydi. Mehnat o’qituvchisi asbob uskunalarining sharoitini tekshiradi, undagi kamchiliklarning oldini oladi. O’quv ishini rejalashtirish maktab dasturini va undagi tushuntirish xati o’zi mustaqil o’zlashtirishdan boshlanadi. Tushuntirish xatini o’rganishda ishning vazifalarini shuningdek o’quv ishini o’tkazishga, ko’rgazmali o’qish qurallaridan foydalanishga o’quvchilar xizmatini tekshirish, baholash va uslubiy ko’rsatmalarini tahlil kilish kerak bo’ladi.

    Shuningdek dasturning mazmuni bilan birma-bir tanishib chiqish lozim. Endi har bir sinf o’quvchilariga o’zlashtirish kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va moqirliklar, bilimlar va mavzular ularga ojiratilgan soatlar muqdori, mehnat ob’ektining tegishli tizimlarini ko’rsatilgan bo’ladi.

    Maktab dasturini o’rganish va analiz qilishni to’gatgandan keyin o’qituvchi o’quvchilarning ish ob’ekti sifatida xizmat qiladigan buyumlarni tanglashga kirishadi.

    Buyumlarni tanglash o’qituvchi mashqlarni o’tgazishga tayyorlanishda eng ahamiyatli bosqich bo’lib hisoblanadi. Shuning bilan qator tanglangan buyumlar o’z vazifalariga qarab jamiyatlik foydali xarakterga ega bo’lishi kerak.

    Shuningdek, ularga bir qancha talablar qo’yiladi, ular quyidagi:


    1. Buyumlarni tayyorlashda ishni talab qiladigan va rejalashtirilgan vaqt normasi o’qish kuchlari etadigan bo’lishi kerak.

    2. Buyumlarni ishlash o’quv dasturidagi belgili operatsiyalardan iborat bo’lishi kerak.

    3. Buyum vazifasi va konstruktsiyasi o’quvchilar tushuncha oladigan bo’lishi kerak.

    Bu talab a’lochi o’quvchilar har xil modellarni tayyorlaganda o’rinli bo’ladi.

    Maktab rahbarlari darsdagi mehnat mashqlarini har xil korxonalarining buyurtmalari asosida o’tkazishga intilib, bunday sharoitdagini o’quvchilarning mehnati ongli mehnatga aylanadi, bu bo’lsa o’quv tarbiya ishining natijali bo’lishiga o’z ta’sirini tekizadi.

    O’qituvchining navbatdagi mavzu bo’yicha mashqlarga tayyorlanishi kalendar’’ reja tuzishdan boshlanadi. Qulay sharoitda kalendar’ reja chorakka, yarim yilgi va bir yilga tuzilish mumkin. Agarda maktab korxona tomonidan materiallar bilan ta’minlangan bo’lsa, reja bir yilga tuzilish mumkin. Guruh bilan frontal formada o’rganishga bo’lmaydigan mavzular uchun grafik tuziladi . Masalan maktabda tokar’ stanogida materiallarini ishlash frontal formada ishlashga etarli bo’lmasa, unda o’quvchilarni sonini hisobga olib grafik tuziladi. Bu bo’yicha o’quvchilar dasturda nazarda tutilgan ishlarni navbat bilan bajaradi.

    O’quv mavzusining mazmunini ko’rsatuvchi barcha materialni o’qituvchi darslarga bo’ladi. Dars tiplarini ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlaydi, o’quvchilar ishlaydigan ob’ektlar va uskunalarni belgilaydi. Oldingi mehnat o’qituvchilarning ishlari ko’rsatilganda bu yoki boshqa mavzu bo’yicha dars o’tkazishga ko’ydagilarga e’tibor beriladi;

    - Mavzuning o’quv predmetidagi o’rni va o’quvchilar ishlashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma mohirliklari darajasi.

