• 6 – Rasm, b: a – tiluvchi arra tishlarining, b- qirquvchi arra tishlarning chapparasi
  • -rasm. Burcharrani ishga sozlash: A-polotnoni burab to’g’irlash; b- polotnoni kashakka nisbatan burish yo’li bilan to’g’irlash




    Download 2.73 Mb.
    bet10/26
    Sana04.04.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2888
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    4-rasm. Burcharrani ishga sozlash: A-polotnoni burab to’g’irlash; b- polotnoni kashakka nisbatan burish yo’li bilan to’g’irlash.


    5 – rasm, A-tiluvchi arra tishlari b- qirquvchi arra tishlari v- arralash arra tishlari g- tiluvchi arra tishlarining chaparrasi, d-qirquvchi arra tishlarining chaparrasi.


    6 – Rasm, b: a – tiluvchi arra tishlarining, b- qirquvchi arra tishlarning chapparasi

    Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, mehnat ta’limi metodikasida juda muhim o’rin tutadi. Uning asosini instruktaj va mashqlar kabi metodlar tashkil qiladi. Mehnat ko’nikma va malakalari shakllantirishning hozir qo’llayotgan metodikasini traditsion metodika deb atash mumkin, chunki u allaqachonlar ana shunday atalgan edi. Bu metodikaning asosiy xususiyati shuki, unda o’qitish protsessi o’qituvchining mehnat usullarini namoiyish etish va o’quvchilarning unga taklif qilishi asosida tashkil topadi.

    Ammo oxirgi o’n yilliklarda psixolog va pedagoglarning e’tiborini mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish protsessining ba’zi yangi jixatlarini o’ziga tortadi, bular mehnat ta’limi samaradorligini oshirishning qo’shimcha rezervlarini shakllantirishning fiziologik va psixologik asoslarini ishlab chiqish yo’llarni metodikadan qo’llash nazarda tutilmoqda.

    Psixologik va metodik tadqiqotlar o’qituvchilarning mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga oid ilg’or tajribalarini o’rganish bu ko’nikma va malakalarini muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat ekanini ko’rsatmoqda: 1) bajarish usullarini tushunish; 2) o’quvchilarga zarur bilimlarning mavjud bo’lishi; 3) ta’lim metod va usullarning shakllantirilayotgan ko’nikma va malakalarning xususiyatlariga mosligi; 4) instruktajning samaradorligi; 5) mashqlarning etarli miqdorda bo’lishi; 6) o’quvchilarni baholash natijalaridan xabardorligi; 7) o’quvchilar faoliyatining aktiv harakteri.

    Mana shu shartlardan eng kamida ikkita xulosa chiqarish mumkin:


    1. Ko’nikma va malakalarni shakllantirishda mehnat ta’limining mashqlar va instruktaj metodlarini hal qilish katta ahamiyatga ega, shu nuqtai nazardan ta’limning traditsion metodikasi taqdirlashga molikdir.

    2. O’quvchilarning ongli faoliyatini ta’minlash sharti birinchi o’rinda turadi; bu shart traditsion metodikada etarlicha baholanmaydi.

    Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirishning muvaffaqiyatli ko’p jihatdan o’quvchilar ta’lim protsessini qanchalik anglashiga va unda qanchalik aktiv qatnashishlariga bog’liq ekanligi anchagina tadqiqotlar natijasida aniqlanadi. Shu sababli keyingi yillarda ta’limda onglilikni oshirishga o’quv ishi protsessida o’quvchilarni aktivlashtirishga va ta’limda shunday sharoitlarni vujudga keltirishga yordam beradigan shartlarni aniqlash bo’yicha ko’p ishlar qilindi.

    Instruktaj va mashqlarga o’qitish metodlari sifatida qo’yiladigan hozirgi talablarni to’g’ri tushunmoq uchun mehnat ta’limi protsessida onglilik va aktivlik problemasini fiziologiya, psixologiya va pedagogikaning hozirgi yutuqlari asosida kurib chiqish zarur.

    Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish protsessida o’quvchilarning ongliligi faoliyatining dastlabki asosiga tayanadi, u esa navbatida faoliyat tarziga, ya’ni faoliyatini qanday va qaysi tartibda bajarish haqidagi tasavvurga tayanadi. Fiziologik nuqtai nazardan bunday ta’sir o’zini-o’zi boshqarish protsessi bilan uni amalda bajarish o’rtasida muvafiqlikka erishish va uni saqlash uchun zarurligi I.N. Sechenov tomonidanoq asoslangan edi.

