Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish




Download 2.73 Mb.
bet7/26
Sana04.04.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish.

O’quv ustaxonalarida durodgarlikga oid dastlabki mashg’ulotlar o’tkazilib, o’quvchilarning qo’li aralash va randalashga kelganidan keyin va kontrol o’lchov hamda rejalash asboblaridan to’g’ri foydalangan holda sodda bog’lash (birikma hosil qilish) usullarini o’rganib, ko’nikma va malakalar hosil qilganlaridan so’ng ularga mustaqil ravishda instruktsiyaviy yoki texnologik kartalar asosida buyumlar tayyorlash topshiriladi.

Dastalarni o’rgatishda to’qmoqning dasta o’rni parmaning, teshilishi yoki uya ochilishi mumkin. Dastalar teshiklar orqali o’tkazilib o’rnatilsa, uning mustahkamligini ta’minlash uchun dasta elimlab o’rnatiladi va orqa tomondan ponalanadi. Dasta uyalarga kiritib o’rnatilsa, elimlanadi va qo’shimcha burama mix qoqib qotiriladi, shuningdek dastaning uchiga pona o’rnatilib birgalikda kiritiladi.

Yog’och tsirkul’ yog’ochdan tayyorlanadigan maktab tsirkuli shumtol, eman, akatsiya, chinor kabi pishiq yog’ochlardan tayyorlanadi.

Tsirkul’ quyidagicha tayyorlanadi.


  1. Tsirkulga mos yog’och tanlanadi va brusok tayyorlanadi.

  2. Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlari, tirnoq va quloqlar rejalanadi.

  3. Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratiladi va tirnoq chiqarilib quloq ochiladi.

  4. Oyoqlarni randalab, egovlab ma’lum shaklga keltiriladi.

  5. Oyoqlarga paynak (nayza) va bo’r tutkich o’rnatiladi.

  6. Oyoqlar alohida-alohida pardozlanadi.

  7. Tayyor oyoqlarni yig’ib, bolt va quloqli gayka yordamida qotiriladi.

Tsirkulga mos yog’och tanlash va undan brusok tayyorlash ishlari 1-texnologik karta asosida olib boriladi.

Tayyor brusokdan tsirkul’ oyoqlarini rejalashda yog’och uchlaridan 5 sm dan qoldirib, go’niya yordamida reja chiziladi. Reja chiziqlari uchlaridan brusokning «beti» ga porsi go’niya bilan 450 burchak hosil qilib reja chiziladi. Bu chiziqlarning oralig’ini brusok enini teng ikkiga bo’lib, xatkash bilan reja chizig’i chiziladi.

«Bet» dagi reja chiziqlarini orqaga simetrik ravishda ko’chirib, brusokning ikkala uchidan radiusli yarim aylang chiziladi va markaz (vint o’rni) belgilab qo’yiladi. Bu bilan tsirkulning ikki oyog’i rejalab ajratiladi. So’ngi tirnoq va quloqlar rejalanadi.

Brusokni tilib, oyoqlarni bir-biridan ajratish quyidagicha bo’ladi:

- brusokning ikki chetidan 450 li reja bo’yicha xatkash chizig’igacha arralanadi;

- oyoqning birortasining uchidan arra polotnosi sig’adigan qilib xatkash chizig’igacha arralab, iskana bilan kiritiladi;

Oyoqlarni randalab, kvadrat yoki muntazam olti yoqli shaklga keltiriladi, konuslanadi va uchlari paynak hamda bo’r tutkichga moslab o’lchanadi.

Tirnoq quloq biriktirilib, oyoqlar juftlangandan keyin markaz bo’yicha 6mm li parma bilan vint o’rni teshiladi. Teshik orqali vint o’tkazilib, quloqli gayka bilan homaki qotiriladi va tirnoq, quloqlar birgalikda egovlanib, reja bo’yicha yarim aylana shaklga keltiriladi. (Vint, shayba, quloqli gaykalarning tayyoridan foydalaniladi.)

Oyoq uchlariga konus shaklida tunukadan paynak va bo’r tutqich tayyorlab o’rnatiladi. Tsirkul’ yig’ma holicha yoki qismlarga ajratilib, jilvirlab silliqlanadi, yog’ochning turiga qarab alblanadi, loklanadi yoki bo’yaladi.

Durodgarlik ish o’rnini asosini dastgoh (durodgorlik verstagi) tashkil etadi.






Download 2.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish

Download 2.73 Mb.