    - Nazariy praktika bilan bog’lanishligining

    - Mavzu materialning o’quvchilar o’zlashtirishini rivojlanishidagi ahamiyati;

    - O’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorligi ;

    - Materiallning ketme-ket bayonlanishi

    - O’quvchilar ishlab chiqarishning mosligi;

    - Mavzuni o’rganishdan kutilgan natija;

    - Darslar bilan o’quvchilarning sinfdan tashqari ishlar orasidagi bog’lanishi;

    Yuqorida ko’rsatilgan ishlar natijasida kelasi mavzuni o’rganishning kalendar’ rejasi tuzilishi mumkin. Konstruktsiyalash va mehnatni tashkil etishga qatnashish ishi borgan sari katta ahamiyatga ega. Shu sababli texnologik predmet kompleks konstruktorlik- texnologik, mumammali-analitik va bashqada sismavzular haqida mehnatlar payda bo’lmoqda.

    Oquv ustaxonalarida dars otish tizimi.

    Maktab ustaxonalarida ishlar sismavzusi haqidagi masala hozirgi kungacha pedagogika fani amaliyotida to’liq echilgan deb aytishga bo’lmaydi.

    Bir qator avtorlar V-IX sinflarda ustaxonalardagi ishlarni konstruktsion texnologik sismavzu bo’yicha tashkil etishni talab qiladi. Bu sismavzuni etakchi tarafi o’quvchilarning bajaruvchilik va shaxsiy qobiliyatini birlashtirishdan iborat. O’quvchilar mehnat ob’ektini bir tomonlama tayyorlashdan oldin uning konstruktsiyasi va ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshirish kerak bo’lgan sharoitida olib kelinadi. Dastlab ular bir qator texnika masalalarni bajaradi. Shundan keyin detallarni ishlashga ularni yig’ish va biriktirishga o’tadi. Shunday qilib, o’quvchilar mehnati o’qitish jarayonida oddiy mehnat jarayonlarini bajarib qolmay, shu harakatga bog’liq sharoitda kelib chiqadigan texnik masalalarni bajaradi.

    Maktab ustaxonalarida amaliy mehnat o’quv va ko’nikmalarni o’rgatish operatsion predmetsis mavzusi bo’yicha olib boriladi. Buni bir qator sabablardan kelib chiqib tasdiqlashimiz mumkin.

    Birinchidan dasturda operatsiyalarni tegishli turda o’rganish nazarda tutilmagan buning ustiga har bir operatsiyalarni o’rganish uchun qancha vaqt ketish ko’rsatilmaydi.

    Demak dasturda amaliy mehnat o’quv va ko’nikmalari operatsiya yoki operatsion kompleks sismavzusi bo’yicha amalga oshirishi nazarda tutiladi. Ikkinchidan- amaliy mehnat o’quv va ko’nikmalarini o’rgatish jarayonini tashkil etishning o’ziga o’quvchilar tayyorlash kerak bo’lgan ob’ektlar tuzilishidan iborat. Biroq bu tizim sharoitga qarab ayrim buyumlarni boshqalari bilan almashtirishga bo’ladi.

    Shunday qilib V–VIII sinflardagi texnik mehnat dasturining mazmuni o’qitishning yuqorida aytilganidek ko’p davom etmaydigan va o’qitish jarayonida deyarli rol’ o’ynamaydigan operatsion predmet sismavzusin qo’llanishga yo’naltirilgandek bo’ladi.


    1. Foydali ish jarayonida o’quvchilar yasaydigan hamma narsalar o’quvchilardan qunt bilan unga e’tibor berib mehnat qilishni talab qiladi.

    2. O’quvchilarning (o’ylab) topqirligi psixik komponentlarga qarab uskunalarning (o’ylab) topqirligiga yaqinlashadi.

    O’ylab topish uchun ahli faoliyatining yuqori sifatlariga bog’liq bo’ladi, unda bir yoki ikki psixik funktsiyalar emas, balki odamzod xizmatining psixologik, fizik kuchlari qobiliyati va uqubliklarining murakkab kompleksi qatnashadi.