    Mehnat ta’limi amaliyotida psixologlarning inson ixtiyoriy harakatlarni idora qilishda dastlabki tajriba faoliyatning roli haqidagi ta’limotni rad etib yo’naltiruvchi asos mavjud bo’lganda ixtiyoriy faoliyatga o’rgatish eng ason bo’lishini uqtiradilar. Bunda faoliyatning dastlabki asosi murakkabligi ko’rsatiladi, bu asos umuman ko’ruv , tovush va boshqa harakat obrozlarni shuningdek, uni bajarishning ma’lum ketma-ketligini nazarda tutadi. O’qitish metodikasi jihatidan harakatning yo’naltiruvchi asosi oxirgi mahsulotga aylantirish qoydasini har bir operatsiyaning bajarilishini kontrol’ qilish harakatini ham o’z ichiga oladi.

    Didaktik tadqiqotlar mehnat harakatlarini namoyish qilishdan o’quv-metodik hujjatlarni qo’llash va hakozalar harakatlarning yo’naltiruvi asoslarini shakllantirishga yordam berishini ko’rsatadi.

    Shunday qilib, yo’naltiruvchi faoliyatining insonning ixtiyoriy harakatalarini idora qilishdagi rolidan kelib chiqib mehnat ko’nikma va malakalarini ongli o’zlashtirishning sharti deb qarab, instruktaj va mashqlarga ularni shakllantiruvchi asosiy metodlar sifatida talablar qo’yish mumkin. Asosiy talablar jumlasiga o’quvchilarning o’zini-o’zi kontrol qilishni ta’minlash, o’quv texnik hujjatlardan foydalanish, o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlariga tayanch, problemali ta’limni qo’llashni kiritish mumkin.

    Mazkur talablarni bajarish bo’yicha hozirgi zamon didaktik tadqiqotlarga tayanuvchi ba’zi tavsiyalarni ko’rib o’tamiz.

    Hozirgi mehnat ta’limi metodikasining rivojlanishini o’nlab yillar davomida to’plangan va ko’p avlodlar praktikasida sinalgan tavsiyalar tanqidiy analiz qilinishi bilan harakterlanadi. Texnik vositalardan foydalanishi tufayli bunday analiz qilish mumkin bo’lmoqda.

    Tadqiqotchilar texnik vositalar sirtdan kuzatish mumkin bo’lmaydigan protsess va hodisalarga aylantira olishni ta’kidlamoqdalar. Bunga texnik vositalar insonning sezgi a’zolariga qaraganda yaxshi idrok etishi va shu bilan birga tadqiq qilinayotgan protsess va hodisalarni bevosita kuzatish uchun zaruriy tezlik va aniqliqda qayd qilish imkonini berishi mumkin.

    Texnik vositalar o’rganilayotgan hodisalarni yuqori ob’ektiv aniqliqda aks ettirib, keyin ularni sezgi organlari bilan to’la boshlang’ich ma’lumotlar olish uchun zaruriy tezlik va fazoviy masshtabda takrorlash imkonini beradi. Har bir bioelektrik priborlar tufayli inson organlarining fiziologik holati muhim ma’lumotlarni olish va shu tarixa mehnat harakatini boshqarish protsesslarini ochishga yaqinlashish mumkin.

    Ta’lim-mehnat protsesslarini tadqiq qilishga texnik vositalarni qo’llab, faqat sifat emas, balki miqdoriy analiz qilish uchun va etarli ishonchli ma’lumotlar olish mumkin. Ta’lim mehnat protsesslarining boshqa pedagogik protsesslarga nisbatan afzalligi shundan iboratki ular ko’p jihatdan va o’lchashga bo’ysinadi. Buni, agar metodlarni o’rgatish protsessini tadqiq qilinsa, ishonchli ko’rsatish mumkin.

    Metallarni egovlash operatsiyasini egallashda eng qiyini egovni muvozanatda tutish, ya’ni uni berilgan tekislikda to’g’ri harakatlantirishni o’rganish ekani ma’lum. Egovning berilgan tekislikdan (masalan, gorizontaldan) ishlov berilayotgan sirtda o’yidim-cho’kur hosil bo’lishiga, ishlov berish aniqlikning pasayishiga sabab bo’ladi.

