• -rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli lineyka; II-a-oddiy yog’och go’niya,1-kunda;2-lineyka;
  • -rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish




    Download 2.73 Mb.
    bet9/26
    Sana04.04.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2888
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
    2-rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish.

    Agarda ehtiyot taxtasiga o’yilib-teshilib sifati buziladigan bo’lsa, uni yangilab olish mumkin. Buning uchun ortiqcha material va mehnat talab etilmaydi.

    Durodgarlik dastgohidan foydalanishda o’quvchilar qiynalmasligi va charchab qolmasligi maqsadida ish o’rni (dastgoh)ning balandligini o’quvchining bo’y pastiga qarab moslanadi. Dastgoh balandligining o’quvchi bo’yicha mosligin tekshirishda u qaddini bukmagan holda ikkala qo’lning kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qo’yadi (2-rasm) Bu holda uning qaddi bukilmasdan kafti ish taxtasiga etsa ish o’rnining balandligi o’quvchining bo’yiga mos hisoblanadi.

    Uchtexprom tomonidan ishlab chiqarilayotgan durodgarlik dastgohlarida ularni o’quvchilarning bo’yiga moslash imkonini beradigan pog’onali tagliklar bo’lib, ular yordamida ish taxtasining balandligi o’zgartiriladi. Pog’onali tagliklar ish taxtasini kerakli balandlikga ko’tarish imkonini bermasa, u holda dastgoh oyoqlari ostiga qo’shimcha qistirma yog’och mixlanadi.

    Agar pog’onali tagliklarni tushirish yo’li bilan dastgohning bo’yini pasaytirish iloji bo’lsa, bunday hollarda o’quvchining oyog’i ostiga taglik taxta qo’yib beriladi. Balandligi turlicha bo’lgan dastgohlar o’quv ustaxonalarida o’qituvchining ish o’rnidan boshlab tartib bilan ketma-ket o’rnatiladi.

    Dastgohlar joylashtirilgach nomerlanadi, har bir ish o’rniga tegishli individual asbob-uskunalar ham unga moslab nomerlanadi. So’ngra gruppalardagi o’quvchilar bo’y pastiga qarab ish o’rinlariga qa’tiy belgilab qo’yiladi. Bu narsa dastgohlarning asbob-uskunalarning butunligini ta’minlashga, ishdan qirqishning oldini olishga yordam beradi, o’quvchilarning ma’suliyatini oshiradi. O’quvchilarning ish joylarini almashtirib ko’chib yurishlariga, boshqa ish o’rinlaridagi asbob-uskunalardan beruhsat foydalanishlariga chek qo’yiladi va bu bilan ayrim hollarda xavfsizlik texnikasi qoydalari buzilishining oldi olinadi. Durodgarlik dastgohlardan foydalanishda uning qismlarni arralab, o’yib qo’ymasliklari, uning ustida mix to’g’irlamasliklari, bolta kabi asboblar bilan yog’och materiallarga ishlov bermasliklari o’quvchilarga alohida uqtiriladi. Mix to’g’irlash, yog’och taxtalarni chopish ishlari kunda ustida bajariladi. Dastgoh qismlarning butunligi, ish taxtasining sifati, tekisligi vaqt-vaqti bilan tekshirib, tuzatib turiladi.

    Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi sifatli chiqishi durodgarlikning ish malakasiga va u bilan birga kontrol-o’lchov hamda rejalash asboblaridan o’rinli, to’g’ri foydalana olishlariga bog’liq bo’ladi.

    Durodgarlikda masshtabli lineyka, porsi go’niya, vinti porsi go’niya, xatkash kabi kontorl-o’lchov va rejali asboblardan foydalaniladi. Masshtabli lineyka yordamida yog’och materiallarining, tayyor detal’ va buyumlarning o’lchamlari o’lchanadi va rejalash ishlari bajariladi. Masshtabli lineyka yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli o’lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga lineyka o’rnatilib qalam yoki chizg’ish bilan reja chiziq chiziladi. Masshtabli lineyka yordamida egri chiziqlarni ham rejalash mumkin. Buning uchun egri chiziq o’rniga uning egriligiga qarab har erga mix qoqib olinadi. So’ngra lineyka qirrasi shu mixlar bo’yicha egib yotqiziladi va qalam bilan reja chiziq chiziladi.

    Go’niya durodgarlikda randalangan sirtlarining bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini, taxta qirqimlarining go’niya asosida arralanganligini, buyum qismlarining go’niyaviy (to’g’ri burchak hosil qilib) biriktirilganligini va sirtlariga to’g’ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish reja chiziqlarini qolgan tomonlarga simmetrik ko’chirish maqsadida ishlatiladi.

    3-rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli lineyka; II-a-oddiy yog’och go’niya,1-kunda;2-lineyka;

    Go’niya yordamida randalangan taxta chetlarining go’niyaviyligini tekshirishda lineykani sirt bo’ylab surmasdan, balki sirtning har er har eriga ko’tarib ko’chirish yo’li bilan tekshiriladi. Aks holda lineyka kattiq yog’ochdan tayyorlanishiga qaramasdan ishqalanib eyiladi va go’niyaviyligini (to’g’ri burchakligi) buziladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan go’niyaning to’g’ri burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun kontrol go’niya asosida randalangan taxtaning «bet»iga tekshiriladigan go’niya lineykasining ichki qirrasi bo’yicha reja chizig’i chizib, shu reja chizig’i bo’yicha lineykani ag’darib tutiladi. Bu vaqtda lineykaning ichki qirrasi reja chizig’iga parallel yoki u bilan ustma-ust tushsa, go’niya to’g’ri burchakli tekshirish uchun yaroqli aks holda yaroqsiz tekshiriladi.