    Har qanday o’ylab topish xizmati belgini bir masalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi va bunga ko’pincha fikr yuritish orqali erishadi.

    Bu xizmat natijasida kerakli bilimlardan yakunlar, yangi fikrlar paydo etadi. O’quvchilarning o’ylab topuvchanligi faoliyati jarayonini kattalarning boshqaruvchilik xizmati jarayonidagi kabi masalani echish amaliyatda qo’llanish bosqichlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarni har xil savol va masalalarni o’zi echish imkoniyatini o’z ichiga olgan mehnat faoliyatiga qo’yish bilan ularda intsiativalik va texnik o’y yuritishni (mehnat faoliyatiga qo’yish bilan ularda intsiativa) rivojlantirish muammosi o’z-o’zidan echilmaydi.

    Shuningdek o’quvchilarning o’zlari har xil shu sababli o’quvchilarni mehnat topshiriqlarida savollar va masalalar qo’yish orqali bajaruvchanlik faoliyati amalga oshirish mumkin. Shunday qilib o’quvchilarning o’ylab topuvchanligini tashkil etish ustaxonalardagi ishlarda o’qishga muammoli munosabat orqali amalga oshirish imkonini beradi. Texnika asoslarini o’rganish uchun o’quvchilarni kollektorli va asinxronli dvigatellar, elektr asboblari ularning tuzilishi bilan ham tanishtirish katta ahamiyatga ega.

    Texnologik o’rganish-ishlab chiqarish texnologiyasi bilan o’quvchilar yog’och hamda metalni ishlovda, elektr mantajlash ishlarini o’rinlashda tanishadi. Bunda o’quvchilar qo’lda va mashinada ishlash to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi. Maktab dasturlarida qo’lda ishlanadigan ishlarga mashinada bajariladigan ishlarga nisbatan bir qancha ko’proq vaqt ajratilgan. Buni bir qancha sabablar bilan dalillash mumkin.

    Birinchidan; qo’l mehnati hozirgi vaqtda keng qo’llanilib unga e’tiborsiz qarash mumkin emas.

    Ikkinchidan; qo’l asboblar bilan ishlaganda jarahatlanish xavfli stanoklarda ishlaganga qaraganda kamroq bo’ladi.

    Uchinchidan; materiallarda ishlashda mehnat operatsiyalarining mazmunini yozuvchi usullarning biri bo’lagidan stanoklarda ishlaganda ham foydalanishni esdan chiqarmaslik kerak. Shunday qilib materiallarni qo’lda va mashinada ishlovda ketma-ketlik kerak. Materiallarni mexanik ishlash texnologiyasi bilan tanishish vaqtida o’quvchilar belgili hajmda nazariy ma’lumotlar bilan tanishadi va tegishli amaliy o’quv ko’nikmalarini egallaydi. Masalan; o’quvchilar faner haqida yog’ochning fizikaviy va texnologik xususiyatlari qora va rangli metallar haqida, po’lat o’ndirish ularning asosiy navlari haqida qisqacha ma’lumotlar oladi. Tokar vint kesuvchi, teshuvchi, frezer stanoklarining vazifasi ishlash tamoyil to’g’risida fikrlarga ega bo’ladi.

    Kinematik sxemalarda o’rganadi, detal mexanizmlari bilan tanishadi. Dasturda o’quvchilarning texnik dokumentlar va ularni tuzish, ulardan foydalana bilish yo’llarida katta ahamiyat beriladi.

    Mehnat hamda ishlab chiqarish o’ndirish elementlari bilan tanishtiruv – mehnat dasturda o’quvchilarni ish o’rnining to’g’ri tashkil etish nazarga tutilgan bo’ladi. O’quvchilar yog’och metal elektr montaj operatsiyalarini o’rinlashni bajarishni ortiqcha vaqt sarflanmaslik uchun asbob hamda zagatovkalarni qanday joylashtirishi kerakligiga diqqat qiladi. Natijada o’quvchilarni ish o’rnini to’g’ri tanlash, mehnatni ilmiy jihatdan jihozlash haqida fikrlar foyda bo’ladi. Ustaxona darslarida ishlab chiqarishni tashkil etish haqida tushunchalar shakllanadi.

