Asboblar tayyorlashni shakllantirish




Download 2.73 Mb.
bet11/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Asboblar tayyorlashni shakllantirish

Duradgorlik o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar ishlashdan oldin asboblarning tishlari uchburchak shaklidagi mayin egov bilan juft tishlarning hammasi bir tomondan egovlanadi. Unda polotnoga 900 burchak hosil qilib tutilib, gorizontal yo’nalishda topiladi.

Qirquvchi arralarning tishlari, tishlarning yirik va mayinligiga qarab, uchburchak yoki romb shaklidagi egovlar bilan egovlanadi. Kirquvchi arralarning tishlarini egovlashda egov polotnoga nisbatan ma’lum burchak hosil qilib tutilib, toq sondagi tishlari bir tomondan, juft sondagi tishlar ikkinchi tomondan egovlanadi.

Dastarralarni ishga sozlash chaparra chiqarish va egovlash bilan tugallanadi.

Burcharralarda chaparra chiqarish, ularni egovlash bilan bir qatorda kashagi sozlanadi va polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o’rnatiladi. Arralangan taxtaning eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi. Buning uchun burama nisbatan quloqlar yordamida buriladi. Buning uchun burama tayoqchani qaytarib, tortib bo’shatiladi va ikkila quloqni baravar burish yo’li bilan polotno kashakka nisbatan sozlanadi. Duradgorlik o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar davomida arralar bilan bir qatorda faneralarni lobzik yordamida arralash ishlari ham o’rganiladi.

Lobzik «P» harfi shaklidagi stanok-ramkadan iborat bo’lib, uning uchiga lobzik polotnosini qotirish uchun qisqichlar o’rnatiladi. Yuqoriga qisqich surilma vintga o’rnatiladi, ular xil uzunlikdagi polotnolarni o’rnatish va taranglash imkonini beradi.

Yog’ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralanib olingandan so’ng uning sirtini tozalash silliqlab tekislash va aniq o’lchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi.

Duradgorlik randalari vazifalariga ko’ra sirtlarni tozalash, silliqlash, tekislash maqsadida ishlatiladigan, ya’ni yog’ochga birlamchi ishlov beruvchi randalarda va maxsus randalarga bo’linadi. Bular sherxebel’ taxta randa, mushranda, japsrandalardan, hamda zakrov randa, chak randa, konish randa, dila randa, chorabzol randalar va boshqalardan iborat.

Sherxebel’ bu yog’och materiallarning sirtini tozalash va qalin payraxa olish yo’li bilan homaki randalash maqsadida ishlatiladi.

Sherxebel’ning asosiy qismlari kunda tig va ponadan iborat bo’lib kundasining uzunligi 250-260mm, eni 40-45mm qalingligi 60mm bo’ladi. Sherxebelda sirtlarni silliq va tekis randalab bo’lmaydi.

Sirtlarni silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi. Taxta randa sherxebel’dan kundasining enliligi va tig’ining to’g’ri bo’lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 55-60mm, tig’ining eni 45-60mm bo’ladi. Ayrim hollarda o’qituvchilarning yoshlarini qobiliyatlarini hisobga olib sirtlarni silliqlash maqsadida taxta o’rnida sherxebel’dan foydalanish mumkin. Buning uchun sherxebel’ning tig’i charxlab, to’g’ri tig’li qilib beriladi.

Mushranda bu tuzilishi jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig’ida qo’shimcha temir pushtax bo’lib, u payraxani sindirish vazifasini o’taydi. Shuning uchun temir mushtakni tig’ning kesuvchi qirrasiga yaqin o’rnatiladi. Shu tariqa o’rnatilganda tig’ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni engillashtiradi. Shunday qilib, mushranda yordamida yog’och materiallarning sirti silliqlanadi. Shuningdek, yig’ilgan tayyor buyumlarga dastlabki pardoz beriladi, buyum sirtidagi notekisliklar randalab tekislanadi.

Japs randa bu taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham ular bilan tekis randalab bo’lmaydi. Japs randa kundasi uzun (700-800mm), enlik (70-80mm). Tig’ining eni 55-60mm bo’ladi. Japs randaga, ko’pincha temir pushtakli tig’ o’rnatiladi. Bu randa yordamida randalashda sirtlar tekis chiqishi uchun payraka yupqa olinadi va qaling payraka olinsa, sirt tekis chiqmaydi. Randalarni ishga sozlash tig’lar o’tmas bo’lib qolganda ularni kundadan chiqarib charxlash, charxlashda hosil bo’lgan kirovni to’kish va tig’ni kundaga qaytadan to’g’ri o’rnatish lozim.

Arralangan yoki randalangan sirtlarning bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini tekshirish hamma vaqt «bet» yoki «yordamchi bet»ga nisbatan olib boriladi. Sirtlarning bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini tekshirishda go’niya kundasi 2bet» yoki «yordamchi bet»ga jips tutilib, so’ngra go’niya lineykasi tekshiriladigan sirt (qirra yoki qirqim) ga tushiriladi. Lineykaning sirtga jips tegish yoki tegmasligiga qarab sirtlarning to’g’ri arralangan yoki randalanganligi haqida xulosa chiqariladi.

Go’niya yordamida randalangan taxta chetlarining go’niyaviyligini tekshirishda lineykani sirt bo’ylab surmasdan, balki sirtning har er har eriga ko’tarib ko’chirish yo’li bilan tekshiriladi. Aks holda, lineyka qattiq yog’ochdan tayyorlanishiga qaramasdan, ishqalanib eyiladi va go’niyaviyligi (to’g’ri burchakligi) buziladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan go’niyaning to’g’ri burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun kontrol go’niya lineykasining ichki qirrasi bo’yicha reja chizig’i chizib, shu reja chizig’i bo’yicha lineykani ag’darib tutiladi. Bu vaqtda lineykaning ichki qirrasi reja chizig’iga parallel yoki u bilan ustma-ust tushsa, go’niya to’g’ri burchakli, tekshirish uchun yaroqli, aks holda yaroqsiz hisoblanadi. Lineyka tashqi qirrasining to’g’riligi ham shu tariqa tekshiriladi.

Go’niya yordamida reja chizig’ini qolgan tomonlarga olib o’tishda ko’chirish tartibiga rioya qilinadi. Reja chizig’i birinchi navbatda ba’za yuzlarga chizilib («bet» va «yordamchi bet»lar rejalash ba’za yuzasi hisoblanadi), ular orqali qolgan tomonlarga olib o’tiladi. Masalan, «bet» dagi reja chizig’i taxtaning ikki cheti (qirrasi) ga kuchiriladi, orqa tomonga «yordamchi bet» orqali ko’chiriladi. Reja chizig’i hech qachon orqa tomon orqali olib o’tilmaydi.





Download 2.73 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asboblar tayyorlashni shakllantirish

Download 2.73 Mb.