    Egovni o’rganish-usullarini bajarishga halal beradigan faktorlarni bartaraf qilishni o’rganishdan iborat ekanligi aniqlandi. Bunday faktorlar jumlasiga muskullarning plastikligi, ularning dastlabki vaziyatlari va fiziologik holatlari, ishlov berilayotgan materialning qarshiligi va hakozalar kiradi. Ish sur’ati pasayganda bu faktorlarning salbiy ta’siri kamayadi, shu sababli mehnat harakatlarini to’g’ri bajarish oson bo’lib qoladi, ammo bunda bu faktorlarni bartaraf qilish va normal sur’atda mehnat usullarini to’g’ri bajarish malakalari shakllanmaydi. Demak, sekinlashtirilgan sur’atdagi mashqlarning muvaffaqiyati uchun muhim shart sifatida qarash mumkin.

    Hozirgi mehnat ta’limi metodikasining rivojlanishi shu bilan harakterning rivojlanishi shu bilan harakterlanadiki, unda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirishda ongning etakchilik rolini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bunga avvalo o’quvchilarni o’z mehnat va uni boshqarishga maksimal qatnashtirish tufayli erishiladi.

    O’z-o’zini kontrol’ qilish va boshqarish asosida teskari aloqalar sismavzusi yotadi, bu sismavzu bajarilayotgan faoliyatni, uning borishi va natijalarini baholab kontrol’ qilish imkonini beradi. O’z-o’zini aktiv kontrol’ qilish asosida sekin-asta bajariladigan faoliyatni, aniqlash mashqlar protsessining asosiy psixologik mazmuni hisoblanadi. Shu bilan birga o’zini-o’zi kontrol’ qilish, hamma turdagi ko’nikma va malakalarning shakllanishi uchun zarur shart va ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. O’z-o’zini kontrol’ qilishni o’rganish butun bilim, ko’nikma va malakalar sismavzusining o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham mehnat ta’limida alohida e’tiborni talab qiladi. Tekshirishlar o’z-o’zini uzliksiz kontrol’ qilish, uning aktiv va ongli harakterda bo’lishi muhim ekanligini, shuningdek, kuzatish parametri to’g’ri tanlansa o’z-o’zini kontrol’ qilish samaradorligi ortishni va faoliyat obrazining ob’ektivlashuvi maxsus texnik vositalar bilan ta’minlashini ko’rsatadi. Shu maqsadda, keyingi yillarda trenajyorlar tipidagi har xil moslamalardan tobora ko’proq foydalanilmoqda, bu trenajer o’quvchilarga o’z mehnat faoliyatlarda berilgan parametrlar (kuch, fazoviy yoki tezlik) dan chetlanishlarni idrok qilish, ya’ni o’z-o’zini kontrol’ qilish uchun sharoitlar yaratiladi. Bunday moslamalardan ikkitasi metallarga ishlov berishni o’rganish metodikasi haqidagi bo’limda ko’rsatilgan.

    Trenajyorlar tipidagi moslamalarni qo’llanishning maqsadga muvafiqligi shubhasizdir, ammo ularni qo’llash metodikasini yanada chuqurroq o’rganish lozim.

    Ko’pchilik metodistlar trenajyorlarni vaqti-vaqtida o’z-o’zini kontrol’ qilish uchun qo’llash kerak, deb biladilar.

    Hozirgi vaqtda mehnat ta’limida o’quv texnik hujjatlarni qo’llashga katta ahamiyat berilmoqda. Yozma grafik instruktsiyalarning bir necha asosiy formalarni qo’llashning maqsadga muvafiqligi maxsus tekshirishlarda va amaliyotda isbotlangan bo’lib ular instruktsiya kartalari va karta topshiriqlardan iborat bo’lib, ularning mazmuni ta’limning davricha, ishlab chiqarish malakalari qanday shakllanayotganligi va pedagogik protsessida qanday o’rin tutishiga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Instruktsion texnologik hujjatlarning uch tipi ayrim usul va operatsiyalarni bajarish uchun ta’limiy-instruktsion kartalarni alohida operatsiya va kompleks ishlarni bajarishga mo’ljallangan instruktsion texnologik kartalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik kartalarni qo’llash tavsiya etiladi.

    Ta’limiy-instruktiv materiallar ishlab chiqarishda texnik hujjatlar keng qo’llanishi sababli bir tomondan ishlab chiqarish tajribasini, ikkinchi tomondan esa o’quv topshiriqlarini hisobga olib tuziladi.

    Ta’limiy – texnik hujjatlarida ishlab chiqarish hujjatlarida qo’shimcha ma’lumotlar (o’quv uchun mehnat usullarini bajarishga, braklarning oldini olishga doir instruktsiya va boshqalar) kiritiladi.





    Download 2.73 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Burcharrani ishga sozlash: A-polotnoni burab to’g’irlash; b- polotnoni kashakka nisbatan burish yo’li bilan to’g’irlash

    Download 2.73 Mb.