    Dasturda o’quvchilar ish unumdarligini orttirish to’g’risida bir qancha yaxshi imkoniyatlar yaratilgan. Dastlab o’quvchilar holda bajarilgan ish stanoklarida ishlanadigan ish bilan, stanoklardagi ish yarim avtomat va avtomat yordamida amalga oshadigan ish bilan solishtirish imkonini beradi. Ustaxona darslarida o’z-o’zini tekshirib borish xususiyatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirib berishi mumkin. Texnik modellashtirish hayotiy foliyatining rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bunda o’quvchilar uchun muammoli masalalar amalga oshiriladi. Ular jadal ko’rsatishga berilgan topshiriqni bajarish uchun o’z bilimlaridan foydalanishga to’g’ri keladi.
    Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish.

    O’quv ustaxonalarida durodgarlikga oid dastlabki mashg’ulotlar o’tkazilib, o’quvchilarning qo’li aralash va randalashga kelganidan keyin va kontrol o’lchov hamda rejalash asboblaridan to’g’ri foydalangan holda sodda bog’lash (birikma hosil qilish) usullarini o’rganib, ko’nikma va malakalar hosil qilganlaridan so’ng ularga mustaqil ravishda instruktsiyaviy yoki texnologik kartalar asosida buyumlar tayyorlash topshiriladi.

    Dastalarni o’rgatishda to’qmoqning dasta o’rni parmaning, teshilishi yoki uya ochilishi mumkin. Dastalar teshiklar orqali o’tkazilib o’rnatilsa, uning mustahkamligini ta’minlash uchun dasta elimlab o’rnatiladi va orqa tomondan ponalanadi. Dasta uyalarga kiritib o’rnatilsa, elimlanadi va qo’shimcha burama mix qoqib qotiriladi, shuningdek dastaning uchiga pona o’rnatilib birgalikda kiritiladi.

    Yog’och tsirkul’ yog’ochdan tayyorlanadigan maktab tsirkuli shumtol, eman, akatsiya, chinor kabi pishiq yog’ochlardan tayyorlanadi.

    Tsirkul’ quyidagicha tayyorlanadi.


    1. Tsirkulga mos yog’och tanlanadi va brusok tayyorlanadi.

    2. Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlari, tirnoq va quloqlar rejalanadi.

    3. Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratiladi va tirnoq chiqarilib quloq ochiladi.

    4. Oyoqlarni randalab, egovlab ma’lum shaklga keltiriladi.

    5. Oyoqlarga paynak (nayza) va bo’r tutkich o’rnatiladi.

    6. Oyoqlar alohida-alohida pardozlanadi.

    7. Tayyor oyoqlarni yig’ib, bolt va quloqli gayka yordamida qotiriladi.

    Tsirkulga mos yog’och tanlash va undan brusok tayyorlash ishlari 1-texnologik karta asosida olib boriladi.

    Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlarini rejalashda yog’och uchlaridan 5 sm dan qoldirib, go’niya yordamida reja chiziladi. Reja chiziqlari uchlaridan brusokning «beti» ga porsi go’niya bilan 450 burchak hosil qilib reja chiziladi. Bu chiziqlarning oralig’ini brusok enini teng ikkiga bo’lib, xatkash bilan reja chizig’i chiziladi.

    «Bet» dagi reja chiziqlarini orqaga simetrik ravishda ko’chirib, brusokning ikkala uchidan radiusli yarim aylang chiziladi va markaz (vint o’rni) belgilab qo’yiladi. Bu bilan tsirkulning ikki oyog’i rejalab ajratiladi. So’ngi tirnoq va quloqlar rejalanadi.

    Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratish quyidagicha bo’ladi:

    - brusokning ikki chetidan 450 li reja bo’yicha xatkash chizig’igacha arralanadi;

    - oyoqning birortasining uchidan arra polotnosi sig’adigan qilib xatkash chizig’igacha arralab, iskana bilan kiritiladi;

    Oyoqlarni randalab, kvadrat yoki muntazam olti yoqli shaklga keltiriladi, konuslanadi va uchlari paynak hamda bo’r tutkichga moslab o’lchanadi.

    Tirnoq quloq biriktirilib, oyoqlar juftlangandan keyin markaz bo’yicha 6mm li parma bilan vint o’rni teshiladi. Teshik orqali vint o’tkazilib, quloqli gayka bilan homaki qotiriladi va tirnoq, quloqlar birgalikda egovlanib, reja bo’yicha yarim aylana shaklga keltiriladi. (Vint, shayba, quloqli gaykalarning tayyoridan foydalaniladi.)

    Oyoq uchlariga konus shaklida tunukadan paynak va bo’r tutqich tayyorlab o’rnatiladi. Tsirkul’ yig’ma holicha yoki qismlarga ajratilib, jilvirlab silliqlanadi, yog’ochning turiga qarab alblanadi, loklanadi yoki bo’yaladi.

    Durodgarlik ish o’rnini asosini dastgoh (durodgorlik verstagi) tashkil etadi.




    1-rasm. Durodgarlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar:

    1-oldingi iskanja – (yon tishga); 2-ish taxtasi; 3- nav; 4-orqa iskanja – (bo’ylami tishga); 5- asboblar tochkasi; I – ponalar orasiga o’rnatib randalash; II,IV – oldingi iskanjaga qistirib randalash; III – orqa iskanjaga qistirib tilish.

    1-tonalar orasiga o’rnatib randalash: II, IҮ-oldingi iskanjaga qistirib randalash: III-orqa iskanjaga qistirib bilish.

    Dastgoh barcha turdagi durodgorlik ishlari bajaradigan, maxsus oyoqlarga o’rnatilgan ish stulidan iborat bo’lib unda arralash, randalash, o’yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajariladi. Stulning asosiy qismlari bo’lama va ko’ndalang diskalardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgani ishning taxtasi va asbob – uskunalar qo’yish uchun moslangan navdan iborat.

    Har bir ish o’rniga tegishli individal asbob-uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh naviga xavfsizlik texnikasi qoydalariga amal qilgan holda o’rnatiladi. Dasta arra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari ishloviga qaratilib terildi. Individual asboblarni devorga osilgan maxsus asboblar tochkasiga yoki dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bo’ylama kashakalarga taglik taxta o’rnatib, unga terib qo’yilishi mumkin. Dastgohdan foydalanib arralashda taxta materiallarining uzun-qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Qisqa va ensiz yog’och-taxtalarni arralashda ular bo’ylama diskaga qistirib olinadi. Enlik taxtalar ish taxtasi ustidagi ponalar orasiga o’rnatib tilinadi. Bu holda taxtaning tilib olinadigan ish taxtasidan chetga chiqarib o’rnatiladi. Uzun o’lchamdagi taxta materiallar ish taxtasi ustida qo’zg’almas ponaga tirab arralanadi.

    Taxtalarni randalashda ularning uzun-qisqaligiga qarab ko’chirib olib-qo’yiladigan ponalar orasiga o’rnatiladi. Taxtani ponalar orasiga o’rnatishda bo’ylama diskani ketiga qarab rez’basi uzilib, diski ishdan chiqishi mumkin. Agar randalanadigan taxta ponalar orasiga sig’masa, pona oldingilarga ko’chirib o’rnatiladi. Enli taxtalarning cheti (qirrasi) ko’ndalang diskasi o’rnatilib randalanadi. Taxtaning ikkinchi uchi yon ponalar yoki tirgaklar ustiga qo’yiladi.

