Krontsirkul’ va nutromer. Yog’ochga ishlov berish




Download 2.73 Mb.
bet13/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Krontsirkul’ va nutromer. Yog’ochga ishlov berish ishlanadigan tokarlik stanoklarida tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o’lchashda, shuningdek, o’lchamga sozlashda krontsirkul’ va nutromerdan foydalaniladi.

Krontsirkul’ va nutromerni o’lchamga sozlash va ular yordamida olingan o’lchamlarni hisoblash masshtabli lineyka yordamida bajariladi.

Tsirkul’, krontsirkul’, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni universal kontrol o’lchov va rejalash asbobi hisoblangan shtangentsirkul’ yordamida bajarish ham mumkin.

Yog’och materiallardan buyum tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ishlar xilma-xil bo’lib, ulardan birinchisi arralashdir. Bu maqsadda har xil arralardan foydalaniladi.

Duradgorlik o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan arralar shakliga qarab ikki turga

Dastarralar. Burcharralar.

Dastarralar ikki qismdan: dasta va polotnodan iborat. Polotno dastagi parchinlab qotiriladi yoki vint yordamida o’rnatiladi.

Burcharralar ham ikki qismdan: kashak va polotnodan iborat. Kashak esa o’z navbatida dasta, kergi yog’och, tortqi ip, burama tayoqcha va quloqlardan iborat. Polotno kashakka quloqlar yordamida o’rnatiladi.

Arralar qanday shaklga ega bo’lishlaridan qa’tiy nazar, vazifasiga ko’ra uch turga bo’linadi: 1. Qirquvchi arralar. 2. Tiluvchi arralar. 3. Burilma yoy arralar.

Bu arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi



  1. Qirquvchi arralarning tishlari teng yonli uchburchaklik shaklida bo’lib, polotnoga nisbatan tik joylashadi.

  2. Tiluvchi arralarning tishlari qiyshiq burchakli uchburchak shaklida bo’lib, polotnoga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan.

Burilma yoy arralarning tishlari to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, ularning oldingi yoqlari polotnoga tik ketingi yoqlari burchak hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari burilma – yoy arralar (u dastarra yoki burcharra shaklida bo’lishidan qat’iy nazar) polotnosining ensiz bo’lishi bilan tiluvchi va qirquvchi arralardan farq qiladi. Polotnoning ensiz bo’lishi ixtiyoriy egri chiziq bo’yicha erkin arralash imkonini beradi. Arralar shakli va vazifasidan qa’tiy nazar, yirik tishli va mayin tishli bo’ladi. Yirik tishli arralar nam va yumshoq yog’ochlarni arralashda, homaki yog’och materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin tishli arralar quruq va qattiq yog’ochlarni arralashda, tayyor detallarga ishlov berishda ( tirnoq chiqarish, quloq ochishda) ishlatiladi.



Download 2.73 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Krontsirkul’ va nutromer. Yog’ochga ishlov berish

Download 2.73 Mb.