    Porsi go’niya. Bu buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari: eshik, deraza romlarining chaspaklari: javon, shkaf kabilarining karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go’niya yordamida bajariladi. Porsi go’niya lineykasi kundagi 450 burchak hosil qilib o’rnatiladi.

    Porsi go’niya yordamida rejalash go’niya yordamida rejalash singari bajariladi, bunda faqat «yordamchi bet»ga nisbatan «bet»lariga reja chiziq chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko’chirilmaydi.

    Vintli porsi go’niya lineyka kundagi vint yordamida qotiriladi, vintli bo’shatish yo’li bilan lineykani qo’ndag’iga nisbatin ixtiyoriy burchakka burib o’rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go’niya yordamida bir-biriga turli xil burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi.

    Vintli porsi go’niya yordamida chiziladigan reja chiziqlari faqat «bet» yuzlari chiziladi.

    Xatkash bu aniq o’lchamli qilib arralash, randalash, o’yish teshish ishlarini bajarishda yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi.

    Xatkashlar bir cho’pli, ikki cho’pli va ko’p chizg’ichli bo’lishi mumkin. Ikki cho’pli xatkashlar bir cho’plisiga qaraganda ishlatishga qulay ko’p chiziqli xatkashlar ko’p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib ular har bir birikma uchun maxsus tayyorlanadi.

    Xatkashlarni ishga sozlashda pona bo’shatilib cho’plar kundanda kerakli o’lchamga chiqariladi. Uning aniq o’lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun masshtabli lineyka yordamida kundadan cho’pning chizg’ich mixchaga bo’lgan oraliq o’lchanadi chizg’ichlar o’lchamiga yuzlangandan so’ng cho’plar kundaga pona yordamida qotirilib, o’lchamlar qayta tekshiriladi.

    Bir cho’pli va ikki cho’pli xatkashlardan foydalanib reja chiziladi. Undan enlik taxtalar masshtabli lineyka yordamida rejalanadi.

    Xatkash yordamida rejalashni to’g’ri tashkil etish uchun chizg’ich mixning cho’pdan oz-ko’p chiqishiga mos ravishda xatkashni surish yo’nalishiga qarab kundani shu yo’nalish bo’yicha ma’lum burchakka burib tutiladi. Kunda yog’och tik tutib surilsa, chizg’ich-mix chiqmaydi.

    Tsirkul’ bu duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’och ishlaydigan tokarliq stanoklarida detal’ va buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul’ yordamida rejalash ishlari bajariladi.

    Yog’och ishlanadigan tokarli stanoklarda metall tsirkuldan, taxta va fanerlarni rejalashda o’quvchilar tsirkuldan foydalanish mumkin. Tsirkul’ yordamida o’lchamga sozlashda masshtab lineykasidan foydalaniladi.

    Krontsirkul’ va nutromer. Yog’och ishlanadigan tokarliq stanoklarida tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o’lchashda, shuningdek, o’lchamga yuzlashda krontsirkul’ va nutromerdan foydalaniladi.

    Krontsirkul’ va nutromerni, o’lchamga sozlash va ular yordamida bajariladi. Tsirkul’ krontsirkul’, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni universal shtangentsirkul’ yordamida bajarish ham mumkin bo’ladi.

    Yog’och materiallardan buyum tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ishlar xilma-xil bo’lib, ulardan birinchisi arralashdir. Bu maqsadda har xil arralardan foydalaniladi.

    Duradgorlik o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan arralar shakliga qarab ikki turga bo’linadi.

    1. Dastarralar 2. Burcharralar.

    Dastarralar ham ikki qismdan: kashak va polotnodan iborat bo’lib, esa o’z navbatida dasta, kergi yog’och, torki ip, burama tayyoqcha va quloqlardan iborat, polotni kashakka quloqlar yordamida o’rnatiladi. Arralar qanday shaklga ega bo’lishlaridan qa’tiy nazar, vazifasiga ko’ra uch turga bo’linadi.



    1. Qirquvchi arralar. 2. Tiluvchi arralar. 3. Burilma ey arralar.

    Burch arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.

    Qirquvchi arralarning tishlari teng yonli uchburchaklilik shaklida bo’lib, polotnoga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan bo’ladi. Burilma yoy arralarning tishlari to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, ularning oldingi yoqlari polotnoga tik, ketingi yoqlari burchak hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari, burilma-yoy arralar (u dastarra yoki burcharra shaklida bo’lishdan qa’tiy nazar) polotnosining ensiz bo’lishi bilan tiluvchi va qirquvchi arralardan farq qiladi. Polotnoning ensiz bo’lishi ixtiyoriy egri chiziq bo’yicha erkin arralash imkonini beradi.

    Arralash shakli va vazifasidan qa’tiy nazar yirik tishli va mayin tishli bo’ladi. Yirik tishli arralar nam va yumshoq yog’ochlarni arralashda, xomaki yog’och materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin tishli arralar kurak va qattiq yog’ochlarni arralashda, tayyor detallarga ishlov berishda (tirnoq chiqarish, quloq ochishda) ishlatiladi.

    Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat;



    1. Arra tishlarining chaparrasini chiqarish.

    2. Arra tishlarini egovlash.

    3. Burcharralarda polotnoni qashakka nisbatan sozlab o’rnatish.



    Download 2.73 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Durodgarlik dastgohining balandligini tekshirish

    Download 2.73 Mb.