    O’yish-teshish ishlarini bajarishda teshiladigan taxta material ish taxtasi ustiga ponalar orasiga o’rnatilib, bo’ylama diski yordamida qatirib qo’yiladi. Teshik ochishda dastgoh ish taxtasi o’yilib qolmasligi maqsadida teshiladigan taxta ostiga ehtiyot taxtasi o’rnatilib olish tavsiya etiladi.

    Ehtiyot taxtasidan foydalanib arralab qirqish ishlarini olib borish bo’ylama diskaga qistirib arralashga qaraganda ancha qulay. Bu taxtani bo’ylama diskaga qistirib o’rnatish va undan bo’shatib olish ishlaridan holi qiladi.

    Ehtiyot taxtasidan foydalanib o’yish-teshish ishlari olib borilganda verstagning ish taxtasi o’yilishdan saqlanadi. Natijada uning sifati buzilmaydi. Xizmat muddati ortadi.





    2-rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish.

    Agarda ehtiyot taxtasiga o’yilib-teshilib sifati buziladigan bo’lsa, uni yangilab olish mumkin. Buning uchun ortiqcha material va mehnat talab etilmaydi.

    Durodgarlik dastgohidan foydalanishda o’quvchilar qiynalmasligi va charchab qolmasligi maqsadida ish o’rni (dastgoh)ning balandligini o’quvchining bo’y pastiga qarab moslanadi. Dastgoh balandligining o’quvchi bo’yicha mosligin tekshirishda u qaddini bukmagan holda ikkala qo’lning kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qo’yadi (2-rasm) Bu holda uning qaddi bukilmasdan kafti ish taxtasiga etsa ish o’rnining balandligi o’quvchining bo’yiga mos hisoblanadi.

    Uchtexprom tomonidan ishlab chiqarilayotgan durodgarlik dastgohlarida ularni o’quvchilarning bo’yiga moslash imkonini beradigan pog’onali tagliklar bo’lib, ular yordamida ish taxtasining balandligi o’zgartiriladi. Pog’onali tagliklar ish taxtasini kerakli balandlikga ko’tarish imkonini bermasa, u holda dastgoh oyoqlari ostiga qo’shimcha qistirma yog’och mixlanadi.

    Agar pog’onali tagliklarni tushirish yo’li bilan dastgohning bo’yini pasaytirish iloji bo’lsa, bunday hollarda o’quvchining oyog’i ostiga taglik taxta qo’yib beriladi. Balandligi turlicha bo’lgan dastgohlar o’quv ustaxonalarida o’qituvchining ish o’rnidan boshlab tartib bilan ketma-ket o’rnatiladi.

    Dastgohlar joylashtirilgach nomerlanadi, har bir ish o’rniga tegishli individual asbob-uskunalar ham unga moslab nomerlanadi. So’ngra gruppalardagi o’quvchilar bo’y pastiga qarab ish o’rinlariga qa’tiy belgilab qo’yiladi. Bu narsa dastgohlarning asbob-uskunalarning butunligini ta’minlashga, ishdan qirqishning oldini olishga yordam beradi, o’quvchilarning ma’suliyatini oshiradi. O’quvchilarning ish joylarini almashtirib ko’chib yurishlariga, boshqa ish o’rinlaridagi asbob-uskunalardan beruhsat foydalanishlariga chek qo’yiladi va bu bilan ayrim hollarda xavfsizlik texnikasi qoydalari buzilishining oldi olinadi. Durodgarlik dastgohlardan foydalanishda uning qismlarni arralab, o’yib qo’ymasliklari, uning ustida mix to’g’irlamasliklari, bolta kabi asboblar bilan yog’och materiallarga ishlov bermasliklari o’quvchilarga alohida uqtiriladi. Mix to’g’irlash, yog’och taxtalarni chopish ishlari kunda ustida bajariladi. Dastgoh qismlarning butunligi, ish taxtasining sifati, tekisligi vaqt-vaqti bilan tekshirib, tuzatib turiladi.

    Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi sifatli chiqishi durodgarlikning ish malakasiga va u bilan birga kontrol-o’lchov hamda rejalash asboblaridan o’rinli, to’g’ri foydalana olishlariga bog’liq bo’ladi.

    Durodgarlikda masshtabli lineyka, porsi go’niya, vinti porsi go’niya, xatkash kabi kontorl-o’lchov va rejali asboblardan foydalaniladi. Masshtabli lineyka yordamida yog’och materiallarining, tayyor detal’ va buyumlarning o’lchamlari o’lchanadi va rejalash ishlari bajariladi. Masshtabli lineyka yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli o’lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga lineyka o’rnatilib qalam yoki chizg’ish bilan reja chiziq chiziladi. Masshtabli lineyka yordamida egri chiziqlarni ham rejalash mumkin. Buning uchun egri chiziq o’rniga uning egriligiga qarab har erga mix qoqib olinadi. So’ngra lineyka qirrasi shu mixlar bo’yicha egib yotqiziladi va qalam bilan reja chiziq chiziladi.

    Go’niya durodgarlikda randalangan sirtlarining bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini, taxta qirqimlarining go’niya asosida arralanganligini, buyum qismlarining go’niyaviy (to’g’ri burchak hosil qilib) biriktirilganligini va sirtlariga to’g’ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish reja chiziqlarini qolgan tomonlarga simmetrik ko’chirish maqsadida ishlatiladi.

    3-rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli lineyka; II-a-oddiy yog’och go’niya,1-kunda;2-lineyka;

    Go’niya yordamida randalangan taxta chetlarining go’niyaviyligini tekshirishda lineykani sirt bo’ylab surmasdan, balki sirtning har er har eriga ko’tarib ko’chirish yo’li bilan tekshiriladi. Aks holda lineyka kattiq yog’ochdan tayyorlanishiga qaramasdan ishqalanib eyiladi va go’niyaviyligini (to’g’ri burchakligi) buziladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan go’niyaning to’g’ri burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun kontrol go’niya asosida randalangan taxtaning «bet»iga tekshiriladigan go’niya lineykasining ichki qirrasi bo’yicha reja chizig’i chizib, shu reja chizig’i bo’yicha lineykani ag’darib tutiladi. Bu vaqtda lineykaning ichki qirrasi reja chizig’iga parallel yoki u bilan ustma-ust tushsa, go’niya to’g’ri burchakli tekshirish uchun yaroqli aks holda yaroqsiz tekshiriladi.

    Porsi go’niya. Bu buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari: eshik, deraza romlarining chaspaklari: javon, shkaf kabilarining karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go’niya yordamida bajariladi. Porsi go’niya lineykasi kundagi 450 burchak hosil qilib o’rnatiladi.

    Porsi go’niya yordamida rejalash go’niya yordamida rejalash singari bajariladi, bunda faqat «yordamchi bet»ga nisbatan «bet»lariga reja chiziq chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko’chirilmaydi.

    Vintli porsi go’niya lineyka kundagi vint yordamida qotiriladi, vintli bo’shatish yo’li bilan lineykani qo’ndag’iga nisbatin ixtiyoriy burchakka burib o’rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go’niya yordamida bir-biriga turli xil burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi.

    Vintli porsi go’niya yordamida chiziladigan reja chiziqlari faqat «bet» yuzlari chiziladi.

    Xatkash bu aniq o’lchamli qilib arralash, randalash, o’yish teshish ishlarini bajarishda yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi.

    Xatkashlar bir cho’pli, ikki cho’pli va ko’p chizg’ichli bo’lishi mumkin. Ikki cho’pli xatkashlar bir cho’plisiga qaraganda ishlatishga qulay ko’p chiziqli xatkashlar ko’p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib ular har bir birikma uchun maxsus tayyorlanadi.

    Xatkashlarni ishga sozlashda pona bo’shatilib cho’plar kundanda kerakli o’lchamga chiqariladi. Uning aniq o’lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun masshtabli lineyka yordamida kundadan cho’pning chizg’ich mixchaga bo’lgan oraliq o’lchanadi chizg’ichlar o’lchamiga yuzlangandan so’ng cho’plar kundaga pona yordamida qotirilib, o’lchamlar qayta tekshiriladi.

    Bir cho’pli va ikki cho’pli xatkashlardan foydalanib reja chiziladi. Undan enlik taxtalar masshtabli lineyka yordamida rejalanadi.

    Xatkash yordamida rejalashni to’g’ri tashkil etish uchun chizg’ich mixning cho’pdan oz-ko’p chiqishiga mos ravishda xatkashni surish yo’nalishiga qarab kundani shu yo’nalish bo’yicha ma’lum burchakka burib tutiladi. Kunda yog’och tik tutib surilsa, chizg’ich-mix chiqmaydi.

    Tsirkul’ bu duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’och ishlaydigan tokarliq stanoklarida detal’ va buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul’ yordamida rejalash ishlari bajariladi.

    Yog’och ishlanadigan tokarli stanoklarda metall tsirkuldan, taxta va fanerlarni rejalashda o’quvchilar tsirkuldan foydalanish mumkin. Tsirkul’ yordamida o’lchamga sozlashda masshtab lineykasidan foydalaniladi.

    Krontsirkul’ va nutromer. Yog’och ishlanadigan tokarliq stanoklarida tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o’lchashda, shuningdek, o’lchamga yuzlashda krontsirkul’ va nutromerdan foydalaniladi.

    Krontsirkul’ va nutromerni, o’lchamga sozlash va ular yordamida bajariladi. Tsirkul’ krontsirkul’, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni universal shtangentsirkul’ yordamida bajarish ham mumkin bo’ladi.

    Yog’och materiallardan buyum tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ishlar xilma-xil bo’lib, ulardan birinchisi arralashdir. Bu maqsadda har xil arralardan foydalaniladi.

    Duradgorlik o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan arralar shakliga qarab ikki turga bo’linadi.

    1. Dastarralar 2. Burcharralar.

    Dastarralar ham ikki qismdan: kashak va polotnodan iborat bo’lib, esa o’z navbatida dasta, kergi yog’och, torki ip, burama tayyoqcha va quloqlardan iborat, polotni kashakka quloqlar yordamida o’rnatiladi. Arralar qanday shaklga ega bo’lishlaridan qa’tiy nazar, vazifasiga ko’ra uch turga bo’linadi.



    1. Qirquvchi arralar. 2. Tiluvchi arralar. 3. Burilma ey arralar.

    Burch arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.

    Qirquvchi arralarning tishlari teng yonli uchburchaklilik shaklida bo’lib, polotnoga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan bo’ladi. Burilma yoy arralarning tishlari to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, ularning oldingi yoqlari polotnoga tik, ketingi yoqlari burchak hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari, burilma-yoy arralar (u dastarra yoki burcharra shaklida bo’lishdan qa’tiy nazar) polotnosining ensiz bo’lishi bilan tiluvchi va qirquvchi arralardan farq qiladi. Polotnoning ensiz bo’lishi ixtiyoriy egri chiziq bo’yicha erkin arralash imkonini beradi.

    Arralash shakli va vazifasidan qa’tiy nazar yirik tishli va mayin tishli bo’ladi. Yirik tishli arralar nam va yumshoq yog’ochlarni arralashda, xomaki yog’och materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin tishli arralar kurak va qattiq yog’ochlarni arralashda, tayyor detallarga ishlov berishda (tirnoq chiqarish, quloq ochishda) ishlatiladi.

    Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat;



    1. Arra tishlarining chaparrasini chiqarish.

    2. Arra tishlarini egovlash.

    3. Burcharralarda polotnoni qashakka nisbatan sozlab o’rnatish.

    Download 2,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi mavzuni bayon qilish uslubiyatlari

    Download 2,73 Mb.